14.2-jadval
YAIMni hisoblashga sarflar va daromadlar bo'yicha yondashuv
Milliy mahsulot hajmini sarflar summasi bo'yicha hisoblash
|
Milliy mahsulot hajmini daromadlar summasi bo'yicha hisoblash
|
1. Uy xo'jaliklarining iste'mol sarflari +
|
1. Daromad bilan bog'liq bo'lmagan sarf va to'lovlar
a) amortizatsiya, b) egri soliqlar
+
|
2. Tadbirkorlarning investitsion sarflari +
|
2. Ish haqi
+
|
3. Tovar va xizmatlarning davlat xaridi +
|
3. Renta to'lovlari +
|
4. Chet elliklar sarfi
+
|
4. Foiz +
|
5. Notijorat muassasalari sarfi +
|
5. Foyda
|
6. Moddiy aylanma vositalar zaxirasidagi o'zgarishlar
|
|
YAIM
|
YAIM
|
Renta to'lovlari iqtisodiyotni resurslar (kapital, yer) bilan ta'min- lovchi uy xo'jahklarining oladigan daromadi hisoblanib, korxona xarajatlari tarkibiga kiradi (yer davlat mulki bo'Isa renta davlat ixtiyoriga, budjetga borib tushadi va budjet daromadi hisoblanadi).
Foiz pul kapitali egalariga pul daromadi toiovlaridan iborat. Bunda davlat tomonidan amalga oshiriladigan foizh to'lovlar foizh daromadlar tarkibidan chiqariladi.
Mulkdan olinadigan daromadlar ikki turga bo'linadi: bir qismi mulkiy daromad va boshqa qismi esa korporatsiyalar foydasi deyiladi.
Xulosalar
Milliy iqtisodiyot ko'plab o'zaro bogiiq iqtisodiy unsurlardan iborat boigan murakkab iqtisodiy tizimni namoyori etadi. Milliy iqtisodiyot, barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro- va makrooarajadagi iq- tisodiyotlarni, funktsional iqtisodiyotni, ko'plab infratuzilmalarni o'z icliiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir.
Makroiqtisodiyot — bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy va jahon xo'jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir. Makroiqtisodiyot o'z ichiga xalq xo'jaligining moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko'rsatish sohalarini oladi.
Ko'pgina mikroiqtisodiy ko'rsatkichlar yordamida korxonalar fa- ohyatiga baho berilib, ular faoliyatining rivojlanish tamoyillari aniqlan- sa, makroiqtisodiy ko'rsatkichlar orqah butun iqtisodiyotning holati uning o'sishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi.
Butun milliy iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy ko'rsatkichJar — yalpi milhy mahsulot (YAMM). yalpi ichki mahsulot (YAIM), sof milhy mahsulot (SMM), milliy daromad (MD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik, inflatsiya va boshqa shu kabilar hisoblanadi.
Bozor munosabatlari sharoitida ijtimoiy mahsulot tarki biga faqat tovar shaklida bo'hb, bozor narxi mavjud boigan yoki, hech boimaganda, ularni yaratish uchun haqiqatda sarflangan xarajatlar miqdori bo'yicha ba- holash mumkin boigan mahsulot va xizmatlar kiritilishi mumkin.
YAIM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko'p marta hisobga olishlarni bartaraf qihsh uchun, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan qo'shilgan qiymatlar yig'indisi olinadi. Qo'shilgan qiymat - bu korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan mol yetkazib beruvchilardan sotib olingan va iste'mol qilingan xomashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati.
Milhy iqtisodiyot rivojlanish darajasini t'aqqoslash ijchun yalpi ichki mahsulot (YAIM) ko'rsatkichidan foydalaniladi. Yalpi ichki mahsulot umumlashtiruvchi iqtisodiy ko'rsatkich boiib, u faqat mazkur mamlakat ishlab chiqarish omillaridan foydalangan holda mamlakat ichida yaratilgan tovar va xizmatlar jami qiymatining bozor narxlaridagi ifo- dasini namoyon etadi.
Milliy hisoblar tizimi asosini yig'ma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad va xarajatlar balansi misol bo'lishi mumkin. Daromadlar xo'jahk birliklari va aholi umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarning boshqa turlari, amortizatsiya) summasini aks ettiradi. Xarajatlar to'rtta guruhdan iborat bo'ladi: iste'mol, investitsiyalar, davlat xaridi, sof eksport. Milliy hisoblar makroiqtisodiyotning me'yordagi — muvozanath holatga erishish darajasini aniqlashga yordam beradi.
9. YAIM uch xil usul bilan hisoblanishi mumkin: 1) qo'shilgan qiymatlar bo'yicha yondashuv; 2) sarf-xarajatlar bo'yicha yondashuv; 3) daromadlar bo'yicha yondashuv.
Asosiy tayanch tushunchalar
Do'stlaringiz bilan baham: |