Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti


respublikaning barcha hududlarida mavjud



Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/116
Sana28.10.2022
Hajmi2,07 Mb.
#857956
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   116
Bog'liq
4295-Текст статьи-10704-1-10-20220205

respublikaning barcha hududlarida mavjud 


41 
boʻlgan ishchi kuchiga talab va taklif oʻrtasidagi nomutanosiblik 
ishsizlikning asosiy sabablaridan hisoblanadi. 
Masalan, Samarqand viloyatida ishchi kuchiga talab uning 
taklifiga koʻra 2 marta kam va ishsizlik darajasi respublikaning oʻrtacha 
koʻrsatkichidan 1,8 marta katta (2-jadval). 
 
2-jadval
Samarqand viloyatida mehnat bozori va ishsizlikning holati, % 
 
Koʻrsatkichlar 
2019 y. 
2020-y. 
2019–2020-
yillardagi 
oʻzgarish 
jami 
Ishchi kuchi taklifi 
66.8 
+0,4 
67,2 
Ishchi kuchiga talab 
33,2 
-0,4 
32,8 
Ishchi kuchi taklifining talabdan 
oshib ketishi 
2,0 
+0,1 
2,1 
Ishsizlik darajasi 
4,6 
+0,2 
5,8 
 
Vujudga kelgan holat mehnat resurslari sonining ish joylari 
miqdoridan oshib ketishi, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida ishchi 
kuchiga ehtiyojning kamayishi, sanoat mehnatini qoʻllash mintaqa-
larini yaratishning sekinlashuvi va ishlab chiqarish hamda mehnatni 
tashkil qilishning ilg‘or uslublaridan samarali foydalanmaslik bilan 
izohlanadi. 
Avvalambor, texnik vositalardan samarasiz foydalanish va ishlab 
chiqarish hamda mehnatni tashkil qilishda ilg‘or usullarni sekinlik bilan 
tatbiq etish sababli qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida me’yordan 
yuqori jonli mehnat sarflanmoqda va xodimlarning mazkur tarmoqdan 
ozod boʻlishlari sekinlashmoqda. Tadqiqot ishlari koʻrsatadiki, uning 
hozirgi mavjud texnik jihozlanish darajasida ham kamroq sonli 
xodimlar bilan yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Ishchi 
kuchining ortiqcha qismidan ijtimoiy ishlab chiqarishning unga talab 
boʻlgan tarmoqlarida foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Mehnat haqi uning yakuniy natijalaridan uzilib qolishi va 
ishlovchilarning kasbiy bilimlari va ish joylarining unumli texnika bilan 
ta’minlanish darajasi pastligi nafaqat ASK korxonalari ishlab chiqarish 


42 
quvvatlaridan samarasiz foydalanishga, balki ichki va tashqi 
bozorlarning talablariga toʻliq mos kelmaydigan past sifatli tovarlarni 
ishlab chiqarishga ham olib keladi. Natijada koʻpgina qishloq 
mehnatkashlarining mehnati ijtimoiy tan olinmaydi (amalda mehnat 
haqi orqali tan olingan boʻlsa ham) va xalq xoʻjaligi nuqtayi nazaridan 
ularning bandligi iqtisodiy mazmunga ega boʻlmaydi. Mehnat natijasi 
ijtimoiy tan olingan bandlikni oqilona deb hisoblash mumkin. 
Mehnatga qobiliyatli pensionerlar, nogironlar, oʻquvchilar, koʻp 
bolali ayollar va aholining boshqa kategoriya (toifa)lari bandligini 
moddiy rag‘batlantirish boʻyicha mavjud imkoniyatlardan yetarli 
darajada foydalnilmaydi. Kvotalashtirilgan yangi ish joylarini yaratish 
va xususiy tadbirkorlarni rivojlantirish ularning bandligi va mehnat 
haqlarini ancha oshiradi.
Vakant (boʻsh) lavozimlar va ish joylari mavjudligi haqidagi 
ishonchli axborotlarning kamligi ish bilan band boʻlmagan aholini ishga 
joylashtirishni qiyinlashtiradi. Statistika idoralari faqat sanoat 
korxonalari va xizmat koʻrsatish obyektlaridagi ish joylarining miqdori 
va tuzilishi boʻyicha axborotlar toʻplash va ularni tahlil qilish bilan 
shug‘ullanadi. Ammo sinalgan metodika yoʻqligi tufayli qishloq 
xoʻjaligida ish joylarining soni haqidagi axborotlarni yig‘ish amalga 
oshirilmaydi. 
Bularning barchasi va mehnat bozorida munosabatlarni tartibga 
solishning samarali mexanizmi mavjud emasligi aholining oqilona 
bandligi shakllanishiga salbiy ta’sir koʻrsatadi. Mavjud mexanizm esa 
oqilona bandlik shakllanishining asosiy shart-sharoitlarini toʻliq 
hisobga olmaydi. 

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish