Nazorat uchun mashqlar
1-mashq. Qo‘sh undoshlarning yozilishiga e’tiboringizni qarating.
Samarqand, baland, do‘st, go‘sht, to‘rt, artist, poyezd,
kilogramm, gripp, metall, kilovatt, progress, protsess, kongress,
xursand, tuzsiz, ketdi, taxt.
Go‘dakligidan beri bilaman
Afandining qo‘shnisinikida kunlardan bir kun katta xumini
o‘g‘irlab ketishibdi. Qo‘shni xumni kim o‘g‘irlaganini surishtirib
bilibdi va aybdorni qoziga sudrabdi. Shu bilan birga, qo‘shni
Afandini ham guvohlikka borishga ko‘ndiribdi.
Guvohning navbati kelgach, qozi Afandiga murojaat qilibdi:
– Afandi, bu odamning xumini yaxshi bilasizmi?
– Ha, yaxshi bilaman, taqsir, – deb javob beribdi Afandi.
– Qachondan beri bilasiz? – yana so‘rabdi qozi.
– Go‘dakligidan beri bilaman. Xum bir payt tuvak bo‘lgan
paytlardan beri bilaman. Qo‘shnimning qo‘lida u unib-o‘sib
voyaga yetdi va xum bo‘ldi, – deb Afandi da’vogarni ko‘rsatibdi.
23
Do'stlaringiz bilan baham: |