Rasmiy xabarlar, yozishma va hujjatlar nutqi
Nutqning bu turi asosan yozma shaklda mavjud bo‘lib, adabiy
tilning qonun-qoidalariga qat’iy rioya qiladi. Turli farmonlar,
buyruqlar, rasmiy xabarlar, hujjatlar, kodekslar, sud yozishmalari,
majlislarning qarorlari, ko‘rsatmalar, arizalar va ma’lumotnomalar
rasmiy nutqning ko‘rinishlaridir. Rasmiy nutq nihoyatda aniq-
ravshan bo‘lishi, nutqni bezovchi vositalardan, obrazlilikdan
xoli bo‘lishi talab qilinadi. Chunki emotsionallik, ta’sirchanlik
(ekspressivlik) vositalari rasmiy nutqni ko‘zlangan maqsadga
muvofiq tushunishni qiyinlashtiradi, diqqatni chalg‘itadi.
Kompozitsion jihatdan rasmiy nutq sharoit bayonidan boshlanib,
unga bog‘liq holda voqeani yoki maqsadni bayon qilish bilan
tugaydi. Oxirida rasmiy xabar, hujjat yoki ko‘rsatma… uning
muallifi, yozilgan sanasi ko‘rsatiladi (tegishli hujjatlarda imzo
ham qo‘yilib, muhr bilan tasdiqlanadi).
60
Rasmiy nutqning ko‘rinishlari ham o‘zaro bir-biridan biroz
farqlanadi. Rasmiy xabarlarda faqat voqealar bayoni beriladi va
ijrochi shaxslar nom-banom sanaladi.
Rasmiy nutqning boshqa bir ko‘rinishi rasmiy yozishmalar –
so‘rovga, talabnomaga javob, hisobot, ma’lumotlar bo‘lib,
ularda talab qilinayotgan, so‘ralayotgan masalalar, o‘tkazilgan
tekshirish natijalari bo‘yicha ma’lumot beriladi, o‘rni bilan ayrim
chekinishlar, tafsilotlar berilishi mumkin. Masalan:
Mustaqillik davrida o‘zbek xalqining, shu jumladan,
respublikamiz boshqa millat fuqarolarining ham savodliligini
oshirish, demokratik munosabatlar, fuqarolar erkinligini
kengaytirish va mustahkamlash bo‘yicha bir qator tadbirlar
o‘tkazilmoqda, har xil ish turlari qo‘llanmoqda. Shulardan biri
yuridik maslahatni faollashtirish bo‘lib, u odatda fuqaroning
matbuot sahifalarida va televideniye ekrani, radioeshittirish
kanallari orqali savol hamda unga javob tarzida olib boriladi.
Masalan: «Savol: Sog‘lig‘imga yetkazilgan zararni to‘layotgan
yuridik shaxs bankrot deb e’lon qilinib, tugatildi. Endi menga
zararning qolgan qismi qoplanmaydimi?
B. G‘oziyev, Qashqadaryo viloyati.
J a v o b : Yuridik shaxs tugatilgan taqdirda, tegishli to‘lovlar
jabrlanuvchiga to‘lash uchun kapitallashtiriladi, ya’ni belgilangan
tartibda oldindan jamlantiriladi.
Tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki yoki yetarli
emasligi sababli buning iloji bo‘lmagan hollarda, belgilangan
summalar jabrlanuvchiga davlat tomonidan belgilangan tartibda
to‘lanadi (FKning 1015-moddasi).
Zararning endilikda to‘lanishi masalasida siz ijtimoiy ta’minot
va moliya idorasiga murojaat etishingiz lozim».
(«Shifo-info», 2008-yil 1–7-may).
61
Bu xil nutqda savol beruvchining ism-familiyasi to‘la yoki
ramziy ko‘rsatiladi, javob tayyorlovchi ham matn so‘ngida to‘liq
ism-familiyasi, lavozimi bilan bildiriladi.
Buyruq va farmonlar, qonunlar, farmoyishlar va qarorlar ham
rasmiy nutqning ko‘rinishi hisoblanadi.
Rasmiy yozishmalar hujjatlarga xos nutqning til xususiyatlaridan
ularda ruscha, internatsional so‘zlar va turg‘un so‘z birikmalari
(«shtamplar») tez-tez uchrab turishini, gapda so‘zlarning
tartiblanishi, oborotlar, gaplarning, matnlarning tuzilishida rus
tili qonun-qoidalarining ta’siri yaqqol sezilib turishini ko‘rsatish
lozim. Ayniqsa, ariza, ma’lumotnoma, bildirishnoma, ishonch
qog‘ozi, tavsifnoma kabi rasmiy ish qog‘ozlarining yozilishi
uslubida bu ta’sir ravshan namoyon bo‘ladi. Rus tili va o‘zbek
tilining sintaktik qurilishi, shunga xos qonun-qoidalari boshqa-
boshqa bo‘lgani sababli, rus tilida silliq, ravon yozilgan ariza
yoki ma’lumotnomalarning o‘zbek tiliga avtomatik tarzda
nusxasi ko‘chirilganda, o‘zbek tili qonun-qoidalariga, adabiy til
me’yorlariga zid tarzda yozilgan ish qog‘ozlari paydo bo‘ladi.
Masalan, oddiy ma’lumotnomaning yozilishini olaylik:
Rus tilida:
Справка
Дана настоящая справка Расулову Шавкату Усмановичу о
том, что он действительно проживает в настоящее время по
адресу: ул. З.Саида, д.№86 и имеет в семье 4-х детей.
Imzo
O‘zbek tilida:
Ma’lumotnoma
Berildi ushbu ma’lumotnoma Rasulov Shavkat Usmonovichga shul
haqdakim, u haqiqatan ham hozirgi kunda Z. Said ko‘chasi uy 86 da
istiqomat qiladi va oilasida 4 nafar bolasi bor.
62
Holbuki, o‘zbek tilining gap tuzish me’yorlariga ko‘ra bu
hujjat shunday yozilishi kerak edi:
Do'stlaringiz bilan baham: |