6-mavzu. G’oya ustida eskiz qilish.
Reja:
1. Xonalar tarkibi bilan tanishtirish.
2.Uyninig yashash xonalari
3. Tanlangan eskiz variantini chizish.
4. Tarxiy yechim ustida ishlash.
1. Xonalar tarkibi bilan tanishtirish.
To‟shiriqning mazmuniy tarkibi
.
O‟zbekiston Respublikasining iqlim va seysmik sharoitlari uchun shahar
tipidagi 3–5 qavatli turar – joy binosini foreskizli stadiyada (bosqichda) loyihalash.
O‟zgaruvchan
yoki doimiy qavatlikni, rejaviy va konstruktiv strukturani,
arxitekturaviy – badiiy obrazni, kvartiralar tarkibini tanlash talaba tomonidan
O‟zbekiston Respublikasining shaharlari yoki aholi yashash punktlarida turar – joy
binolari uchun ajratilgan uchastkalarida olib boriladi.
CHegaraviy qavatlik bo‟yicha liftsiz
yashash uylari piyoda (yayov)
chiqish
balandligi 12,5 bo‟lgan maksimal balandlikka rejalashtiriladi. piyoda chiqish
masofasi (balandligi) uy oldidagi trotuar sathidan oxirgi qavat uyiga kirish sathi
bilan o‟lchanadi. proezd bilan qo‟shilgan trotuar sathi birinchi qavat sathidan - 1m
quyida joylashadi, asosiy yashash qavatining balandligi 3m (poldan - polgacha),
maksimal qavatlar soni 5 ta deb aniqlanadi (3x4 + 1=13,0m). Agar 5 –
qavat
kvartiralari “pent - xauz” tipining sathi bo‟yicha ikkita sathda yechilgan bo‟lsa, u
holda liftsiz holatda 6 – qavatni (yashash uyini) ham loyihalash mumkin bo‟ladi.
Lekin bunday qilish taqozo etilmaydi, chunki issiq davrlar (iyulg‟ + avgust)da
inson hayotiy faoliyatining fiziologik parametrlari bo‟yicha o‟timal (maqbul)
qavatlilik uch qavat bo‟ladi. Demak, 4 – qavatli yangi komfortli uylar liftga ega
bo‟lishi taqozo etiladi.
Rejaviy sxemalar bo‟yicha
-
turar – joy binolari quyidagicha loyihalanishi
mumkin: a) seksiyali – hamma kvartiralar qavatlar bo‟yicha vertikal piyoda yurish
kommunikatsiyasi –
lift atrofida guruhlantiriladi, bunda kvartiralar dahlizi oldida
bitta yoki ikkita kirish maydonchasi ko‟zda tutiladi; b) galereyali va koridorli –
kvartiralardan zinapoya kletkasiga chiqish qavatlar bo‟yicha joylashtirilgan
umumiy foydalanishdagi galereyalar yoki koridorlar
orqali amalga oshiriladi; v)
evakuatsiyani amalga oshirishning qo‟shma sxemasi: galereyali – seksiyali yoki
koridorli – seksiyali, bunda galereya yoki koridorlarning qisqa uzunlikli
bo‟lishlaridan foydalaniladi. Bunday qisqa bo‟limlar bitta zinapoyaga ko‟proq
kvartiralarning to‟g‟ri kelishini tahminlaydi. Bunda
shuni nazarda tutish kerakki,
galereyalar ham koridorlar ham qandaydir maydonni egallashi tayin, bu maydon
seksiyali binolardagi bitta zinapoyalardan ancha ko‟p bo‟lgan maydonni tashkil
etadi. SHuning uchun turar – joy binolarining seksiyali sxemasi (yahni a sxema)
iqtisodiy jihatdan samarador bo‟lib qolaveradi. Rejalarning galereyali – seksionli
va koridorli – seksiyali sxemalari baland yahni ko‟p qavatli liftga ega bo‟lgan turar
– joy binolari uchun juda qulaydir.
Uylar faqat oilali joylashish uchun qabul qilinadi
,
bunda bir kishiga 12m
2
yuzali maydon to‟g‟ri keladigan mehyordan kelib chiqqan holda kamida 100
kishini sig‟dira oladigan turar – joy binosi loyihalanadi (minimum holatda 24
kvartira bo‟ladi, ular kamida ikkita blok – seksiyalarga joylashadi va binoda rejasi,
to‟plami bo‟yicha uch tipli kvartiralar bo‟lishni taqozo etiladi). Yashash xonalari
soni va yashash hamda yordamchi xonalardagi umumiy komfortlik bo‟yicha
belgilanadigan kvartira tiplari1– 2- jadvalga asosan qabul qilinadi.
Davlat yoki maxalliy byudjet hisobiga quriladigan ijtimoiy («munitsipal»)
turarjoy fondiga qarashli oddiy (mehyoriy) klass qulaylikli kvartira maydonini 1
jadval va 7 tavsiyaviy (1 jadval) ilova ko‟rsatgichlarini xisobga olgan xolda qabul
qilinadi.
1-jadval
Kvartiralar
turi
Oila tarkibi,
odam
Kvartiramaydoni
*)
(yozgi xonalarsiz), m
2
SHu
jumladan
yashash
maydoni,
m
2
1-xonali
1-xonali
2-xonali
3-xonali
4-xonali
5-xonali
6-xonali
1
2
3
4
5
6
7(8)
28-30
32-36
48
64
80
96
114
14-16
18-20
30
40
53
66
78
*Kvartiralarni normalanadigan maydoni (yozgi xonalarsiz va sovuq
kladovkalarsiz) yashaladigan va yordamchi xonalarni o‟z ichiga oladi.
Izohlar: 1. Jadvalda berilgan raqamlar, shahar
va qishloq joylardagi
«ijtimoiy» kvartirali tura-joylarning barcha turlariga taaluqlidir.
Kvartiralar maydoni 1 yashovchiga yashashmaydon 16m
2
bo‟lgan ijtimoiy
mehyorhisobidan keltirilgan (1 odamga 1 xonalidan tashqari).
2. Konkret (aniq) shaxarsozlik sharoitlarida kvartiralarining tarkibi va
maydon ko‟rsatkichlari, ijtimoiy-iqtisodiy xolatini ijtimoiy (munitsipal) turar-
joyga ko‟chib-kirishga dahvogarlik qilayotgan axolii tarkibining demografik
xususiyatlarini, qurilishni resurs bilan tahminlanganligini
xisobga olgan xolda
loyihalash to‟shirig‟i bilan 3-ilovadan tashkil to‟gan murakkab oilalar uchun
xonalar tarkibi va maydonlari belgilanadi (qariyalar va kreslo-aravachalarda
nogironlar extiyojlarini xisobga olgan xolda).
SHNK2.08.01-05 “Turar joy binolari” 12b.
Do'stlaringiz bilan baham: