Sh. Rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti



Download 13,63 Kb.
bet1/2
Sana16.07.2022
Hajmi13,63 Kb.
#810493
  1   2
Bog'liq
Hisobot(Mamasidikov Bahodir)


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SH.RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
O’ZBEKISTON-FINLANDIYA PEDAGOGIKA INSTITUTI

ANIQ VA TABIIY FANLARNI OʻQITISH (MATEMATIKA)


1-KURS MAGISTRANTI
Mamasidikov Bahodirning
IPI, ITI va MD bajarilish boʻyicha(1-semestr)
HISOBOTI
Ilmiy rahbar:katta o‘qituvchi Raximov.N.N.
Magistr: Mamasidikov B.

SAMARQAND 2022.



MUNDARIJA
1.Ilmiy pedagogik ish __________________________________________ 3
2.Ilmiy tadqiqot ishi ___________________________________________ 5
3.Magistrlik ishi ______________________________________________ 7
4.Chop qilingan ilmiy ishlar _____________________________________ 8

Ilmiy pedagogik ish
Mening ilmiy pedagogik ishim 2021-yil noyabrdan boshlab hozirgi kungacha davom etmoqda. Bu vaqt ichida men ilmiy pedagogik ish yuzasidan kelajakda o‘z kasbimga oid fanlardan dars berishning pedagogik usullarini, ta’lim tizimi, hamda unga oid me’yoriy hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish maqsadida ta’lim tizimiga oid hujjatlar, fakultet hujjatlari va kafedra me’yoriy hujatlari bilan tanishib chiqdim.
1. Ilmiy-pedagogik ishimni “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”ni o‘rganishdan boshladim.
Yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun” 2020 yil 23-sentabrda qabul qilindi. Bu qonun 75 moddadan iborat bo’lib, ta’limning magistratura bosqichi haqida qonunning 11-moddasida so’z yuritiladi.
Oliy ta’lim to‘g‘risidagi Nizom, Magistratura to‘g‘risidagi yangi Nizom, Universitet ustavi, Magistratura mutaxassisliklari davlat ta’lim standarti hamda Namunaviy o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan tanishib, ularni o‘rganib chiqdim.
2. Ilmiy pedagogik ishimning ikkinchi qismida men fakultet va dekanat faoliyatini o‘rgandim. Men fakultet va dekanat me’yoriy hujjatlari bilan to‘liq tanishdim va shuningdek, xonalarining tartib bilan jihozlanishini, me’yoriy xujjatlarning joylarini to‘g‘ri to’planganligini, dars jadvallarining chiqarish tartibini, guruh jurnallarining yuritilishini, reyting daftarlarining to‘ldirish jarayonini, talabalar haqida to‘liq ma’lumotlar, 1-kursga qabul qilingan talabalarning bilim darajasini, bitiruvchilarning har–biriga biriktirilgan ilmiy rahbarlarining ro‘yxati va me’yoriy xujjatlarning to‘g‘ri olib borilishini o‘rgandim.
3. Ilmiy pedagogik ishimni keyingi qismida kafedra faoliyati bilan tanishib chiqdim. Bunda men kafedra faoliyatini o‘rganishni eng avvalo kafedraning nizomi bilan tanishib chiqishdan boshladim. Nizom bo‘yicha kafedra tashkil etilishi uchun kamida 7 kishi bo‘lishi, ulardan bittasi professor unvoniga yoki fan doktori ilmiy darajasiga va ikkitasi dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lganda tashkil etilishi kerakligini bilib oldim.
Kafedraning faoliyati o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy, ilmiy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va ish jarayonlarini qamrab olgan istiqbolli va joriy ish rejalari asosida amalga oshirilishini, belgilangan ish rejalari va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa masalalarning bajarilishi, professor-o‘qituvchilar ishtirokida kafedra majlisida muhokama etilib, qaror qabul qilinishini o‘rgandim. Magistratura yo‘nalishida o‘tiladigan fanlar: 1-semestr davomidagi barcha fanlaridan o‘quv dasturlari qanday ishlab chiqilganini kafedra professor-o‘qituvchilari yordamida bilib oldim va ko‘nikma hosil qildim.Nizom bilan tanishish jarayonida yanada muhimroq quyidagi bandlar bilan tanishdim. Kafedraning asosiy maqsadi, kafedra mudirining vazifalari, kafedra mudirning huquqlari va kafedraning faoliyati kabi bandlar bilan tanishib chiqdim.
4. O‘qituvchilarning seminar va amaliy mashg‘ulotlarida qatnashib, o‘qituvchilardan dars o’tish usullarini o’rgandim, malaka oshirdim va kasbiy malaka va pedagogik ko‘nikmalarni oldim.
5. Kafedraning yillik va istiqbolli rejalari bilan tanshib chiqdim. Tanishish jarayonida yillik ish rejasini qachon tuzishni va unda ko‘zda tutilgan ishlarni vaqti-vaqtida joyiga qo‘yishni va bajarishni o‘rgandim. Tashkiliy ishlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, O‘quv va o‘quv-uslubiy ishlar, ilmiy ishlar, kafedraning viloyat akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan aloqalari bo‘yicha ishlaridan iborat ekanligini o‘rgandim.
6. Ilmiy tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy, o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha akademik litsey, kollej va maktablar bilan aloqalar o‘rnatilgan.
7. Bu vaqt mobaynida dars mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish, ilmiy ma’lumotlarni o‘zlashtirish, ta’lim–tarbiya jarayonlarini muvofiq holda olib borishga alohida e’tibor qaratdim. Dars o‘tish jarayoni uchun zaruriy talablarni bajarish ya’ni dars beruvchi pedagogning hujjatlarini to‘ldirishni o‘zlashtirishga erishdim. Pedagogning o‘quv kalendar reja, ishchi reja, dars ishlanmalari, baholash mezonlari, nazoatlar o‘tkazish grafiklari bilan ishlash yuzasidan ko‘nikmalarga ega bo‘ldim. Ayniqsa, mashg‘ulotlar o‘tish vaqtida yangi pedagogik texnologiyalar qo‘llanillishiga alohida e’tibor qaratdim. Kafedra o‘qituvchilarining dars mashg‘ulotlariga kirish jarayonida va ushbu o‘qituvchilardan qo‘shimcha ma'lumotlar so‘ragan holda yangi pedagogik texnologiyalarni, ular haqida to‘liq ma'lumotni va ularning qanday qo‘llanilishini o‘rganib oldim. Hozirda keng qo‘llanilayotgan pedagogik texnologiyalar bu: keys-texnologiyalari, muammoli ta'lim
Keys-texnologiyalari. Keys texnologiyalari matn, audioko‘rinishli va multimedia o‘quv –uslubiy materiallar to‘plami (keyslar)dan foydalanish va o‘quvchilarga mustaqil o‘rganishlari uchun o‘qituvchi-tyutor tomonidan doimiy maslahatlarni berishga asoslangan.
Muammoli ta'lim – bu mantiqiy fikrlash jarayoni (tahlil, umumlashtirish va boshqa shu kabilar) va o‘quvchilarning izlanishli faoliyati qonuniyatlarini (muammoli vaziyat, bilishga qiziqish) hisobga olib tuzilgan ta'lim va o‘qitishning ilgari ma'lum bo‘lgan usullarini qo‘llash qoidalarining yangi tizimidir. Muammoli ta'lim ko‘proq o‘quvchi fikrlash qobiliyatining rivojlanishini, uning umumiy rivojlanish va e'tiqodining shakllanishini ta'minlaydi.



Download 13,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish