8-mavzu. Loyihani tanlash va dastlabki eskiz chizmalarini chizish.
Reja:
4.
O’rta qavatli turar joy binolarida iqtisodiy ko’rsatkichlar xaqida mahlumot
berish
5.
G’oya ustida ishlash.
6.
Turar joy binolarida yoritilganlik masalalari
3.
O’rta qavatli turar joy binolarida iqtisodiy ko’rsatkichlar xaqida
mahlumot berish
Turar-uy loyihasi iqtisodiy samaradorligi qurilish uchun smeta tuzishda to‟liqroq
aniqlanadi. Smeta mahlumotlaridan kelib chiqib, turar-uy maydoni kvadrat metriga
mos qiymati aniqlanadi. Ammo smetalar to‟liq ishlab chiqilgan loyiha hujjatlari
asosida tuziladi va loyihalash jarayonidan undan foydalanilmaydi. SHuning uchun,
oraliq bosqichlarda
loyihani baholash uchun, boshqa ko‟rsatkichlar tizimidan
foydalaniladi, bu ko‟rsatkichlar iqtisodiyot nuqtai – nazaridan o‟timal bo‟lgan
variantlarni tanlash imkonini beradi. Ular orasidagi birinchi va eng ahamiyatli
ko‟rsatkich – bu K
1
koeffitsienti orqali ifodalanuvchi,
xonadondagi umumiy va
yashash maydoni nisbatidir. U quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Xo‟jalik xonalari maydonini oshirish, iqtisodiy samaradorlik yechimini
pasaytiradi.
Ikkinchi loyiha jarayonida foydalanuvchi texnik – iqtisodiy ko‟rsatkich – bu
K
2
koeffitsientidir. U turar-uy kubaturasining yashash maydoni yig‟indisiga
bo‟lgan nisbatini xarakterlaydi va u xajmiy koeffitsient deb nomlanadi:
K
2
K
2
– kattaligi K
1
ga; turar-uy sektsiyasi xamda uydagi
vertikal va gorizontal
kommunikatsiyalar soni (zinapoya, liftlar, vestibyullar va x.k.); qavatlar balandligi;
konstruktiv parametrlarga (devorlar, to‟siqlar qalinligi va h.k.)bog‟liqdir.
Loyiha yechimining iqtisodiy ko‟rsatkichi – K
3
(binoning tashqi to‟sib
turuvchi devorlar maydonining bino umumiy maydoniga nisbati) va K
4
(tashqi
devorlar perimetrining bino band qilgan maydonga munosabati) koeffitsientlaridir.
Bu ikkala koeffitsient sovuq yuzalar kattaligini hisobga olgan xolda, isitish uchun
materiallar sarfi va ekspluatatsion xarajatlar nuqtai nazaridan loyihalarni
baholashga imkon beradi. Lekin shuni esda tutish kerak-ki, bu ikki koeffitsientlar
bilan ortiqcha xisoblashish, binoning tarxiy yechimida oddiy shakllanishiga olib
keladi va shu bilan birga kompozitsion yechimlar qabul qilishga to‟sqinlik qiladi.
Qurilish qiymatiga industrializatsiya
darajasi ham, sezilarli tahsir ko‟rsatadi,
chunki binolar qurilishining (yirik panelli, xajmiy-blokli uy qurish, inventarli
o‟alubkalar va x.k. lardan foydalanish) industrial texnologiyasining ixtiyoriy
ko‟rinishi, qurilishdagi mehnat sarfini keskin qisqartiradi.
Bu mahnoda, ichki va
tashqi devor panellarini zavodda tayyorlash alohida samaralidir. Konstruktsiyalar
massasini kamaytirish ham alohida o‟ringa ega.
Ammo, qurilishdagi mehnat sarfini qisqartirish, bu bilan qurilish qiymatining
pasayishini bildirmaydi. Masalan, monolit va yig‟ma-monolit uy qurilishining
rivojlangan va yo‟lga qo‟yilgan texnologiyasi
yirik panelli uyga qaraganda,
umumiy maydon m.kv. qiymatini pasaytiradi.
Ekspluatatsion xarajatlarga isitish, yorug‟lik xarajatlari, lift ekspluatatsiyasi,
axlat tashish, umumiy foydalanish xonalarini tozalash, kundalik va kapital
tahmirlar va x.k. xarajatlar kiradi. Ushbu xarajatlarni
qisqartirish loyihalash
masalaridan biridir. Bu masala samarali isitgichlar va uzoq muddatli bezak
materiallardan foydalanish hisobiga, qavatlarni ratsional rejalash va liftlardagi
mehyoriy passajir yukiga rioya qilish yo‟llari bilan yechiladi.
Jamiyatning iqtisodiy potentsialini oshirish va loyihalash –
qurilish ishlarini
mukammal tashkil qilish yordamida, turar-uy joy qulayligini oshirish va uning
arxitekturaviy sifatlarini yaxshilash uchun imkoniyatlar yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: