Matnni abzaslarga ajratish
Matnning birinchi satrini yozishda xat boshida biroz joy
qoldiriladi, bunga abzas deyiladi. O‘quvchilarning yozma ishlarida
har bir jumla ko‘pincha asossiz yangi abzaslardan boshlanadi.
Shunday ishlar ham uchraydiki, ularda bir necha bet mutlaqo
abzassiz yoziladi.
Matnning abzaslarga noto‘g‘ri ajratilishi, o‘quvchilar yozma
ishini tekshirishni va tushunib olishni qiyinlashtirib yuboradi.
Matnning taxminiy teng, lekin ma’no jihatidan bir-biridan
ajralgan va o‘zaro bog‘langan qismlarigina abzasga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |