Shaharlar geografiyasi va geourbanistika asoslari



Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/111
Sana14.12.2022
Hajmi4 Mb.
#885308
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
Bog'liq
Шаҳарлар географияси ва геоурбанистика асослари мажмуа

1.
 
Global urbanizatsiyani jamiyat globallashuvining natijasi deb bilish. 
2.
 
Urbanistik muhit rekonstruksiyasida (o‗zgartirish) global va local 
jarayonlar o‗rtasidagi dialektik aloqaga asoslanish. 
3.
 
Urbanizatsiya tabiati, sifati mahalliy va mintaqaviy darajada global 
iqtisodiyot va jamiyat konsepsiyasi bilan birgalikda rivojlanishi lozim. (M.Pacione, 
2009, 16-b.) 
3.Shaharlar ko‗pchilik fanlar uchun o‗rganish ob‘ekti bo‗lib xizmat qiladi. 
Tarixchilar uning kelib chiqish va rivojlanish tarixini, sotsiologiya fani shahar 
aholisi hayoti, turmush tarzi, aholi munosabatlarini o‗rganadi. Arxitektorlar 
shahardagi qurilish ishlari bilan, ekologlar esa shahar muhitining ifloslanishi va uni 
muhofaza qilish masalalari bilan shug‗ullanadilar. Iqtisodchilar shaharlarga ishlab 
chiqarish markazi sifatida qarasalar, iqtisodiy geografiya fani esa shaharlarni qachon, 
qaerda va nima uchun aynan shu davr va shu makonda vujudga kelgani bilan 
qiziqadi.
Shaharshunoslar shahar va shaharchalar taqsimoti, ularning ichki va bir-biriga 
ijtimoiy-hududiy o‘xshashliklari hamda farqlarini tushuntirish va aniqlashtirishga 
harakat qilganlar. Bunda, shaharlar geografiyasida ikki xil yondashuv kelib 
chiqqan:
1.
 
Shahar va shaharchalar va ularning bir-biriga bog‘liqligi sifatida o‗rganish, 
ya‗ni shaharlar tizimini o‘rganish. 
2.
 
Urbanistik hududlarning ichki tarkibini o‘rganish: shaharlarni tizim sifatida 
o‗rganish (M.Pacione, 2009, 19-b.). 
4.Shaharlar juda murakkab mavjudot bo‗lib, serqirrali vazifalarni 
bajaradi. Siyosiy jihatdan olsak, har bir davlat o‗zining shaharlar to‗ri va 
ayniqsa, poytaxti (dorulsaltanati) bilan kuchlidir. Bejiz emaski, har qanday urush - 
yurushlar muvaffaqiyati va zafari dushmanning shahar va qal‘alarini zabt etishda, 
bo‗ysundirishda o‗z isbotini topgan. Demak, qadimda shaharlar butun yurtga, 
mamlakatga, boylikka nisbat berilgan. Ularni turli mamlakat yoki 
3
Jentrifikatsiya-shaharning eski, kambag

allar yashaydigan qismlarini rekonstruksiya qilish va 
sifatini oshirish jarayoni. 


11 
«iqlimlarda» turlicha atashgan: qubba, madinat, polis, bolig‗, bozor, taun, grad, 
pur, burg, vil va hokazolar ayni paytda shaharlar geografiyasining kengligidan 
dalolat beradi. Bundan ko‗rinib turibdiki, shaharlar davlatlarning siyosiy 
hayotida, ularning jahon hamjamiyatida, geosiyosiy tuzilmasida muhim rol 
o‗ynaydi. 
Har qanday mamlakat milliy iqtisodiyotining tarkibi, rivojlanganlik 
darajasi va xalqaro mehnat taqsimotidagi o‗rni, undagi mavjud shaharlar tizimi, 
urbanizatsiya jarayoni bilan tavsiflanadi. Ayni vaqtda shaharlarning ilmiy — 
texnikaviy, madaniy salohiyatlari ham salmoqlidir. 
Shaharlar bozor iqtisodiyotiga o‗tishda asosiy omil bo‗lib xizmat qiladi. 
Ularda mavjud bo‗lgan bank-moliya tizimlarini bozor infrastrukturasi 
ma‘nosida ta‘riflash mumkin. Binobarin, mustaqil mamlakatimizning siyosiy 
hayoti va uning bozor munosabatlariga o‗tish davrida shaharlarning ahamiyati 
beqiyosdir. Shaharlarda zamonaviy tarmoqlar, ilg‗or texnologiya joriy etish 
imkoniyati katta; xorijiy sarmoyadorlar ham asosan shaharlar va, ayniqsa, 
infrastruktura tizimi mukammal shakllangan markazlarni tanlashadi. Shaharlarda 
tovar ayirboshlash, pul aylanmasi faol bo‗ladi. Bularning barchasi shaharlarga 
yangicha qarashni taqozo etadi.
Shaharning madaniy — ma‘naviy, diniy, tarixiy jihatlarini ham unutmaslik 
lozim. Qadimda, xususan, dini islomda shaharlarga oydek nisbat berilgan, ular 
dorul, bayt-ul, darif kabi iboralar bilan ulug‗langan. Agar dashtiy yovuzlar 
shaharlar rivojlanishiga qarshi bo‗lgan bo‗lsalar, musulmon olamida 
shaharlarni barpo etish va ularni yuksaltirishga jiddiy e‗tibor berilgan. 
O‗tmishda shaharlarning goh avj olishi, goh tushkunlikka uchrashi 
madaniyat (sivilizatsiya), ijtimoiy rivojlanishning doimiy yo‗ldoshi bo‗lgan va 
ana shunday davriy notekisliklar tarix bosqichlarini belgilab turgan. Shuning 
uchun yurtning tarixi, tavsifi va taqdiri ko‗p jihatdan uning shaharlari bilan 
bog‗likdir.
Har qanday shaharlar azaliy va abadiy muqaddas joylardir, chunki bu 
joylarda buyuk avliyo va allomalar qabri mavjud. Ko‗pgina shaharlar ana 
shunday fazilatga ega. Bu borada Makka va Madina, Byxopo, Turkiston, 
Samarqand, Xiva, Toshkent, Termiz, G‗ijduvon, Shahrisabz, Chustga o‗xshash 
shaharlarni tilga olish kifoyadir. 
Shaharlarimizning xosiyatli tuprog‗i, yer-u suvi dunyoga mashhur 
siymolarni bergan. Ular esa, ismi - shariflari bilan o‗z navbatida tug‗ ilgan va 
yas hagan s haharlarni dunyoga mas hhur qilgan, abadiylashtirgan. 
Shaharlarning muqaddasligi qadamjoylar va mozorlar bilan bog‗liq bo‗lgan; 
qabristonlar shaharlarning o‗tmish sirlari, tarixini saqlaydi, ulardagi bozorlar esa 
yurtning ijtimoiy hayotini miniatyurada mujassamlantiradi. Binobarin, 
shaharlar shu o‗lka, diyorning iqtisodiy va sotsial, ijtimoiy geografiyasini 
ko‗zgusidir. 
Xalqimiz hayotida bozorlar azaldan muhim o‗rin tutgan; bozori bor joy 
shahar deb yuritilgan (hozir ham Xitoyning Uyg‗uristonida kichik shaharlar, 
rayon markazlari ba‘zan bozor deb aytiladi). Bozorlar mamlakatning turli 
shaharlarida haftaning deyarli xar kunida navbatma — navbat uyushtirilgan, 


12 
ayniqsa, chorshanba, payshanba, juma va yakshanba kunlari bozorlar 
nihoyatda gavjum bo‗lgan. Shu bois, sharq bozorlarining shahar hosil qiluvchi 
vazifasi ularning shahar xalqigagina emas, balki butun atrof ahliga xizmat 
qilishda ko‗ringan. Shaharliklar uchun bozorlar har kuni va bir joyda muqim, 
barqaror bo‗lsa, qishloq ahliga esa bozor har kuni va har joyda bo‗lgan. Bozor 
kunini oila a‘zolari zoriqib kutishgan, shu kunga mo‗ljallangan ma‘lum 
maqsadlarni rejalashtirgan; bozor bolajonlarga sovg‗a bergan, oilaga ro‗zg‗or 
yumushlarini bajargan, oila va qo‗ni-qo‗shni, mahalla uchun axborot vazifasini 
ado etib kelgan. 

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish