Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena


TABIIY SHAROITLAR VA ULARNING GIGIENIK AHAMIYATI



Download 3,24 Mb.
bet6/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

TABIIY SHAROITLAR VA ULARNING GIGIENIK AHAMIYATI
Tarixiy ma’lumotlardan ma’lumxi, turar joyning tabiiy iqlimi aholining salomatlishga birmuncha ta’sir ko’rsatadi, Jumladan, u organizmdagi fiziologik jarayonlarga, ya’ni moddalar almashinuvining buzilishi, yurak- tomir, nafas yo’llari kasalliklari, asab sistemasining buzilishi va boshqalarga sababchi bo’lishi mumkin.
Havoning sanoat korxonalari chiqindilari bilan ifloslanishvda ham iqlimning ta’siri bor, albatta.
Joyning iqlimi. Bu, ob-havoning shu joyga mos rejimidir. Iqlimning
kishi organizmiga, uning salomatligiga, jismoniy rivojlanishiga ta’siri kattadir. SHuning uchun ham joylarni loyihalashda uning iqlim sharoiti hisobga olinadi. Odamlar bir iqlimli regiondan boshqasiga ko’chayotganlarida uning iqlimiga ahamiyat berishlari zarur, aks holda noxushliklarga sabab bo’lishi mumkin. Uy-joylar qurishda iqlim sharoitini hisobga olmaslik ham katta xato hisoblanadi. Masalan, Sibirda, shimoliy tumanda yoki issiq iqlimga ega bo’lgan janubiy rayonlarda uy-joy, bolalar muassasalari, maktab, kasalxona va boshqalar qurilayotganda iqlim sharoitini hisobga olmaslik aholining yashashi uchun katta noqulayiklar tug’dirishi mumkin. Jumladan, janubiy tumanlardagi issiq, shimoliy tumanlardagi sovuq va nam iqlim


odamlarning salomatligiga ancha putur etkazadi. Ayniqsa kishi organizmining shu iqlimga moslashish qobiliyati sust bo’lsa, u kasallikka chalinadi.



1-rasm. Ul’trabinafsha nurlarning tarqalish xaritasi.
I-IV mintaqada ul’trabinafsha nurlar etishmaydi. V-VII mintaqada ul’trabinafsha nurlar etarli. VIII mintakada ul’trabinafsha nurlar uzok vaqt davomida ortiqcha miqdorda aniqlanadi.
Uy-joy quriladigan territoriyalarda quyosh nurining etarli bo’lishi, havo harorati mo’’tadilligi, namlik, yog’ingarchilikning me’yorida bo’lishi ham katta gigienik ahamiyatga ega.
Mustaqil hamdo’stlik mamlakatlaridagi qurilish mintaqalari (rayonlar) soni 13 taga bo’lingan. Ular juda sovuq va juda issiq oylari hamda yilning o’rtacha sovuq davridagi shamol tezlish va iqlimning boshqa ko’rsatkichlari bilan bir-biridan farqlanadi.
Bu rayonlar asosan 4 zonaga bo’linib, havosining iqlim darajasiga qarab
sovuq, o’rtacha iliq va issiq rayonlarga bo’linadi. Har bir rayon katta territoriyalarni o’z ichiga olib ular iqlim sharoitining har xilligi, manzarasining turlichaligi bilan bir-biridan farq qiladn. Bundan tashqari, turar joylarni loyixalashda iqlimni ifodalovchi pasportlardan foydalaniladi. Bu rayonlarning iqlim sharoiti jadval, grafik, rasm holida izohlanadi. Pasportda joylarning bioiqlimi, ul’trabinafsha nurlarining biologik faolligi ko’rsatiladi. Bu ko’rsatkichlardan turar joylarni loyihalashda foydalaniladi Bu uning kishi organizmiga ta’siri oldini olishda yordam byeradi. Pasportda bulardan tashqari, boshqa meteorologik omillar to’g’risida ma’lumotlar bo’ladi.
Kichik iqlim kichik territoriyadagi iqlim bulib, shu joyning o’ziga xos chegarali iqlimidir. Bu iqlim bir necha o’n metrli maso- fada ham o’zgarishi mumkin. Iqlimga yerning relyefi, o’tloqlar, suv havzalari va o’rmon ham ta’sir ko’rsatadi.
SHahar qurilish amaliyotida gigienistlar, sanitariya vrachlari kichik iqlimli turar joylar yoki ma’lum kichik iqlimli istirohat bog’lari yoki ko’chalar bilan ham tanishadilar. SHunday iqlimli joylarga uy-joy qurishda buni hisobga oladilar. Kichik iqlimli sharoitda istiqomat qiladigan odamlarga mazkur iqlim ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi. SHuning uchun odamlar o’z faoliyati bilan unga ta’sir ko’rsatib, uni o’ziga moslashtirib oladi.
SHaharlar, ayniqsa yirik shaharlar o’zining kichik iqlimiga egadir. Ular shahar chetidagi iqlimdan ancha tafovut qiladi.
Ko’chalarga tosh va asfal’t yotqizilishi, toshli, temir-betonli uylar yoz faslida shunday qizib ketadiki, ular issiqlikni atrofga tarqatib, havo haroratining anchagana oshishiga sabab bo’ladi. Natijada havoning o’rtacha issiqlik darajasi 1—3° ga ko’tariladi, havoning nisbiy namligi esa 5—10% ga kamayishi mumkin.
Ko’p qavatli imoratlar shamol tezligini ikki marotaba va undan ko’proq kamaytiradi va bu shaharning shamol bilan ta’minlanishini susaytiradi.
Atmosfera havosining tutun bilan ifloslanishi quyosh nurini, ayniqsa
quyoshning ul’trabinafsha nurini, ko’zning ko’rish funkciyasini ancha kamaytiradi. U taxminan 20—25% ga kamayadi. Demak, shahar havosini tutun bilan ifloslantirmaslik, shahar territoriyasidagi irrigaciya shoxobchalarida suvning oqib turishini ta’minlash, ayniqsa issiq iqlimli shaharlarga favvoralar qurish va imoratlarni shamol harakatini to’smaydigan qilib qurish zarur. Bu iqlimni ancha o’zgartiradi, havo namligani oshiradi, tempyeraturani 2—4° S ga pasaytiradi, quyosh nurini, ayniqsa ul’trabinafsha nurlarning etarli bo’lishiga imkon tug’diradi, shamol esishini normal- lashtiradi.
Joyning relyefi. Yer yuzining tuzilishi joyning kichik iqlimiga katta ta’sir ko’rsatadi. Binoning kungay bo’lib qurilishi yerning tuzilishiga, ya’ni baland-pastligiga qarab hal qilinadi.
Tepaliklarning kunga qaragan tomoni anchagina issiqroq bo’lib, kunga teskari tomoni esa aksincha sovuq bo’ladi. Tuproqning isib ketishi, havo haroratining ko’tarilishi, shamol harakati yerning tuzilishiga ko’p bog’liq. Odatda tepaliklarning janubga qaragan yon bag’ri anchagina yorug’roq va issiqroqdir, SHimolta qaragan tomoni esa, aksincha, sovuqroq bo’ladi.
Qizig’i shundaki, yerning tepalik va balandliklari bilan pastliklarining tempyeraturasi bir xil emas. Ayniqsa, kechalari yerning baland qismidan sovuq havo yerning pastki vodiy tomoniga yo’naladi, oqibatda «sovuq orol» paydo bo’ladi. Balki, shuning uchun ham shimoliy va o’rta geografik kengliklarda joylashgan pastqam, havoning namligi baland bo’lgan joylar uy-joy qurish
uchun to’g’ri kelmas. Aksincha, janubiy rayonlardagi joylar shaboda esadigan, havosi mayin bo’lib, kichik iqlimning nihoyatda kishi organizmiga yoqimli ta’sirini ta’minlaydi. Tojikiston, O’zbekistonning CHimyon, Oqtosh, Burchmulla, SHoximardon, Arslonbob va boshqa joylari, Tbilisi, Qirg’iziston o’lkasi va boshqalar shular jumlasidandir.
Tog’lar, tepaliklar, balandliklar shamol tezligini ancha kamaytirib, tog’ va tepaliklar yonbag’rida joylashgan uy-joylarni qattiq sovuq yoki issiq shamoldan asraydi. Yerning relyefi juda tekis bo’lsa yog’ingarchilik vaqtida erigan qor va yomg’ir suvlari va boshqa yig’ilgan suvlar oqib keta olmaydi, natijada uy-joylarning suv ostida qolishiga sabab bo’ladi. Demak, yer relyefining qiyaroq, notekis bo’lishi (5—10%) shahar va ishchi posyolkalari barpo qilishda katta ahamiyatga ega.
Turar joylar qurishda tuproqning ahamiyati ham katta. Odatda, quyosh nuri tuproqqa tushib bir qismi orqaga qaytadi, ma’lum qismi esa yerga shimilib, issiqlik enyergiyasiga aylanadi. Isigan tuproqdan chiqqan issiqlik atmosferaning yerga tutashgan nurlanish yo’lini qizdiradi. YA’ni, oldin yer isiydi, keyin atmosfera havosini isitadi.
Yer yuzasi yalang bo’lsa ayniqsa tez isiydi, qishda esa sovuqroq bo’ladi. Agar tuproq usti o’t-o’lanlar bilan qoplangan bo’lsa, yerning isishi unchalik bo’lmaydi. Yirik donali quruq, havoni yaxshi o’tkazadigan tuproqda organik moddalar yoki tuproqqa solinadigan go’ng va turli chiqindilar tez zararsiz holatga keladi. Botqoq, sho’r tuproqlarda esa buning aksi bo’ladi. Bunday tuproqlar kasallik tarqalishi, turli zararli gazlar chiqishiga sabab bo’ladi. CHiqindi, go’ng va boshqalar zararsiz holatga keltirilmasa pashsha, suvarak va boshqa kasal tarqatuvchi hasharotlarning makoniga aylanadi.
Namliga yuqori bo’lgan, suv shimmaydigan tuproqlar yer osti suvlarining yig’ilib baland joydagi tuproqlarning ham botqoqlikka aylanishiga, suv ostida qolishiga sabab bo’ladi. Turar joylar tuprog’ining o’simliklar, daraxtlar bemalol o’sadigan, qishloq xo’jalik ekinlari yaxshi ko’karadigan bo’lishi maqsadga muvofiqdir.
Ammo shuni aytish kerakki, pastqam yerda joylashgan shaharlar havosining tez-tez o’zgarib turishi hamda sovuq havoning tepalikdan pastga tomon yo’nalishi shahar havosining doimo ifloslanishiga, havoning turib qolishiga, tumanlarga sabab bo’ladi. Bunday shaharlarda uy-joylarni tepalik yonbag’irlariga, yuqoriroq joylarga qurish tavsiya etiladi.
Joyning mikroiqlimiga shuningdek daryolar, ko’llar, suv omborlari ijobiy ta’sir etadi. Ular havo haroratini yumshatib namligini oshiradi. Turar joylarning suv bilan etarli ta’minlanishi ko’kalamzorlashtirishga imkon
byeradi.
SHaharlarning ko’rkam bo’lishi daryo qirg’oqlarining ko’kalamzorligi, katta-kichik dam olish bog’larining borligi, cho’milish uchun suv havzalari borligiga juda bog’liqdir.
SHahar barpo etilgan joylarda mabodo suv tanqisligi sezilsa yoki tabiiy suv havzalari bo’lmasa, u holda suv bilan ta’minlash choralari ko’riladi. Bu maqsadda sun’iy suv havzalari, ya’ni ko’llar, suv omborlari, kanallar va kichik-kichik irrigaciya shohobchalari, fontanlar va boshqalar tashkil qilinadi, ular shahar iqlimining mayin, yoqimli bo’lishiga yordam byeradi.
Ayniqsa tabiiy o’simliklar, daraxtzorlar, o’tloqlar, maysazorlar turar joylar iqlimini mayin qiladi. Kishilarni tabiat bilan bog’lab, ularning asabini mustahkamlaydi, tabiat qo’ynida dam olishga imkon tug’diradi. SHaharni toza havo bilan ta’minlab, uni gaz va changlardan ifloslanishining oldini oladi.
Modomiki shunday ekan, yangi shaharlar barpo etilganda va eskilari qaytadan qurilganda ularning tabiiy holatini saqlash va yangitdan daraxtzor o’rmonlar, maysazorlar, suv havzalarini yaratish uchun loyihalarda oldindan tadbir va choralar ko’rishni ko’zda tutish kerak bo’ladi.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish