4
Oltinchi qism «Zamin va poydevorlar» konstruksiyalarini
hisoblash va loyihalashning nazariy va amaliy masalalarini o‘z
ichiga olgan bo‘lib, unda konstruksiyalarini loyihalash asoslari,
yuklar va ta’sirlar, konstruksiyalarini chegaraviy holatlar bo‘yicha
hisoblash usullari yoritilgan.
Mazkur darslik, “Qurilish konstruksiyalarni hisoblash asoslari”
fanini o‘rganishdan maqsad–bo‘lajak mutaxassis qurilish amaliyoti -
da metall, temirbeton, tosh-g‘isht, yog‘och konstruksiyalarining
qo‘llanilishiga doir bilimlarni egallashi, ularni hisoblash va
konstruksiyalashni o‘rganishi, turli xildagi konstruksiyalar, bino
va inshootlarning texnik holatini tekshirish va baholay olishi, yuk
ko‘taruvchi elementlarni zamonaviy va kelajakda uchraydigan
konstruktiv xillari bilan tanishtiradi va ulardagi hosil bo‘ladigan
kuchlanganlik holatini aniqlaydi. Elementlarda yuklar eng noqulay
birgalikda ta’sir etishligidan hosil bo‘ladigan hisobiy kuchni
aniqlashni va shunga mos samarali kesim yuzani tanlashni o‘rgatadi.
Nazariy mavzular yanada tushunarli bo‘lishi uchun darslikda
misol va masalalar yechishga keng o‘rin berilgan va shularga
tegishli bo‘lgan rasm, jadval va sxemalar keltirilgan.
Mazkur darslikning 2, 3, 4, 5, 6, 7 - boblari Q.A.Saydullayev,
11, 12, 13, 14 boblari Sh.R. Nizomov, so‘z boshi, kirish 1, 8, 9,
10-boblar S.A. Yusufxo‘jayevlar, 15,16,17,18,19,20,21-boblar esa
Sh.R. Nizomov va S.A. Yusufxo‘jayevlar tomonidan birgalikda
yozildi.
Darslikning sifatini yaxshilash yuzasidan bildiriladigan barcha
fikr -mulohazalar mualliflar tomonidag minnatdorchilik bilan qabul
qilinadi.
5
KIRISH
Qurilish sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil
etishni takomillashtirish va sifatini oshirish hozirgi kunda ta’lim
mazmunini tashkil qiladi. Chunki, ta’lim muassasasida olingan
ilm kelajakda mutaxassisning salohiyatini va jamiyatdagi o‘rnini
belgilaydi.
Mamlakatimizning ishlab chiqarishiga zamonaviy texnologiya-
larning kirib kelishi va ularning talablariga javob beradigan bino
va inshootlarni loyihalash talab etiladi. Buning uchun binokor
quruvchi kadrlar yetarli bilim saviyasiga ega bo‘lishlari lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-
yil 20-martdagi 80 - sonli “O‘rta maxsus, kasb - hunar ta’limi
muassasalari uchun darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini nashr etish
dasturi to‘g‘risidagi” qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida
Toshkent arxitektura-qurilish instituti “Qurilish konstruksiyalari”
kafedrasida shu soha bo‘yicha ko‘p yillik tajribalariga tayangan
holda “Qurilish konstruksiyalarni hisoblash asoslari” fanidan
darslik yaratildi.
Mazkur darslikning maqsadi o‘quvchiga qurilish konstruksiya-
larini hisoblash usullari va loyihalash asoslarini o‘rgatishdan iboratdir.
Bunda konstruksiyaning yuk ko‘tarish qobiliyatini aniqlash, yangi kon-
struktiv yechimlarni ishlab chiqishda, seysmik hududlarda binolar-
ning umrboqiyligini ta’minlash hamda konstruksiyalarning tashqi
omillarga bo‘lgan ta’siri o‘rganiladi.
Mustahkamlik, bikrlik hamda ko‘pga chidamlilik qurilish
konstruksiyalariga qo‘yiladigan asosiy talablardir. Binokor -
quruvchi konstruksiyaning shunday yechimini topishi kerakki, bunda
konstruksiya ham yuqoridagi talablarga javob bersin, ham tejamli
bo‘lsin. Bu esa masalani optimal loyihalash muammosiga olib keladi.
6
Darslikning metall konstruksiyalari qismida dotsent Q.A
Saydullayev. Yog‘och konstruksiyalari'' qismida dotsent S Tursunov
vaY. M. Mahkamov hamdazamin va poydevorlar'' qismida esa dotsent
S.S Sayfutdinov tomonidan qilingan ilmiy ishlar matinlaridan
foydalanildi.
Mualliflar darslikni tayyorlashda va matnni kompyuterga
kiritishda yordamlashgan assistent R.Q. Jumaniyozovga o‘zlarining
samimiy minnatdorchiliklarini bildiradilar.
Kitobda birliklarning Xalqaro tizimi (SI) dan hamda ST SEV
1565-79 ning va ISO 3898 raqamli “Belgilar va asosiy ramzlar”
Xalqaro standartlarning yangi tizimidan foydalanildi.
Darslik 3580303 – “Turar joy va jamoat binolaridan foydalanish
va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish inspektori” akademik litsey va kasb-
hunar kolleji o‘quvchilari hamda undan qurilish sohasi bo‘yicha
ta’lim olayotgan kollej o‘quvchilar ham foydalanishlari mumkin.