Yozma hujjatlar tarkibiga tushuntirish xati (bayonnomasi) kiradi va unda qabul qilingan rejaviy yechimlarning asoslanishi, hamda amalga oshirish tartibi va muddatlari keltiriladi
Yozma hujjatlar tarkibiga tushuntirish xati (bayonnomasi) kiradi va unda qabul qilingan rejaviy yechimlarning asoslanishi, hamda amalga oshirish tartibi va muddatlari keltiriladi.
Har bir tuman va uning tarkibiga kiruvchi aholi yashash joylari aholisining soni aniqlanadi, aholi joylashishi, madaniy-maishiy xizmat ko’rsatish va ommaviy dam olish hududlari tizimlarini shakllantirish bo’yicha arxitektura-rejaviy takliflar ishlanadi; tabiatni muhofaza qilish va landshaftni yaxshilash takliflari beriladi.
Har bir tuman va uning tarkibiga kiruvchi aholi yashash joylari aholisining soni aniqlanadi, aholi joylashishi, madaniy-maishiy xizmat ko’rsatish va ommaviy dam olish hududlari tizimlarini shakllantirish bo’yicha arxitektura-rejaviy takliflar ishlanadi; tabiatni muhofaza qilish va landshaftni yaxshilash takliflari beriladi.
Tuman rejalashtirish tuzilmalari va loyihalarining quyidagi turlarini ko’rsatish mumkin:
sanoat tumanlarini rejalashtirish;
qishloq ma’muriy tumanlarini rejalashtirish;
kurort tumanlari va hududlarini rejalashtirish;
yirik shaharlar atrof qismini rejalashtirish.
Sanoat tumanlari.
Sanoat iqtisodiy tumanlar shakliga kuchli ta’sir ko’rsatuvchi omillardan hisoblanadi.
Sanoat tumanlarini rejalashtirishning asosiy masalalari bu quyidagi omillarni hisobga olgan holda hududlarni tashkil etish:
quvvat va xom ashyo manbalariga yaqinlik;
mahsulot iste’molchilariga yaqinlik;
mehnat kadrlari bilan ta’minlanganlik;
yuk tashishni osonlashtiruvchi qulay transport aloqalari mavjudligi;
aholi uchun turar joy va ish joylari hududlari o’rtasida qulay aloqani ta’minlash;
shahar aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash uchun shahar atrofi qishloq xo’jaligi bazasini tashkil etish;
atrof-muhit muhofazasi bo’yicha tadbirlar.
Qishloq xo’jaligi tumanlari.
Ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlaridan biri qishloq xo’jaligidir. Qishloq xo’jaligi tumanlarining tuman rejalashtirish loyihasi ularning ishlab chiqarish va aholi jolashishi xususiyatlariga bog’liq. Avvalo ushbu qishloq xo’jaligi tumanining yo’nalishi aniqlanadi (sabzavot yetishtirish, bog’dorchilik va h.k.). Ma’lum miqdorda tabiiy sharoitlar orqali belgilanadigan yo’nalish yer fondidan samarali foydalanishga yordam beruvchi tuman hududini qismlarga ajratish darajasida chuqurlashadi. Keyingi etapda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiquvchi va qayta ishlovchi korxonalarni sanoatning boshqa tarmoqlari korxonalari bilan kompleks joylashtirish jarayoni amalga oshiriladi. Agrar-sanoat integratsiyasi printsipi asosida hozirgi qishloq xo’jalik muassasasi turi ajratiladi: hududiy agrar-sanoat majmualari, kombinatlar, birlashmalar.