O'zbekiston Respublikasi davlat budjetining daromadlari tarkibi (YAIMga nisbatan %da)
Ko'rsatkichlar
|
2000
|
2001
|
2002
|
2003
|
2004
|
2005
|
2006
|
2007
|
Daromadlar - jami
|
28,5
|
26,0
|
25,2
|
24,2
|
22,5
|
22,7
|
22,1
|
20,9
|
Shu jumladan:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
To'g'ri soliqlar
|
7,5
|
7,4
|
6,8
|
6,4
|
6,0
|
6,5
|
6,3
|
5,4
|
Egri soliqlar
|
16,0
|
13,5
|
13,8
|
14,0
|
13,8
|
10,5
|
10,1
|
10,7
|
Mulk solig'i va resurs toiovlari
|
2,8
|
2,4
|
1,9
|
2,3
|
2,6
|
2,9
|
3,0
|
3,2
|
Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq
|
0,3
|
0,3
|
0,5
|
0,4
|
0,4
|
0,5
|
0,6
|
0,5
|
Boshqa daromadlar
|
1,9
|
2,4
|
2,2
|
1,1
|
0,9
|
2,3
|
2,1
|
1,1
|
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma'lumotlari.
Davlat mol-mulk va shaxsiy sug'urtasi umumdavlat moliyasining keyingi bo'g'ini hisoblanib, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va fuqarolarga joriy qilinadi. U majburiy va iitiyoriy bo'lishi mumkin. Bu maqsadlar uchun fondlar korxona va aholining toiovlari hisobiga shakllanadi. Fond mablagiari mol-mulk sug'urtasiga va shaxsiy sug'urtaga pul to'lashni ko'zda tutadi. Shaxsiy sug'urta aholining pul jamg'armala- rini tashkil qihshnhig shakllaridan biri boiib ham xizmat qiladi.
Bozor iqtisodiyotiga o'tib borish bilan jamiyat moliya tizimida turli xil sug'urta (ijtimoiy sug'urta, tibbiy sug'urta) fondlari va budjetdan tashqari moliya fondlari (pensiya fondi, aholini ish bilan ta'minlash fondi, tabiatni muhofaza qilish fondi, tarixiy yodgorliklarni saqlash fondi, tadbirkorlarga ko'mak berish fondi va boshqalar)ning ahamiyati ortib boradi.
21.2-jadval
O'zbekiston respublikasi davlat budjetining xarajatlar tarkibi (YAIMga nisbatan %da)
Ko'rsatkichlar
|
2000
|
2001
|
2002
|
2003
|
2004
|
2005
|
2006
|
2007
|
Xarajatlar - jami
|
29,5
|
27,0
|
25,8
|
24,6
|
22,9
|
22,2
|
21,1
|
20,2
|
Shu jumladan:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ijtimoiy sohaga
|
10,4
|
10,2
|
9,8
|
9,3
|
9,1
|
9,5
|
9,2
|
9,4
|
Ijtimoiy himoyaga
|
2,3
|
2,1
|
2,0
|
2,1
|
1,8
|
1,8
|
1,5
|
1,3
|
Iqtisodiyot uchun xarajatlar
|
3,0
|
2,3
|
2,3
|
3,0
|
3,1
|
3,0
|
2,7
|
2,4
|
Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari
|
6,0
|
5,0
|
4,7
|
3,3
|
2,7
|
2,4
|
2,0
|
1,7
|
Davlat hokimiyati, boshqaruv va sud organlariga xarajatlar
|
0,6
|
0,6
|
0,5
|
0,5
|
0,6
|
0,5
|
0,5
|
0,6
|
Boshqa xarajatlar
|
7,2
|
6,8
|
6,5
|
6,4
|
5,6
|
5,0
|
5,2
|
4,8
|
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma'lumotlari.
21.2. Budjet taqchiUigi va davlat qarzlari
Davlat budjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatda bo'lishini taqozo qiladi. Lekin ko'pchilik hollarda davlat budjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida budjet taqchiUigi ro'y beradi. Bu holning sabablari ko'p bo'lib, ularning ichida davlatning jamiyat hayotining barcha sohalaridagi rolining uzluksiz o'sib borishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining kengayishi alohida o'rin tutadi. Budjet taqchilligining o'sishi yoki kamayishi mutiaq miqdorda va uning yalpi ichki mahsulot (YAIM)ga nisbatida aniq namoyon bo'ladi. Masalan, 2000-yilda Respublikamiz davlat budjetining taqchiUigi (defitsit) YAIMga nisbatan 1 foizni tashkil etgan boisa, keyingi yillarda taqchillik darajasi pasayib borib, 2005-yilda budjet daromadlarining xarajatlardan oshib ketishi (profitsit)ga erishildi. 2008-yilda davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1,5 foiz profitsit bilan bajarildi (21.1-chizma).
Budjet taqchilligining o'zgarishi xo'jalik konyunkturasidagi joriy tebranishlar, ishlab chiqarishdagi davriy inqiroz va yuksalishlarni ham aks ettiradi, inqirozlar davrida davlat budjet mablagiari hisobidan iqtisodiy- otning ma'lum sektorlarini moliyaviy ta'minlab turishga, umumdavlat aliamiyatiga ega boigan tarmoqlarda investitsiyalar hajmini saqlab turishga majbur boiadi. O'rnatilgan xalqaro standartlarga ko'ra budjet taq- chilligi YAIMning 5% darajasidan oshmasligi lozim. Budjet taqchilligi, asosan, davlat qarzi hisobiga qoplanadi.
21.1-chizma
Davlat budjetining bajarilish darajasi
Davlat qarzi ichki va tashqi qarzlardan iborat boiadi. Davlat ichki qarzi - bu davlatning mamlakat ichida zayomlar va boshqa qimmatli qog'ozlarini chiqarish, turli nobudjet fondlari (sug'urta fondi, ishsizlik bo'yicha sug'urtalash fondi, pensiya fondijdan qarz olish ko'rinishidagi qarzlari.
Budjet taqchilligini moliyalashtirish (qoplash)ning muhim ko'rinishlaridan biri davlat krediti hisoblanadi. Davlat krediti — davlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida maydonga tushadigan barcha moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig'indisi.
Moliyaviy resurslarni davlat tomonidan qarzga olishning asosiy shakli— bu davlat qarz majburiyatlari (zayomlari)ni chiqarish hisoblanadi. Ularni joylashtirish jarayonida davlat aholi, banklar, savdo va sanoat kompaniyalarining vaqtincha bo'sh turgan pul mablag'larini jalb qiladi.
Davlat o'z majburiyatlarini nafaqat xususiy sektorda joylashtirishi, balki ularni Markaziy bankda hisobga olishi ham mumkin. Bunda bank muomalaga pulning tovar hajmining ko'payishi bilan bogiiq bo'lmagan qo'shimcha miqdorini chiqaradi. Mazkur holda, davlat budjetini moliya- iashtirish pul muomalasiga to'g'ridan-to'g'ri inflatsion ta'sir ko'rsatadi. Pul massasining o'sishi jamiyat haqiqiy boyligining ko'payishi bilan birga bormaydi.
Davlat qarzlarining to'xtovsiz ko'payib borishi, milliy daromadni foiz to'lovlari shaklida tobora ko'proq qayta taqsimlanishga olib keladi.
Katta budjet taqchiUigi va davlat majburiyatlari bo'yicha foiz to'lovlari o'sish sharoitida davlat qarzlarini to'lash vaqtini imkon darajada cho'zishga har&kat qiladi. Buning uchun turli xil usullardan foydalanish mumkin. Jumladan davlat o'zining qisqa muddatli majburiyatlarini o'rta va uzoq muddatli zayomlarga almashtiradi. U o'zining qisqa muddatli majburiyatlarini ancha yuqori foiz bo'yicha yangi, uzoq muddatli zayomlar chiqarish hisobiga ham sotib olishi mumkin. Bunday turdagi tadbirlar qisqa davrli samara berishi va vaqtincha davlatning moliyaviy ahvolini yengillashtirishi mumkin, chunki u odatda kelgusida foiz stavkasining oshishi va qarzlar umumiy miqdorining o'sishi bilan bog'liq.
Xo'jalik hayoti baynalminallashuv jarayonlarining tez o'sishi, xalqaro kreditning jadal rivojlanishi natijasida davlat o'ziga zarur bo'lgan moliyaviy resurslarni jalb qilish uchun bo'sh pul mablag'larining milliy chegaradan tashqaridagi manbalaridan faol foydalanadi. Buning natijasida tashqi qarz vujudga keladi. Davlat tashqi qarzi — xorijiy dav- latlardan, ulardagi jismoniy va yuridik shaxslardan, shuningdek, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan olingan qarz.
Tashqi qarzning me'yoridan oshib ketishi milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Agar tashqi qarz bo'yicha to'lovlar mamlakat tovar va xizmatlari eksportidan tushumning ahamiyatli qismi, masalan, 20-25% dan oshib ketsa, bu holat mamlakatning kredit bo'yicha reytingini pasaytirib yuboradi. Natijada, chetdan yangi qarz mablagiarini jalb etish mushkullashadi. Shunga ko'ra, davlatlar muntazam ravishda tashqi qarzni tartibga solish chora-tadbirlarini amalga oshirib boradilar. Bular qatoriga mamlakat oltin-valuta zaxirasi hisobidan qarzlarni to'lab borish; kreditorlarning qarz to'lov muddatlarini o'zgartirishlari, ayrim hollarda ularning ma'lum qismidan voz ke- chishlariga erishish; qarzlarni mamlakatdagi ko'chmas mulklar, qimmatli qog'ozlar, kapitalda ishtirok etish va boshqa huquqlarni sotish hisobiga to'lash; xalqaro banklar va boshqa mohyaviy tashkilotlardan yordam olish va h.k.O'zbekistonda tashqi qarzni me'yor darajasida ushlab turish borasida qat'iy chora-tadbirlar amalga oshirilib, buning ifodasini Preziden- timizning quyidagi so'zlaridan ham ko'rish mumkin: «2009-yilning 1 yanvarigacha O'zbekistonning jami tashqi qarzi yalpi ichki mahsulot- ning 13,3 foizini tashkil etishini va bu ko'rsatkich, xalqaro mezonlar bo'yicha, «Har jihatdan maqbul holat» deb hisoblanishini ta'kidlash joiz»'.
Demak, davlat o'z faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta'minlashda ssuda kapitallarining ham milliy bozoridan, ham tashqi bozoridan qarz olishi mumkin.
Xalqaro kreditning tez o'sishi, kapitalning mamlakatlararo mig- ratsiyasi mamlakat va mintaqalar iqtisodiy o'zaro bog'liqhgi chuqurla- shuvining muqarrar natijasi hisoblanadi. Xalqaro kredit moliyaviy resurslarni ham xususiy sektorning ehtiyojlarini qondirish, ham davlat budjeti taqchilligini qoplash uchun jalb qihsh imkoniyatini sezilarli kengaytira- di. Shu bilan birga tashqi qarzlarning o'sishi bir qator boshqa muammo- larni keltirib chiqaradi. Bu o'rinda eng asosiy muammo milliy iqtisodiyotning kreditor va debitor mamlakatlar iqtisodiyotiga bog'liqligining kuchayib borishi hisoblanib, bu jarayonni mamlakatdagi ichki moliyaviy dastaklar bilan nazorat qilish imkoniyati bo'lmay qoladi.
21.3. Soliq tizimi va uning vazifalari
Davlat budjeti daromadlar qismining asosiy manbayi soliqlar hisoblanadi. Soliq iqtisodiy kategoriya sifatida, sof daromadning bir qismini budjetga jalb qilish shakli bo'lib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi. Soliq — bu davlatning o'z vazifalarini amalga oshirishi uchun zarur boigan moliyaviy mablag'larni shakllantirish maqsadida jismoniy va huquqiy shaxslardan budjetga majburiy toiovlarni undirish shakli.
Soliq yordamida milhy daromadning tegishli qismi taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi.
Davlat tomonidan ohnadigan sohqlar hamda ularning tashkil qilinish shakl va usullari birgalikda soliq tizimini tashkil qiladi.
Milliy iqtisodiyotda sohqlar quyidagi uchta muhim vazifani bajaradi:
davlat xarajatlarini mohyalashtirish (fiskal vazifasi);
ijtimoiy tanglikni yumshatish (ijtimoiy vazifasi);
iqtisodiyotni tartibga sohsh (tartibga solish vazifasi).
Davlat sarflari soliq tushumlari hisobiga amalga oshsada, davlat sarflari miqyosining o'sishi o'z navbatida sohqlaming o'sishini taqozo qiladi va uning darajasini belgilab beradi. Hozirgi davrda umumiy tendensiya boigan davlat sarflarining va shunga mos ravishda soliq hajmining o'sib bo- rishini quyidagi omillar taqozo qiladi.
Aholi soniiiing o'sishi.
Ijtimoiy soha xizmatlari sifatiga talabning ortishi va urbanizatsiya.
Atrof-muhitning ifloslanishi.
Daromadlar tengsizligini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish.
Milliy mudofaa, davlat xavfsizligini ta'minlash xarajatlari hajmining o'sishi.
Korxonalar faoliyatini soliq yordamida tartibga solish quyidagi umumiy tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
barcha daromadlardan, ularning manbalariga bog'liq bo'lmagan holda soliq undirishning majburiyligi;
soliq undirishda barcha uchun yagona umumdavlat siyosati;
samarali ishlovchi korxonalarda hamda xo'jalik yuritishning llg'or shaldlari uchun sohq me'yorlarining rag'batlantimvchi rolini ta'minlash;
soliq to'lovi bo'yicha barcha subyektlar majburiyati ustidan moliyaviy nazorat.
Soliq stavkasini belgilash bir qator tamoyillarga asoslanadi.
Naflilik tamoyili — turli shaxslardan, ularning soliqlar hisobiga moliyalashtiriladigan dasturlardan foydalanishi darajasiga qarab turlicha soliq undirilishi kerakligini bildiradi.
Soliq surnmasining (R) soliq olinadigan summaga (D) nisbatining foizdagi ifodasi soliq stavkasi (R') deyiladi:
100%.
D
To'lovga layoqatlilik tamoyili — soliq miqdori soliq to'lovchining boyligi va daromadlari darajasiga mos kelishi zarur. Boshqacha aytganda, soliq solish daromadlarning adolatli taqsimlanishini taqozo qilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |