Mavzuning dolzarbligi.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlariday:
“Eski qolipda, mustabid davrda yozilgan darsliklardan foydalanib, eski
mafkuradan xalos bo‘lmasdan bolalarimizni yangicha fikrlashga
o‘rgatolmaymiz, axir. Buni barchamiz tushunishimiz, anglashimiz darkor”
1
.
Ana shu ko‘rsatmalar asosida ta’lim haqidagi davlat standarti yaratildi,
yangi o‘quv rejasi ishlab chiqildi, ushbu reja asosida namunaviy dastur
yuzaga keldi. Tabiiyki, endilikda yangi, zamonaviy darsliklarga ehtiyoj tobora
kuchliroq sezilmoqda. Darslikni yaratish ancha qiyin va murakkab ish
ekanligi ham yaxshi ma’lum.
Ona tili va adabiyot o‘qitish metodikasi fani o‘tmishdagi boy tajribalarni
o‘rganish asosida hozirgi zamon maktablaridagi adabiyot o‘qitish jarayonini
umumiylashtiradi. Adabiyot SHarq xalqlari, jumladan, o‘zbek xalqi hayotida
har doim juda katta ijtimoiy ma’naviy ahamiyatga ega bo‘lgan.
CHo‘lponning "Adabiyot yashasa – millat yashar" degan fikri bejiz emas.
Ammo uni o‘qitish birdaniga hozirgi holiga kelmagan. Turkiy xalqlar orasida
adabiyot o‘qitish an’analari juda qadim zamonlarga borib taqaladi. "Avesto"
1
Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. Президент И.Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси
Олий Мажлиси IХ сессиясида сўзлаган нутқи, 1997 йил 29 август.Тошкент: Шарқ. 1999. 8-б.
9
yodgorligida, O‘rxun-Enasoy obidalaridayoq biz qadimgi ta’lim va tarbiya
haqidagi ayrim ma’lumotlarga duch kelamiz.
Ayrim asarlarni o‘qish uslubi eshituvchilarga ta’sir qilishning muhim
omili ekanligi qadimgi turkiylarga yaxshi ma’lum bo‘lgan.
M.Qoshg‘ariyning "Devonu lug‘otit turk"i orqali X1 asrgacha bo‘lgan
turkiy ta’lim-tarbiya tizimi haqida ayrim ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin.
Jumladan, u alohida, birgalashib va ko‘plashib o‘qish haqida ishoralar beradi.
Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Bobur, Munis, Abdulla Avloniy,
Hamza Hakimzoda Niyoziy va boshqa adiblarimiz ijodida ta’lim tarbiya
jarayoni, uning shakl va mazmuniga oid qimmatli fikrlar mavjud.
Buyuk mutafakkirlarimiz Al-Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sinolar
ta’lim tarbiya, o‘qituvchi xususida alohida to‘xtab o‘tishgan.
Barkamol avlodni tarbiyalash mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotining
mustahkam poydevori bo‘lishini butun jamiyatimiz xis qilmoqda. SHuning
uchun ham:
"Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard
maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot
sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir. Aynan shuning uchun ham
ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash ta’lim va
maorifni yuksaltirish, milliy uyg‘onish g‘oyasini ro‘yobga chiqaradigan
yangi avlodni voyaga etkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri
bo‘lib qoladi", - degan edi Prezidentimiz I.A.Karimov 1995 yil fevvral
oyidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining birinchi sessiyasidagi
ma’ruzasida.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi Qonunning, "Kadrlar tayyorlash Milliy
dasturi" ning qabul qilinishi ana shu vazifalarni amalga oshirishiga
qaaaratilgan jiddiy qadamdir. Bu boradagi eng asosiy maqsad barkamol
avlodni tarbiyalashdan iborat. Har tomonlama barkamol etuk avlodni san’atsiz,
xususan adabiyotsiz tarbiyalash tasavvurga sig‘maydi.
10
O‘quvchilarning ona tili va adabiyot darslarida badiiy asar bilan
tanishishi, to‘g‘ri talaffuz va imloga o‘rganishi ularning yuksak axloqiy
ma’naviy qadriyatlar bilan tanishishiga, shu sohadagi ehtiyojlarning
tarbiyalanishiga imkon beraadi.
Ona tili va adabiyotning tarbiyaviy funksiyasi o‘z-o‘zidan yuzaga
chiqadigan hodisa emas. Bu maxsus o‘qitishni, o‘qitish va o‘qish jarayonini
talab qiladigan ishdir. Bu esa o‘quvchining faqat aqli va tafakkurigagina
emas, balki ularning his-tuyg‘ulariga ham ta’sir ko‘rsatishni, demakki adabiyot
o‘qitishning samarali sharoitlarini taqazo etadi.
Ona tili va adabiyotning nihoyatda katta ta’limiy va tarbiyaviy roli ayni
ana shu samarali sharoitlar tufayligina yuzaga chiqadi. U o‘quv predmeti
sifatida o‘quvchilar nutqining takomilida, bolalarning kitobxonlik
madaniyatining yuksalishida, kitobni to‘liq badiiy idrok etish qobiliyatining
shakllanishi va rivojida beqiyos ahamiyatga molik. Bunda o‘qituvchi va
o‘quvchi hamkorligi hal qiluvchi omildir. Ana shu omil ishga to‘liq tushsagina
o‘quvchi shaxsdagi g‘oyaviy, axloqiy-ma’naviy, estetik rivojlanish sodir
bo‘ladi. Undagi tasavvur imkonlari kengayib, ijodiy hamkorlik qobiliyati
kamol topadi, ayni paytda hikoya qilish, ifodali o‘qish, fikrni og‘zaki va
yozma bayon eta olish ko‘nikma va malakalari, iste’dod va qobiliyatlari
shakllanadi va rivojlanadi.
Demak, ona tili va adabiyot o‘qitish fani oldidagi vazifalar nihoyatda ko‘p
va xilma-xildir. Adabiyotni o‘rganish prinsiplarini tushunish, bu fanga oid
ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘ziga xoslik va qonuniyatlarini anglab etish
uchun adabiyot o‘qitish metodikasi faniga tayanish lozim. Bu fan pedagogika
hamda adabiyotshunoslik fanlari uyg‘unligida yuzaga kelgan. Bunga jamiyat
taraqqiyotidagi o‘zgarishlar o‘z ta’sirini o‘tkazib kelgan.
Sir emaski, hozirgacha maktablarimizda bilimlarni tayyor qoliplarga solib
berish o‘quvchini faqat iste’molchi o‘rnida qabul qilish an’anaga aylanib
qolgan edi. SHunga ko‘ra ham “Milliy dasturda shaxs – kadrlar tayyorlash
11
tizimining bosh sub’ekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining
iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi
1
”, deb belgilangan.
Demak, metodika fani oldidagi eng muhim vazifalardan biri,
o‘quvchilarni ta’lim jarayoniga faol jalb etish, ularning ijodiy imkoniyatlarini
yuzaga chiqarishning samarali usullarini kashf etish va amaliyotga joriy
qilishdan iborat.
Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida bayon turlarini o‘rgatish orqali
o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshitish, imloga o‘rgatish ishlarini
uyushtirish yo‘llari haqida juda ko‘plab ishlar bajarilgan hamda talay tavsiyalar
berilgan. Biz ham bu sohaga murojaat etib, qilingan ishlarni keng va atroflicha
tahlil qilishga bu sohada echimini kutayotgan o‘rganilishi zarur masalalarga
e’tiborni qaratishga harakat qildik. Ona tilimizning rang-barang xususiyatlarini
o‘rganar ekanmiz tilimizning boy qirralarini hushyorlik bilan anglash va
ehtiyotkorlik bilan ishlatishni o‘rganmog‘imiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |