Sh. Sodiqova



Download 7,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/253
Sana01.01.2022
Hajmi7,72 Mb.
#302667
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   253
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika (sodiqova sh.) (1)

M aktabgacha  ta’lim 
. .  
. .  
,. 
,

. .  

tarbiyasining  asosiy  m aqsadi  m aktabgacha 
m uassasalarida  musiqa
. . . .  
,  . 
.  . 
yoshdagi bolalarning dunvoqarashini shakllan-
ta  limi va  tarbiyasining  .  .  ,  , 
,
,  , 

tirish ham da musiqiy  didini  o 'stin b ,  bolalarga 
m aqsad  ham da 
. . .  
.  , 
,  .
vazifalari 
m usiqam   o  rgatish jarayonida  unda  hayot  o z
aksini topishini  anglatishdir.  Shuni  alohida ta ’- 
kidlash lozimki, m usiqa m ashg'ulotlari oldiga qo'yilgan pedagogik maqsad 
va  vazifalam i  am alga  oshirish  uchun,  avvalo,  bolalarning  musiqiy  uquvi 
va  qobiliyatlarini  muntazam   ravishda  o ‘stirib  borish  lozim.  Bolalarning 
musiqiy  uquv va qobiliyatlari quyidagi faoliyatlardan iborat:
>  
musiqiy  uquv  (musiqiy tovushlar  baland-pastligini  his  etish  qobi- 
liyati)
>  
tem br uquvi (musiqiy tovushlarni bir-biridan farq qilish);
>  
ritm tuyg'usi  (m usiqaga mos harakat bajarish.  qadam tashlab,  cha- 
pak chalib musiqani xotirada saqlab, his etish va ifodalash).
Bolalarning  musiqiy  qobiliyatlari  musiqiy  m ashg‘ulotlarning  barcha 
elemaentlarini  amalga  oshirish jarayonida  muntazam   ravishda  rivojlanib 
boradi.
M aktabgacha  ta ’lim  m uassasalarida  olib  boriladigan  m usiqa  ta ’lim- 
tarbiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
>  
bolalam i musiqaga bo'lgan qiziqishlarini o'stirish;
>  
musiqiy  asarlar  bilan tanishtirish jarayonida bolalarda  emotsional 
his-tuyg‘ularini  hosil  qilish  y o ‘li  bilan  ulam ing  musiqa  haqidagi  tasav- 
vurlarini boyitish;
>  
bolalarning m usiqa tinglash,  qo'shiq kuylash, musiqa ostida ritmik 
harakatlami  bajarish,  bolalar  cholg'u  asboblarida jo 'r   bo ‘lish  faoliyatlari 
yordamida ijodiy qobiliyatlarini shakllantirib  borish:
>  
bolalar ovozini asrab tarbiyalash, qo‘shiqlarni sodda, ravon, erkin, 
tabiiy va ifodali kuylash o'rgatish va odatlantirish;
>  
musiqiy asarlardan zavq olishni, shu asosda musiqiy  did va badiiy 
fikr yuritishni rivojlantirish;
148


>
 
musiqa m ashg‘ulotlari jarayonida musiqiy asardagi  badiiy obrazlar- 
ni o'yin va raqs  shaklida ifoda etishga o'rgatish;
>  
musiqa  m ashg‘ulotlari  jarayonida  bolalarni  milliy  qadriyatlarimiz 
bilan tanishtirish, milliy cholg‘u asboblarimiz jo'rligida milliy musiqiy -  rit- 
mik harakatlarni bajarishga o ‘rgatish;
>  
musiqa  mashg*ulotlari  mazmunini  bog‘cha  hayoti  bilan  bog‘lash, 
maktabgacha ta’lim muassasasida o’tkaziladigan tadbirlarda o'rganilgan kuy 
va qo‘shiqlar bilan ishtirok etish.
Musiqa  m ashg‘ulotlarida  bola  hayotni,  tevarak-atrofni  musiqiy  obraz- 
lar orqali idrok etib boradi.  Maktabgacha ta'lim  muassasida musiqiy tarbiya 
ishlari  badiiy  adabiyot  va  tasviriy  san’at  bilan  uzviy  ravishda  bog‘langan 
holda amalga oshiriladi.
Musiqa o 'z  tabiatiga ko‘ra insonlar hayotini, ularning turli voqealarga nis­
batan munosabati va ichki  kechinmalarini xilma-xil tovush bo‘yoqlari orqali 
badiiy  obrazlar  vositasida  tasvirlaydi.  M usiqa  bolalar  hissiyotiga  kuchli 
ta’sir  eta olish  bilan birga ularni  nafosat  olamiga  olib  kiradi.  Buning uchun 
musiqa rahbari tomonidan tashkil etilgan musiqiy tarbiya bolalarni barkamol 
inson  bo‘lib  yetishishlariga  ijobiy  ta’sir  etadi.  Musiqa  m ashg1 ulotlarini 
gigienik talablarga javob  beradigan darajada olib  borish musiqa rahbarining 
asosiy  vazifalaridan  hisoblanadi.  Musiqiy  mashg‘ulotlar  oldiga  qo'yilgan 
maqsad  va  vazifalarni  amalga  oshirish,  aw alo,  musiqa  rahbarining 
pedagogik  tayyorgarligiga  bogMiq.  Musiqiy  m ashg‘ulotlami  olib  borishda 
musiqa  rahbari  bolalarning  yoshi  va  qiziqishlarini  e’tiborga  olishi  lozim. 
Mashg1 ulotning tuzilishi  o'quv  materiallarining mazmunidan kelib  chiqishi 
kerak.  Bunda  asarlaming  ta’limiy,  tarbiyaviy  ahamiyati,  badiiy  saviyasi, 
bolalar  yoshiga  mosligining  hisobga  olinishi  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. 
Musiqiy mashg'ulotlarining tuzilishi quyidagi faoliyat turlaridan iborat:
❖ 
musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish;
❖ 
musiqa tinglash;
❖ 
musiqa savodi;
❖ 
qo'sbiq kuylash;
❖ 
bolalar cholg'u asboblarida j o ‘r bo‘lish.
Maktabgacha  ta'lim   muassasalarida  musiqa  mashg1 ulotlarining  davo- 
miyligi  bolalarning yosh xususiyatlarini  inobatga olgan holda olib  boriladi. 
Shunga muvofiq  mashg'ulotlar kichik guruh -   15-20  daqiqa,  o ‘rta gurahda
-  20-25  daqiqa,  katta guruhda -  25-30 daqiqa,  tayyorlov guruhida -  30-35 
daqiqa davomida olib boriladi.
149


M ashg‘ulotlar davomida bolalar qo'shiq kuylashga,  musiqa tinglashga, 
musiqiy-ritmik harakatlarni  bajarish va cholg‘u asboblari va ularga jo ‘r bo‘- 
lishni  o‘rganib  boradilar.  Q o‘shiq  kuylash  musiqa  m ashg‘ulotining  asosini 
tashkil  etadi.  H ar  bir  qo‘shiq  m a’lum  pedagogik  maqsadlami  amalga 
oshirishni  ko‘zda tutib  tanlanadi.  Qo'shiqlami  m a’lum  bir tizimga  solishda 
oddiydan  murakkabga  qarab  borishga  rioya  qilish  kerak.  Q o‘shiq  kuylash 
yengil va oson amalga oshirilishi tufayli bolalar diqqatini tez jalb etadi.  M u­
siqa  ijrochiligida  ovoz  eng  qulay  vositadir,  chunki  qo‘shiq  kuylashni  turli 
sharoitlarda  tez  va  oson  tashkil  etish  mumkin.  Q o'shiq  kuylash jarayonida 
bolaning  fikrlash  qobiliyati,  nutqi,  idroki  o'sadi.  Bolalar  ovozini  asrab  tar- 
biyalashning  zarur  shartlaridan  biri  qo‘shiqlami  ularning  yoshiga  va  ovoz 
diapazoniga qat’iy rioya etib tanlashdan iborat.
Musiqa
 bolalarni go‘zallikni idrok eta olishlarigakuchli ta ’sir ko'rsatuvchi 
vositadir.  Estetik  tarbiyaning  mazkur  vositasi  bolalarda  musiqaviy  didni 
shakllantiradi, zamonaviy va mumtoz kuylami idrok eta olishga tayyorlaydi. 
Ana shu sababli bolalarni qo‘shiq aytish va raqsga tushishga o'rgatishda faqat 
to‘g ‘ri  aytish va harakat qilishni  emas,  balki ifodali  ijro  etish hamda yengil, 
chiroyli va latofat bilan raqsga tushishga o ‘rgatib borish maqsadga muvofiq.
Q o‘shiq  kuylab  raqsga  tushishda  asosan,  xalq  og‘zaki  ijodi  asarlaridan 
foydalaniladi, bu bolalarni axloqiy-estetik tarbiyalash uchun g'oyat qimmatli 
vositadir.
Xalq  qo'shiqlari  orasida  esa  bolani  dunyoga  kelgan  kunidan  boshlab 
uning  xarakteri,  milliy  ruhiyati,  fe’l-atvori  va  dunyoqarashini  shakllanti- 
risbda  g'oyaviy-estetik  asos  vazifasini  o'tovchi 
allalsr
  alohida  o ‘rin  tuta- 
di.  Allalar  bola  shaxsiga  kuchli  ta ’sir  etish  xususiyatiga  ega  bo'lib,  o ‘zida 
ovutish,  nimagadir  qiziqtirish,  go'zal  hislami  to 'у ish.  so‘z  go'zalliklaridan 
bahramand boiishn i o ‘zida aks ettiradi.
Allalarda  ifodalangan  g ‘oya,  ohang,  shuningdek,  uni  ijro  etishda  sodir 
etiladigan  amaliy  harakatlar  o‘ziga  xos  estetik jihatdan  tarbiyaviy  kuch  va 
imkoniyatga  ega.  Buyuk  mutafakkir Abu Ali  ibn  Sino  o ‘z  davrida  allaning 
bolani  m a’naviy-estetik jihatdan  rivojlanishiga  ta ’sirini  quyidagicha  bayon 
etgan:  “Bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo'llam oq 
kerak.  Biri  bolani  sekin-sekin tebratish,  ikkinchisi  uni  uxlatish  uchun  odat 
bo'lgan  musiqa  va  allalashdir.  Shu  ikkisini  qabul  qilish  miqdoriga  qarab, 
bolaning tanasi bilan badantarbiyaga va mhi bilan musiqaga bo‘lgan iste’dodi 
hosil bo'ladi”35.
35 Ibn Sino, Abu Ali.  Tib qonunlari.  1-jild.  -Т.:  «Xalq m e’rosi» nashriyoti,  1992.  -  77-b
150


B olalarning  kuylash  imkoniyatlaridan  k o ’ra,  tinglash  im koniyatlari 
kengroq  bo'ladi.  M usiqa tinglash  orqali  bolalarning  badiiy  idroki  rivoj- 
lanadi.  M usiqashunos  olim lar  bolalarni  m usiqiy  tarbiyalashda  m usiqa 
tinglash  faoliyatiga  alohida  e ’tibor  beradilar.  Chunki,  har  bir  insonning 
m usiqa  m adaniyatini  shakllantirish  va  rivojlantirishda  m usiqa  tinglash 
ko'nikm asi  m uhim   o ’rin  egallaydi.  M usiqa  tinglash  uchun  tavsiya  etil- 
gan  va  repertuarga  kiritilgan  m usiqiy  asarlar  m usiqiy  obrazlar  orqali 
bolalarda jonajon  Vatanga muhabbat,  m ehnatsevarlik,  tabiatni  e'zozlash, 
ham jihatlik,  rahm -shafqat  kabi  xislatlarni  shakllantirishga  qaratilgan. 
M usiqa m ashg'ulotlarida m usiqiy-ritm ik harakatlarni bajarish bolalarning 
axloqiy-m a’naviy  rivojlanishida  m uhim   aham iyat  kasb  etadi.  M usiqaga 
mos  raqs,  o’yin  harakatlarini  bajarish  bolalarning  diqqatini  jam lash, 
xotirasini  m ustahkam lash  va jism onan  so g'lom   o'sishlariga  yordam   be­
radi.  Eng  muhimi,  raqs  va  ritm ik  harakatlar  vositasida  bolalarning  m u­
siqiy  iqtidori,  ritm ik  tu y g 'u lar  shakllanadi,  xotirasi  charxlanadi.  Mu- 
siqiy-ritm ik harakatlar bolaning harakatchan,  chaqqon bo'lishiga yordam  
beradi,  qom atining  to 'g 'r i  o'sishiga  ta ’sir  ko'rsatadi.  B olaga  tetiklik  va 
g" ay rat  bag'ishlab,  turli  em otsional  hislarini  uyg'otadi.  Raqs  kuylari  esa 
bolalarda  ajoyib  ichki  his-tuyg’ular.  kechinm alar  hosil  qilib,  beixtiyor 
raqsga  tushishga  undaydi  va  ularni  behand  zavqlantiradi.  M usiqa  m ash­
g'ulotlari  davom ida  bolalar  m usiqa  cho lg 'u   asboblarida  j o 'r   bo'lishi 
bolalar  uchun  g'oy atda  yoqimlidir,  chunki  m usiqa  ch olg'u  asboblari, 
tovushli  o'yinchoqlar  sifatida  har  bir  bolani  qiziqtiradi.  B olalar  m usiqa 
ch alg'u  asboblari,  birinchi  navbatda,  bolalarda  ijrochilik  m ahorati,  m u­
siqiy  uquvi  va  qiziqishni  o'stiradi.  M usiqa  asarlarini  diqqat  bilan  ting­
lash,  m usiqaning  xarakterini  his  etish  m usiqa  cho lg 'u   asboblarini 
farqlashga,  tovush  balandligini  bilishga  o'rgatadi.  B olalar  qo'shiqni 
kuydan  ajrata  olishga,  q o 'sh iq   so'zlarini  aniq,  tushunarli  kuylashga, 
kirish  qism idan  so 'n g   qo'shiqni  birga  boshlash  va  tugallashga,  metal- 
lofonda oddiy  kuylarni,  doirada  oddiy  ritm larni  ijro  etishga harakat  qila- 
dilar.  M usiqa  m ashg'ulotlarida  bolalar  guruhidan  bolalar  m usiqa  chol­
g 'u   asboblari  orkestri,  vokal  ansam bllari  tuzish m um kin  b o ’ladi.  Kichik 
hajm dagi  o ’zbek  xalq  kuylaridan  boshlab,  kattaroq  asarlargacha  bolalar 
shiqildoqchalar,  doirachalar  va  rum balardan  turli  ritm ik  usullarni  cha- 
lishni  o'rganadilar.
151



Download 7,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish