Pul-kredit sohasidagi inqiroz. Mamlakatda pul-kredit tizimining tang ahvolga tushishi bo'lib, bunda tijorat va bank krediti qisqaradi. Aksiya va obligatsiyalaming kursi, bank foizi tushib ketishi natijasida banklar sinib, yalpi holda bankrotlikka uchraydilar.
Valuta inqirozi. Bunda milliy valutaning obro'si tushib ketadi. Bankda valuta zaxirasi tugab, milliy valuta kursi tushib ketadi.
Birja inqirozi. Bu tanglik biijada qimmatli qog'ozlar kursining tezda tushib ketishi, ularni emissiya qilishning qisqarishi fond birjalari fa- oliyatidagi chuqur tushkunlikda ifodalanadi.
Ekologik inqiroz. Atrof-muhitni, eng awalo inson sog'lig'ini yo'qotish, umrini qisqartirishga olib keladigan darajada vaziyatning vujudga kelishida ifodalanadi. U sanoatning shiddatli tarzda o'sishiga yoi qo'ymaydi.
Tarmoqlar inqirozi. Bu milliy xo'jalikning biron bir tarmog'ini qamrab, ishlab chiqarishning tarkibiy o'zgarishi yoki normal xo'jalik alo- qalarining buzilishi tufayli yuz beradi.
Tarkibiy inqirozlar. Iqtisodiyotdagi inqiro2lardan bir ko'rinishi yoki uning bir turi tarkibiy inqirozlardir. Bu inqirozlami ishlab chiqarishning ayrim sohalari bilan tarmoqlar rivojlanishi o'rtasidagi chuqur nomutanosibliklar keltirib chiqaradi.
Tarkibiy inqirozlar bilan iqtisodiy tebranishlar va shu jumladan iqtisodiy faollikning mavsumiy tebranishlari ham mavjud bo'ladi. Masalan, bayramlar arafasidagi xarid qilish, iste'mol tovarlarining fa- ollik sur'atida, asosan, chakana savdoda sezilarli har yillik tebranishlarga olib keladi. Qishloq xo'jaligi, avtomobil sanoati, qurilish ham qanday- dir darajada mavsumiy tebranishlarga duchor boiadi.
Iqtisodiy faollik iqtisodiyotdagi uzoq muddatli tamoyillarga, ya'ni uzoq muddatli davr, masalan, 25, 50 yoki 100 yil davomida iqtisodiy faollikning ortishi yoki pasayishiga bog'hq. Bu yerda shuni ta'kidlash lozimki, ayrim mamlakatlarda (masalan, AQSH) uzoq muddatli tamoyil sezilarli iqtisodiy o'sish bilan tavsiflansa, boshqalari uchun iqtisodiy o'sishning sekinlashuvi xos.
iqtisodiy faollikning tebranishini tushuntimvchi ko'plab qarashlar mavjud boiishiga qaramasdan, ko'pchilik iqtisodchilar ishlab chiqarish va bandlik darajasini bevosita aniqlovchi omil umumiy yoki yalpi sarflar darajasi hisoblanadi, deb tasdiqlaydi.
Agrar inqiroz. Qishloq xo'jaligidagi iqtisodiy inqirozlar agrar in- qirozlar deb ataladi. Agrar inqirozlar quyidagi shakllarda namoyon boiadi: 1) qishloq xo'jahk mahsulotlarining nisbiy ortiqcha ishlab chiqarilishi, uning sotilmay qolgan juda katta zaxiralarining to'planishi; 2) narxlarning pasayishi, daromadlar va foydalarning kamayishi; 3) fermerlarning ommaviy ravishda xonavayron bo'lishi, ular qarzlari- ning ortishi; 4) qishloq aholisi o'rtasida ishsizlarning ko'payishi.
Qishloq xo'jaligida takror ishlab chiqarish o'ziga xos xususiyatlarga ega boiganligi sababh, agrar inqirozlar o'ziga xos xususiyat kasb etadi. Agrar inqirozlar sanoat sikllariga qaraganda odatda ancha uzoq vaqt cho'zilib boradi. Birinchi agrar inqiroz XIX asrning 70-yillarida boshlanib, har xil shakllarda 90-yillar o'rtasigacha davom etgan edi. Birinchi jahon urushidan keyin, aholining xarid qobiliyati juda pasayib ketgan sharoitda, 1920-yil bahorida keskin agrar inqiroz boshlanib ketdi va ikkinchi jahon urushining boshlanishiga qadar davom etdi. Uchinchi agrar inqiroz 1948-yildan boshlanib, 80-yillargacha davom etdi. Agrar inqirozlarning cho'zilib ketishining asosiy sabablari quyi- dagilar: a) yerga xususiy mulk monopoliyasi sharoitida, u qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining rivojlanishida sanoatga nisbatan orqada qo- lishni taqozo etadi; b) yer rentasining mavjud boiishi va uning uzluk- siz sur'atda o'sib borishi. yer rentasining, awalo absolut rentaning ko'payishi qishloq xo'jalik mahsulotlarini qimmatJashtirib yuboradi, buning natijasida uni sotish qiyinlashadi; d) ko'plab mayda dehqon xo'jahklarining hiavjud boiishi. Mayda ishlab chiqaruvchilar xo'jalikni asosan o'zi va oilasi uchun zarur tirikchilik vositalarini topish maqsadida yuritadi. Inqiroz sharoitida ham ular ishlab chiqarishni qisqartira olmaydilar. Tirikchiliklarini o'tkazish va ijara haqini toiash uchun ishlab chiqarishni ilgarigi miqiyoslarda olib boraveradilar. Bu hoi qishloq xo'jalik mahsulotlarini ortiqcha ishlab chiqarishni yana ham ko'paytirib yuboradi.
Agrar inqirozlar siklli tavsifga ega bo'lmaydi. Qishloq xo'jalik mahsulotlarini ortiqcha ishlab chiqarish absolyut tavsifga emas, balki nisbiy tavsifga ega. Chunki inqiroz ro'y bergan mamlakatlarda million-million kishilar doimiy suratda ochlikda yashaydi.
Iqtisodiyotda muvozanatning buzilishini muntazam yoki aksincha tarzda yuz berishiga ko'ra davriy, oraliq, nomuntazam inqirozlarga ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |