Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


Farovonlikning eng quyi chegarasini



Download 61,19 Mb.
bet263/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining shunday chegarasi bilan belgilash mumkin-ki, daromadning bundan past dara­jasida ishchi kuchini takror hosil qilishni ta'minlab bo'lmaydi. Bu daraja moddiy ta'minlanganlik minimumi yoki kun kechirish darajasi
(qashshoqlikning boshlanishi) sifatida chiqadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida o'rtacha daromad «o'rtacha sinf» deb ataladigan tabaqalar daro­madlari bo'yicha aniqlanadi. Bunday guruh iste'mol savati to'plamiga uy, avtomashina, dala hovli, zamonaviy uy jihozlari, sayr qilish va bolalarini o'qitish imkoniyati, qimmatli qog'ozlar va zebu-ziynat buyumlari kiradi.
Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori ta'minlangan yoki «boy» qat- lamining mavjud bo'lishini taqozo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovar va xizmatlar xarid qilishga layoqatli bo'lgan juda oz miqdori kiradi. AQSHda aholi bu qismining shaxsiy imkoniyati 8-10 mln. dollar miq­dorida baholanadi.
Turmush darajasi kishilarning turmush tarzi bilan uzviy bog'liq. Turmush tarzi — bu kishilar (jamiyat, ijtimoiy qatlam, shaxs)ning mil­liy va jahon hamjamiyatidagi hayot faoliyati turi hamda usullarini aks ettiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya. Tunnush tarzi inson hayot fa­oliyatining turli jihatlarini qamrab oladi, ya'ni:

  • mehnat, uni tashkil etishning ijtimoiy shakllari;

  • turmush va bo'sh vaqtdan foydalanish shakllari;

  • siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtirok etish;

  • moddiy va ma'naviy ehtiyojlami qondirish shakllari;

  • kishilarning kundahk hayotdagi xulq-atvori me'yorlari va qoidalari.

24.2. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash
Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to'g'ri keladigan o'rtacha daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar aholisining daromadlari darajasi o'rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi. Shu bilan birga alohida olingan mamlakatlar aholisining turli qatlam va guruhlari o'rtacha daromadlari darajasida ham farq mavjud bo'ladi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi darajasi ham daromadlaridagi farqlami bartaraf eta olmaydi.
O'z-o'zidan aniqki, iqtisodiy o'sish darofriadlarning ko'payishiga ohb keladi. Bunda butun aholi daromadlari mutlaq miqdorda asta-sekin o'sib boradi. Daromadlarning mutlaq miqdori ko'payib borsa-da, har doim ham daromadlar tengsizligi darajasiga ta'sir ko'rsatmasligi mumkin. Daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlash uchun jahon ama- liyotida Lorens egri ehizig'idan foydalandadi (24.1-chizma). Chizma- ning yotiq chizig'ida aholi guruhlarining foizdagi ulushi, tik chizig'ida esa bu guruhlar tomonidan olinadigan daromadning foizdagi ulushi joylashtirilgan. Nazariy jihatdan daromadlarning mutlaq teng taqsim- lanishi imkoniyati (burchakni teng ikkiga bo'luvchi) OE chiziqda ifoda­langan bo'lib, u oilalarning har qanday tegishli foizi daromadlarning mos keluvchi foizini olishini ko'rsatadi. Ya'ni aholining 20 foizi barcha daromadlarning 20 foizini, aholining 40 foizi daromadlarning 40 foizini, aholining 60 foizi daromadlarning 60 foizini olishini bildira­di va h.k. Demak, 0E chizig'i daromadlarning taqsimlanishidagi mut­laq tenglikni ifodalaydi. Shuningdek, nazariy jihatdan mutlaq tengsiz- likni ham ajratib ko'rsatish mumkin. Bunda aholining ma'lum guruh- lari (20 foiz, 40 yoki 60 foiz va h.k.) hech qanday daromadga ega bo'lmay, faqat bir foizi barcha 100 foiz daromadga ega bo'ladi. Chiz­madagi 0FE siniq chizig'i mutlaq tengsizlikni ifodalaydi.
24.1-chizma


Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish