Sh. Sh. Shodmonov, U. V. G'Ofurov iqtisodiyot nazariyasi o'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan Toshkent «iqtisod-moliya»


O'zbekistonda korxonalarning mulkchilik shakllari bo'yicha tarkibi



Download 61,19 Mb.
bet40/305
Sana13.04.2022
Hajmi61,19 Mb.
#548903
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   305
Bog'liq
иктисод назарияси.FR10

O'zbekistonda korxonalarning mulkchilik shakllari bo'yicha tarkibi

14,8 7,0


m Davlat mulki , m Xususiy korxonalar ° Fermer va dehqon xo'jaliklari ® Aksiyadorlik jamiyatlari m Xorijiy investitsiyali korxonalar g Boshqalar

Diagrammadan ko'rinadiki, mamlalcatimizda ro'yxatga olingan jami korxonalarning 7,0 foizini davlat mulkidagi korxonalar, 93,0 foizini mulkchilikning nodavlat shakhdagi korxonalar, shundan, 56,1 foizini — fermer va dehqon xo'jaliklari, 20,8 foiz — xususiy korxonalar, 0,9 foiz — xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar, 0,4 foiz — aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etgan.


Shuningdek, mamlakat yalpi ichki mahsuloti tarkibida nodavlat sektorining ulushi ham sezilarli darajada oshib bormoqda (3.2-dia- gramma).
3.2-diagramma
O'zbekistonda YAIMning mulkchilik shakllari bo'yicha ishlab chiqarilishi




12,8 3'2 20,6


24,3


32,4


6,7








m Davlat mulki
D Fermer va dehqon xo'jaliklari ■ Qo'shma korxonalar
P Fuqarolarning mulki 0 Xo'jalik birlashraalari M Nodavlat mulkining boshqa turlar


i



Diagrammadan ko'rinadiki, 2008-yilda YAIMning 20,6 foizi davlat mulkiga asoslangan korxonalarda yaratilgan bo'lsa, 79,4 foizi nodavlat mulkiga asoslangan koixonalarda yaratilgan. Jumladan, 32,4% - fuqaro- lar mulki, 24,3% - xo'jalik birlashmalari, 12,8% - qo'shma kor­xonalar, 6,7% - fermer va dehqon xo'jaliklari, 3,2% - nodavlat mul­kining boshqa ko'rinishlarida yaratilgan.
3.5. O'zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yo'llari va usullari
Bozor munosabatlariga o'tishning asosiy sharti ko'p ukladli iqti­sodiyotni va raqobat muhitini shakllantirish uchun shart-sharoitni vu­judga keltirishdan iborat. Bunda asosiysi mulkchilik masalasini hal qi- lishdir. Shu sababli respublikamiz Prezidenti LA. Karimov mulkchilik masalasini hal qilishni «...bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo'lib xizmat qiladi»' deb alohida ta'kidlab ko'rsatadi. Uzoq yillar mobaynida respublikamiz iqtisodiyoti- da umumXalq mulki deb atalgan, ashda esa davlatlashtirilgan mulk to'liq hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda umumxalq mulki deb hisoblangan mulk subyekti sifatida davlatning chiqishi jamiyat a'zolari o'rtasida bu mulkka «hech kimniki», «davlatniki», «birovning mulki» deb qarashlarning shakllanishiga ohb keldi. Bozor iqtisodiyotini vujudga
1 Karimov LA. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T.3., - T.: O'zbekiston. 1996, 202-b.
keltirish vazifasi o'tish davrida mulkchilikda davlat sektorining salmog'i ancha yuqori bo'lgan mamlakatlarda bu mulkning ma'lum qismini dav­lat tasarrufldan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. Shunga ko'ra, O'zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufldan chiqarish va xu- susiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib, O'zbekiston Respublikasining «Davlat tasarrufldan chiqarish va xu­susiylashtirish to'g'risida»gi Qonunida (1991-yil 19-noyabr) quyida- gicha ta'iif beriladi:
Davlat tasarrufidan chiqarish — davlat korxonalarini va tashkilot- larini jamoa, ijara korxonalariga, aksiyaldorik jamiyatlarga, mas'uliyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bo'lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.
Xususiylashtirish — fuqarolarning va davlatga taalluqli boimagan yuridik shaxslarning davlat mulki obyektlarini yoki davlat aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib olishidir'.
Bundan ko'rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiy- lashtirishga qaraganda ancha keng tushuncha. Xususiylashtirish - davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o'tishidir. Mulk­ni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarini vujudga keltirishni ham ko'zda tutadi. U bir qator yo'llar bilan amalga oshiriladi: davlat korxonalarini aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish, davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish; mulkni qiymatga qarab chiqarilgan cheklar (vaucher) bo'yicha fuqarolarga bepul berish; mulkni ayrim tadbirkor va ish bosh- qaruvchilarga sotish; ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqaro- lariga sotish yoki qarz hisobiga berish; davlat mol-mulkini auksionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish va h.k.
Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo'lib, ularni 3 gu- ruhga ajratish mumkin: 1) davlat mulkini bepul bo'lib berish orqali xususiylashtirish; 2) davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish; 3) davlat mulkini bepul bo'lib berish hamda sotishni uyg'unlashtirish orqali xususiylashtirish (3.4-chizma).
O'zbekistonda iqtisodiy islohotlarning cfastlabki pallasidayoq mulkchilikning hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutsion tarzda e'tirof etildi va davlat mulki monopolizmini tugatish hamda bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko'p ukladli iqtisodiyotni real shakl-
1 O'zbekiston Respublikasining Qonuni. Davlat tasarrufidan chiqarish va xusu­siylashtirish to'g'risida/O'zbekiston Respublikasi: qonunlar va farmonlar. - T.: O'zbekiston, 1992, 65-b.
3.4-chizma

Download 61,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   305




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish