Shahrisabz tumanidagi 31- umumiy o’rta ta’lim maktabining texnologiya fani o’qituvchisi Gairova Gulruxning 6-sinf qizlarida “SUMKANI TIKISH VA BEZAK BERISH “mavzusida tayyorlagan DARS ISHLANMASI Mavzu: Amaliy mashg’ulot: Sumkani tikish va bezash. - Darsning maqsadi:
- Ta’limiy – bo’laklarini bir-biriga ulab, ishni yakunlash bosqichlarini bilish;
- 2. Tarbiyaviy – bo’laklarini bir-biriga ulash, ishni yakunlash ko’nikmalarini shakllantirish;
- 3. Rivojlantiruvchi – bo’laklarini bir-biriga ulash, ishni yakunlash.
- Darsning jihozi: ish qutichasi, qalam, sumkaga mos gazlamalar, andoza uchun qog’oz, yelim, qaychi, igna, ip, angishvona, sovun, santimetr
- lenta, bezagi uchun biser munchoq, turli xil tosh va boshqa bezaklar. Darsning turi: Amaliy va nazariy. Darsning hadisi: O`g`il qizga bilim, hunar o`rgatish kerak, toki bu hunarlar bilan fe`l- atvori go`zal bo`lsin! ( Yusuf Xos Xojib)
- Darsda qo’llanilaniladigan usullar: Amaliy ish, ko’rgazmalar. Kompyuter texnologiyasi. Ertak usuli. Videoroliklar .
Darsning borishi: - I. Tashkiliy qism. Salomlashish.
- Davomatni aniqlash.
- Xona tozaligi va o’quvchilarni tartibga chaqirish.
II. O’tilgan mavzuni so’rash: SUMKA ANDOZALARI - 1. Birinchi bo’lib sumkani kim o’ylab topgan?
- 2.Sumkani qanday shakllari bo’ladi?
- 3.sumka qanday gazlamalardan tikiladi
- 4.Sumka andozasini tayyorlash uchun qanday asbob moslamalar kerak bo’ladi
- 5.Sumkani qanday turlari bor.
- 6.sumkaga nimalar bilan bezaklar beriladi?
- 7. Do’ppini qanday shakllari bor?
- 8. Do’ppi qanday qismlardan iborat?
IV. Yangi mavzu bayoni. Amaliy mashg’ulot :Sumkani tikish va bezash - Amaliy mashg’ulot uchun kerakli asbob va moslamalar: ish qutichasi, santimetr lenta, qalam, igna, qaychi,
- angishvona, tikuv mashinasi,qotirma materiallar, sumka detallari.
- Monitordan sumka tikish texnologiyasi videorologi qo’yiladi
- Sumkaning asosiy detalini yuqori qismida 4 tadan jami 8 ta shnur kengligidan bir oz kaltaroq izmalar ochiladi. Izmalar oralig’I teng masofada olinishiga e’tibor berish kerak. So’ngra izmalar irasidan shnur o’tkazilib, uning uchiga shokilalar tikiladi. Sumkaturli iplardan tozalanadi, choklari dazmol bilan tekislanadi.
- Dengiz bo’yiga sayrga yoki dam olishga borganda bu sumka sizga juda asqotadi. Oq va zangori gazlamadan tasmalar qirqib olamiz. Tasmalar eni enliroq vo’yi uzunroq bo’lsa yana ham yaxshi. Taxminan 10-15 ta tasmani yonma-yon qo’yib tikuv mashinasida tikib chiqamiz. Natijada yaxlit gazlama hosil bo’ladi.
- Hosil bo’lgan matoni qoq yarmidan buklab ikki chetini mashinkada yana tikib olamiz. So’ng sumkani ushlab ko’tarib yurish uchun qo’l bog’ichini o’rnatib yana tikuv mashinasida tikamiz. Sumkani tashqi tomoniga munchoq va marjonlar tikib bezatilsa yana ham chiroyli ko’rinishga ega bo’ladi. Natijada ixcham va pishiq sumka hosil bo’ladi.
. Yangi mavzuni mustahkamlash - Mavzuni mustahkamlash uchun “ Tikuvchi va asboblari” nomli ertak ko’rinish .
- O’quvchilar mustaqil ravishda tikib kelgan sumkalarini bezashadi.
Darsni yakunlash va o’quvchilarni baxolash
Do'stlaringiz bilan baham: |