Yevropa Ittifoqi 1993-yil 1-noyabrda Maastrixt kelishuvlari (bu keli- shuvlar 1991 va 1992-yillarda iqtisodiy va valuta ittifoqini shakllantirish to'g'risida imzolangan edi) kuchga kirishi asosida yangi nom bilan paydo bo'ldi. Bunga qadar u Yevropa hamjamiyati deb atalib, o'z ichiga 1967-yilda birlashgan uchta mustaqil mintaqaviy tashkilotlarni olar edi, ya'ni:
-1951-yilda tashkil etilgan ko'mir va po'lat ishlab chiqarish bo'yicha yevropa birlashmasi;
1957-yilda tashkil etilgan Yevropa iqtisodiy hamjamiyati;
1958-yilda tashkil etilgan atom energiyasi bo'yicha Yevropa hamjamiyati.
Yel doirasidagi integratsiyaning rivojlanishi bosqichma-bosqich bormoqda. Jumladan, dastlab erkin savdo hududi, bojxona itdfoqi, umumiy bozorning, keyinchalik esa iqtisodiy va valuta ittifoqining tashkil etilishi bu tuzilmalar shakllanishining quyidan yuqoriga tomon harakatini bildiradi.
Hozirda Yelda yagona bozor hamda davlatlararo boshqaruv tizimini tashkil etish jarayoni yakunlanib, mamlakatlar iqtisodiy, valuta va siyosiy ittifoqlarni rasmiylashtirdilar.
Iqtisodiy ittifoqning amal qilishi Yel Vazirlar kengashi tomonidan Yel iqtisodiy siyosatining asosiy yo'nalishlari ishlab chiqilishini ko'zda tutadi hamda ularga har bir a'zo mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi muvofiq tushishini nazorat qiladi.
v Siyosiy ittifoq yagona tashqi siyosatni olib borish hamda ichki qonunchilik doirasida umumiy yondashuvlarni islilab chiqishga yo'naltirilgan.
Valuta ittifoqi Yel doirasida yagona pul-kredit siyosatini olib borish hamda barcha mamalakatlar uchun umumiy bo'lgan valutaning amal qilishini anglatadi.
1999-yil 1-yanvardan Yel mamlakatlari hududida yevro hisob- kitob birligi sifatida amal qila boshladi. Biroq, bu paytda valuta ittifoqiga Yelning barcha a'zolari kirmay, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Daniya va Shvetsiya yevro hududidan tashqarida qoldi.
Yel to'la huquqli a'zolari tarkibi yillar davomida kengayib bormoqda. Hozirda uning tarkibiga 27 mamlakat kiradi: Belgiya, Germaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Fransiya (1957-yil); Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya (1973-yil); Gretsiya (1981-yil); Grenlandiya (1985-yil); Portugaliya, lspaniya (1986-yil); Avstriya, , Finlyandiya, Shvetsiya(1995-yil); Vengriya, Kipr, Latviya, Litva, Malta, Polsha, Slovakiya, Sloveniya, CHexiya, Estoniya (2004-yil); Bolgariya, Ru- miniya (2007-yil).
Yelga a'zo bo'lish uchun bu mamlakatlar quyidagi talablarga javob berishlari kerak:
demokratiyani kafolatlovchi tashkilotlarning barqaror faohyati;
huquqiy tartibning o'rnatilishi va unga amal qilinishi;
inson huquqlariga amal qilinishi va kam sonli millatlarning himoya qilinishi;
bozor iqtisodiyotining amal qihshi;
Ittifoq ichidagi raqobat kurashi va bozor kuchlarining ta'siriga bardosh bera olish;
o'z zimmasiga a'zolik majburiyatlarini, shu jumladan, siyosiy, iqtisodiy va valuta ittifoqi vazifalarini olishga tayyorlik.
Yevropa Ittifoqining kengayishi o'zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Bir tomondan, yangi hududlar va aholining qo'shilishi hisobiga Yelning resurs salohiyati o'sadi, mavjud a'zolar uchun bozorlar aha- miyatli darajada kengayadi, Yelning jahondagi siyosiy mavqeyi kucha- yadi. Boshqa tomondan, Yeldan katta hajmdagi sarf-xarajatlar, jumladan, uning yangi a'zolari uchun subsidiya va transfert to'lovlari uchun budjet sarflarining o'sishi talab etiladi, Yangi a'zolar iqtisodiyotining tarmoq bo'yicha tarkibi talabga javob bermaganligi sababh Yelda beqarorlik xavfi kuchayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |