124
SHaharlar Ierarxiyasi
- shaharlarning aholi soniga ko‘ra kattadan kichikka
qarab pog‘onasimon joylashishi. Pog‘ona shakli qancha to‘g‘ri va to‘la
bo‘lsa, mamlakatda shaharlar mutanosib rivojlanayotganini bildiradi.
SHaharlar gipertrofiyasi
-shaharlarda aholi va ishlab chiqarishning haddan
ziyod ortib ketishi
SHaharlarning genetik tipologiyasi
-shaharlarning qachon va qanday omil asosida
shakllanishiga ko‘ra guruhlanishi.
Poytaxt shahar
- shaharlarning siyosiy markaz, dorulsaltanat,
mamlakatni
boshqarish, uni siyosiy, ilmiy —texnikaviy, ijtimoiy — iqtisodiy jihatdan
tashkil qilishdan iborat funksiyani bajaruvchi shahar.
Soxta urbanizatsiya
- Urbanizatsiya ko‘rsatkichining hamma joylarda- ham
real hududiy— iqtisodiy vaziyatni aks ettirmasligi. Masalan, Rossiya
Federatsiyasining
CHukotka
o‘lkasida-yoki Kamchatka,
Magadan
viloyatlarida, Qoraqalpog‘istonda urbanizatsiya ko‘rsatkichi, tabiiy
sharoitning qishloq xo‘jaligi uchun noqulay bo‘lganidan aholi asosan
shahar joylarda to‘planadi va urbanizatsiya darajasi yuqori bo‘ladi.
Monofunksional shahar-
bir yoki ikki sohaga ixtisoslashgan shahar. Odatda
bunday shaharlar kichik bo‘ladi.
Ruurbanizatsiya
-shahardan ko‘chib borgan aholining qishloq joylarda shahar
hayoti va madaniyatini yoyishi.
Rayon planirovkasi
-muayyan hududda ishlab chiqarish korxonalari, aholi
joylashuvi, xizmat ko‘rsatish, transport va boshqa infratuzilma
elementlarini hududning geografik, iqtisodiy, qurilish-arxitektura,
muhandislik-texnik shart-sharoitlari va imkoniyatlarini hisobga olgan
holda hududiy tashkil etishning nazariy va amaliy masalalari bilan
shug‘ullanadi. Rayon planirovkasi iqtisodiy-ijtimoiy
geografiyaning
amaliyot bilan bog‘liq bo‘lgan muhim yo‘nalishidir.
shaharsozlik
- me‘morlikning bir yo‘nalishi. Unda hududning tabiiy-iqlimiy
va iqtisodiy-ijtimoiy shart-sharoitlari, sanitariya-gigiena, qurilish–texnika,
ijtimoiy-madaniy taraqqiyot darajasi, milliy o‘ziga xosligi, shaharning
vazifalari, ekologik holati va boshqalar hisobga olinadi. shaharsozlikda
yangi shahar, shaharcha,
qishloqlarni qurish, qadimiy shaharlarni
muhofaza qilish (rekonstruksiya qilish), shaharlarni kengaytirish, me‘moriy
majmualar bunyod etish bosh reja asosida amalga oshiriladi va loyihalar
tuziladi. Bunday loyihalar buyurtmalar orqali shaharsozlikka ixtisoslashgan
ilmiy-tadqiqot va loyihalash institutlarida bajariladi.
Bosh reja
- shahar yoki uning muayyan qismlarini rivojlantirish, qurish,
rekonstruksiya qilish uchun ilmiy asosda ishlab chiqilgan istiqbol reja.
shaharsozlik kodeksiga asosan hududiy planlashtirishning asosiy hujjati.
SHahar, shaharcha va qishloqlar uchun ham Bosh rejalar ishlab chiqiladi.
Bosh rejalar asosida shahar va qishloqlarda qurilish ishlari olib boriladi.