Sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov kommunal gigiena


FIZIK OMILLARNING GIGIENIK AHAMIYATI VA ULARNING AHOLI SOG’ LIG’ IGA TA’ SIRI



Download 3,24 Mb.
bet16/137
Sana26.02.2022
Hajmi3,24 Mb.
#467737
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   137
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

FIZIK OMILLARNING GIGIENIK AHAMIYATI VA ULARNING AHOLI SOG’ LIG’ IGA TA’ SIRI
Inson sihat-salomatligani saqlashda turar joylardagi fizik omillarning roli juda katta. Turar joylarda tabiiy yorug’likning kamayishi, transport vositalari, korxonalardan chiqadigan shovqin-
suron, tebranishlar kishi asabini buzib, ko’rish qobiliyatini pasaytiradi.
Fan-texnika taraqqiyoti davrida aholini shahar shovqin-suronidan asrash
hozirgi zamonning asosiy masalalaridan biri bo’lib qoldi. SHovqin-suron borgan sari ko’paymoqda. Bunga asosiy sabab avtobus, trolleybus, tramvay va boshqalarning ko’payishi bo’lmoqda.
Fizik omillarning kishi organizmiga kun bo’yi, oy va yil davomida tinimsiz ta’sir etishi natijasida uning normal hayot tarzi buzilib, sog’lig’i yomonlashmoqda. SHahardagi shovqin - suron ijtimoiy omil bo’lib qoldi. SHovqin masalasiga keyinga vaqtlarda keng ko’lamda ahamiyat byerilib, uning sabablari o’rganilmoqda. Bugungi kunda shovqin va turli zararli omillar ta’siri bilan faqatgina fiziklar shug’ullanmasdan, balki gigienistlar ham shug’ ullanmoqdalar.
Inson uchun yod, noxush ovozlar, shovqin yoqimli ovozlarni qabul qilishga to’sqinlik qilmoqda. Odamlar tinchligini buzib, asabiga ta’sir etmoqda. Bu esa o’z navbatida ishlab chiqarish unumdorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Keyinga yillarda shovqin-suron ta’sirida asab kasalligi borgan sari ko’payib bormoqda.
SHovqin odam umrini qisqartiradi degan fikrlar bor. SHovqin-suronni kamaytirish va uning oldini olish uchun davlat tomonidan anchagina tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Jumladan, 1973 yilda sanoat korxonalari, shaharlar va turar-joylarda shovqin-suronni kamaytirish to’g’risida maxsus qaror qabul qilindi. SHahar shovqin-suronini baholash va gigienik normalash 45 dan 11200 Gc diapazonda amalga oshiriladi. Odamning eshitish a’zolari 16 dan 20000 Gc gacha tebranish to’lqinini qabul qiladi. YOsh o’tishi bilan odamning tovushni eshitish qobiliyati kamayib boradi. U hatto 12000 dan 6000—8000 Gc gacha kamayishi mumkin.
SHovqinning paydo bo’lishi bir or qattiq jismning tebranma harakat oqibatida ovozli to’lqinlarni keltirib chiqarishidir, Bu to’lqin ma’lum tezlikda biror muhitda tarqaladi. Fizik nuqtai nazardan ovoz va shovqinning tebranish kengligi (amplitudasida) tebranma harakat bilan ifodalanadi. Tebranish to’lqinlari Gc bi-lan o’lchanadi.
Tovush deb elastik muhit zarrachalarining gazsimon yoki suyuq muhitda to’lqin shaklida tebranma harakat qilishiga va quloqqa eshitilishiga aytiladi. Ovoz chiqaruvchi jism tsbranish kengligining ortib borishi ovoz bosimini oshiradi. Ovoz bosimi deb, normal atmosfera bosimiga qarshi yuqoriga ko’tariluvchi va pastga tushuvchi almashinib turadigan bosimlar orasidagi farqqa aytiladi.
Ovoz bosimi o’zgaruvchan bo’lib, u noldan eng yuqori ko’rsatkich- gacha o’zgarib turadi va tebranish davrining o’rtacha kvadrat belgisi bilan baholanadi, Tebranish kengligining ortishi ovoz bosimining ko’payishiga va shovqin kuchining ortishiga sabab bo’ladi. Ovoz bo-simi 1 m ga to’g’ri keladigan N’yuton birligi bilan o’lchanadi (Nm ).

  1. sistemasi bo’yicha bu o’lchov birligi Paskal’ nomi bilan (Pa) ataladi. 1 Pa 1 n/m ga to’g’ri keladi. Ovoz bosimining yaxshi sezilishi 0 da 140 (dB) eshitish kengligida o’zgarib boradi, bu o’z navbatida quyidagi fizik bosimga

5 2
to’g’ri keladi, ya’ni 2x10- dan to 10 Pa gacha. Agar ovoz bosimi Ro—2x10-
52
Pa bo’lsa, bu bo’sag’a eshitish, agar ovoz bosimi Ro—10 Pa bo’lsa (140
dB) odam quloq par-dasiga bosimli ta’sir ko’rsatadi. Ovoz bosimi ortib ketsa, og’riq sezgisi paydo bo’lib, quloq pardasini yirtib yuborishi mumkin.
Tovushning har safar 10 dB ga ortishi ovoz bosimining 10 marotaba ko’payishiga sabab bo’ladi. Umuman olganda, inson umri turli tovushlar dunyosida o’tadi, mutloq tinchlikda hayotni tasavvur etish qiyin. Ammo tovushlarning turlicha bo’lishi va davomliligi har kimda har xil sezgi paydo qiladi. 20—400 Gc kenglikdaga shovqin qisqa qaytalanishli shovqin deyiladi, 400 dan 1000 Gc gacha kenglikdagi shovqin o’rtacha qaytalanishdagi shovqin deyiladi. 1000 Gc dan ortgan shovqin yuqori qaytalanishli shovqin deb ataladi. Agar shovqin tarkibida har xil tovushlar qaytalanishga ega bo’lsa, unday shovqin keng maydonli shovqin deyiladi. Agar tovush ma’lum qaytalanishda eshitilsa ohangdosh tovush bo’ladi, Ohangdosh tovush odamga salbiy ta’sir etadi.
SHovqinlarning turg’unlik darajasi doimiy, nodoimiy, impul’sli, uzilib turuvchi bo’lishi mumkin. Masalan, doimiy shovqin kassa, ventilyatorlar, havo puflaydigan kompressorlar va boshqalardan chiqadigan shovqinlardir. Bunday shovqinlar bosimining vaqti-vaqti bilan o’zgarishi 5 dB dan oshmaydi. Nodoimiy shovqin esa 5 dB oshishi mumkin. Masalan, harakatdagi transport shovqini va boshqalar.
Olib borilgan ilmiy ishlar shuni ko’rsatadiki, aholiga doimo ta’sir qiladigan shovqin bu transport shovqinidir.
L = 20 lg P_x dB,
Ro
L — ovoz bosimi darajasi dB;
R — ovoz bosimi hosil bo’lishi;
52
Ro — bo’sag’a ovoz bosimi 2 x 10- Nm .

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish