Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»



Download 61,19 Mb.
bet45/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

Xususiylashtirish - mulkka egalik qilish huquqining davlatdan xususiy va boshqa shaxslaiga o'tishi.
Davlat tassarrufidan chiqarish — mulkni davlat hisobidan chiqarilib, boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirilishi.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar

        1. Taraqqiyot bosqichlarini bilishda qanday yondashuvlar mavjud?

        2. Ishlab chiqarish usuli nima va uning tarkibiy qismlari nimalardan iborat?

        3. Ishlab chiqarish usullarining eng muhim o'ziga xos belgilarini ajratib ko'rsating. Bir ishlab chiqarish usulining boshqasiga almashi- nishi sabablari haqida mulohaza bildiring. a

        4. Ishlab chiqarish texnologik usulining tarkibiy qismlarini sanab ko'rsating. Fan-texnika taraqqiyotining ishlab chiqarish texnologik usuliga ta'siri qanday?

        5. Ishlab chiqarish texnologik usullarining bosqichlari bir-biridan nima bilan farqlanadi?

Iqtisodiy tizirn nusxalarini farqlantiradigan asosiy belgilarini sa­nab ko'rsating

        1. .Mulkchilikning mohiyatiga ta'rif bering va uning turli shakllari- ning iqtisodiy mazmunini tushuntiring. Mulkchilikning iqtisodiy va hu­quqiy mazmunini ajratib ko'rsating.

        2. Mulk subyektlarining ko'p darajali boiishiga sabab nima? Mulk­chilik shakllarining farqlanishi asosida nima yotadi?

        3. Bozor iqtisodiyotiga o'tish nima uchun mulkchilikning turli shakl- larini taqozo qiladi? Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish nima uchun hozirgi bosqichda obyektiv zaruriyat hisob- lana^li? Xususiylashtirish bosqichlari va shakllariga tavsif bering.

        4. Xususiylashtirishning qanday usullarini bilasiz? Bu usullardan biritii tanlab olishga qanday omillar ta'sir ko'rsatadi?

4-bob. TOVAR-PUL MUNOSABATLARI RIYOJLANISHI BOZOR IQTISODIYOTI SHAKLLANISHI VA AMAL QILISHINING ASOSIDIR
Oldingi boblarda ishlab chiqarishning umumiy, hamma bosqichlariga xos bo'lgan qonun-qoidalari va tushunchalarini, ijtimoiy tizimlar va mulk shakllarining o'zgarib turishini ko'rib chiqdik. Lekin ayrim iqti­sodiy jarayonlar tarixiy tavsifga ega bo'lsada, uzoq davrlar davomida saqlanib qolishi mumkin. Jumladan, insoniyat tarixiy taraqqiyotining ko'pgina bosqichlarida ijtimoiy-iqtisodiy shakllarning ayrim turlari uzoq vaqt mavjud boiadi. Masalan, ibtidoiy jamoa tuzimi yemirilayotgan sharoitdayoq vujudga kelgan tovar ayirboshlash bir ishlab chiqarish usulidan boshqasiga o'tib, bir necha ming yillardan beri amal qilib, rivojlanib kelmoqda. Shu bilan birga biron-bir ijtimoiy-iqtisodiy shaklnLng turli tarixiy davr sharoitidagi mazmuni, o'rni, roli va ijtimoiy oqibat- lari ko'p jihatdan turlicha bo'ladi. Lekin ularning umumiy, eng xusu- siyatli belgilari saqlanib qoladi. Shu sababli ushbu bobda ijtimoiy xo'jalik, ya'ni ijtimoiy ishlab chiqarish shakllari tahlili, tovar va uning xusu- siyatlari, tovar qiymatining miqdori, uni aniqlashga bo'lgan turli yon­dashuvlar, pulning vujudga kelishi, mohiyati va vazifalari yoritiladi.
4.1. Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o'tish va , _ .uning rivojlanishi
Kishilik jamiyatining rivojlanishida ijtimoiy xo'jalikni tashkil etish­ning ikkita umumiy iqtisodiy shakli ajralib turadi. Umumiy iqtisodiy shakllarning tarixan birinchisi natural ishlab chiqarish hisoblanadi. Ijti- moiy xo'jalikning bu shaklida yaratilgan mahsulotlar ishlab chiqaruv- cliining o'z ehtiyojlarini qondirish uchun, xo'jalik ichki ehtiyojlari uchun mo'ljallangan. Demak, o'z ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqa­rish natural ishlab chiqarish, bunday ishlab chiqarishga asoslangan xo'jalik esa natural xo'jalik deb ataladi. Iste'mol hajmi va tarkibi ko'pincha ishlab chiqarish hajmi va tarkibiga mos kelgan, ularning bir- biri bilan bog'lanishi bir xo'jalik doirasida amalga oshganligi sababli juda oson kechgan. Bunday munosabatlar eng awalo ibtidoiy jamoada, keyinchalik patriarxal dehqon xo'jaligi, feodal pomestyalarida hukm surgan. Natural ishlab chiqarish shakli barcha iqtisodiy jarayonlarni bir xo'jalik doirasida qat'iy cheklab qo'yadi, tashqi aloqalar uchun yo'l ochilmaydi. Ishchi kuchi muayyan xo'jalikka juda qattiq biriktirib qo'yiladi va ko'chib yurish imkoniyatidan mahium bo'ladi. Natural xo'jalik shakl- larining xuddi shu xususiyatlari qishloq xo'jalik jamoalarini ming yillar davomida barqaror saqlanib qolishining «siri»ni ochib beradi. Natural xo'jalik ishlab chiqarish maqsadlarini nihoyatda cheklab, hajmi va turi jihatidan kam bo'lgan ehtiyojlarni qondirishga bo'ysungan. Shuning uchun ham jamiyat rivojlanish yo'lida asta-sekinlik bilan natural ish­lab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o'tadi.
Hozirda ijtimoiy xo'jalik yuritish shakli sifatida natural xo'jalik de- yarli barham topgan. Shunga qaramay, hali u qadar rivojianmagan hamda jahon hamjamiyati iqtisodiy aloqalaridan ajralib qolgan qoloq mam- lakatlarda natural xo'jalik ko'rinishlari hamon saqlanib qolgan. Shu- ningdek, tovar ishlab chiqarish ommaviy tus olishiga qaramay, ijti­moiy hayotning ba'zi bir jabhalarida natural ishlab chiqarish element - larini uchratish mumkin. Masalan, oiladagi shaxsiy ehtiyojlami qondi­rish uchun uy bekalari tomonidan ovqatlar, turli xil konserva mahsu- lotlarining tayyorlanishi, kir yuvish, dazmollash, uylarni tozalash kabi xizmatlarning bajarilishi, shaxsiy tomorqada turli xil sabzavot va reza- vor mevalarning yetishtirilishi kabilar shular jumlasidandir. Biroq, shunga qaramay, kishilik jamiyati taraqqiyotining yuksalib borishi bilan natural ishlab chiqarish miqyoslari qisqarib, o'z o'rnini tovar ishlab chiqarisliga bo'shatib beradi. *

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish