Hozirgi kunda mamlakatimizda avtomobilь yo'llarini loyihalash bo'yicha me'yoriy xujjat Shaxarsozlik normalari va qoidalari (ShNK) 2.05.02-07 xisoblanadi.
Ushbu me'yor va qoidalar O'zbekiston Respublikasidagi yangi qurilayotgan va rekonstruktsiya qilinayotgan umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo'llarini loyihalashda qo'llaniladi.
Umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo'llari jumlasiga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda, tegishli ro'yxatlarga kiritilib indeksi va tartib raqami ko'rsatilgan avtomobilь yo'llari kiradi.
Ushbu me'yoriy xujjatda keltirilishicha, yo'lning toifasini belgilashda, reja, bo'ylama va ko'ndalang kesimlar elementlarini loyihalashda istiqbol davrni 20 yilga teng deb qabul kilish lozim.
Loyihalarda yo'lni joyda o'tkazish, reja, bo'ylama va ko'ndalang kesimlar elementlari va ularning o'zaro uyg'unlashishi, kesishmalar va tutashmalarning turlari, yo'l to'shamasi va yo'l poyi tuzilmalari bo'yicha qabul qilinayotgan asosiy texnik echimlar mehnat unumdorligini oshirish, qurilish materiallari va yoqilgi-energetik manbalarni tejashga zamin yaratishi lozim. Ularni texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari taqqoslanadigan variantlar ishlab chiqish bilan asoslab berish kerak: qurilish bahosi, yo'lni ta'mirlash va saqlash xarajatlari, qurilishda va foydalanishda atrof tabiiy muhitga ta'siri bilan bog'liq bo'lgan yo'qotishlar, transport xarajatlari (avtomobilь shinasi va qismlarining eyilishi, yoqilg'i sarfi), tashish tannarxi, harakat xavfsizligi va qulayligi, yo'llar xizmat ko'rsatayotgan xo'jalik va yo'l bo'yidagi hududlarning ishlab chiqarish sharoitlarining o'zgarishi va boshqa omillar. Yangi yo'llarni mavjud yo'llar yoki ularning ayrim qismlaridan foydalanib loyihalashda mavjud yo'llarning keyingi foydalanilmaydigan bo'laklari band qilib turgan erlarni qishloq xo'jaligida foydalanishga yaroqli qilish uchun sarflanadigan xarajatlarni inobatga olish kerak.
Avtomobil yo'llarini loyihalashda shakllangan geologik, gidrogeologik, ekologik va boshqa tabiiy sharoitlarga iloji borishcha zarar keltirmaydigan atrof-muhitni muhofaza qi¬lish tadbirlarini ko'zda tutish zarur. Tadbirlarni ishlab chiqishda qimmatbaho qishloq xo'jalik erlari, mozorlar, machitlar va boshqa diniy imoratlap va inshootlar, shuningdek dam olish mintaqalari, qo'riqxonalar, davolash-prafilaktika muassasalari va sanatoriylar joylashgan joylarni hisobga olish kerak.
Transport vositalarining atrof-muhitga ta'sirini (shovqin, titrash, is gazi va faralarning ko'zni qamashtiruvchi ta'siri) hisobga olish lozim. Avtomobilь yo'li trassasini tanlash, keng ko'lamdagi bir-biriga uzviy bog'lik bo'lgan texnik, iqtisodiy, ergonomik, estetik, ekologik va boshqa omillarni hisobga olgan variantlarni solishtirishga asoslanishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |