Sh. R. Ikramov, R. N. Abdullaev maxsus texnologiya (Donali trikotaj qismi) “ t afakku r b o ‘sto n i”



Download 7,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/171
Sana11.07.2022
Hajmi7,73 Mb.
#777499
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   171
Bog'liq
Maxsus texnologiya. Ikromov.Sh.R, Abdullaev R.N

Bir guruh halqalarni mahsulot
chetidan o'rtasiga ко ‘chirish.
Bu 
halqa ко‘chirish usuli koton mashi- 
nalarida qollaniladi. Bu usulda hal- 
qalami qo'shni halqalar ustiga ko‘- 
chirish natijasida ikki qavatli halqa- 
larda qalinlashgan mahsulot qirrasi
4.6-rasm.
Halqalarni guruhli 
ma’lum masofada joylashadi (1,5-2 
ko'chirishdagi qirraning tuzilishi. 
sm). Bu guruhdagi ko‘chiriladigan
halqalar soniga bog‘liqdir va ular 
mahsulot qismlarini birlashtirishda tikuv chokiga tushmaydi. 4.5
b,v-
rasmda chetda joylashgan guruh halqalari ushbu guruh halqalarini 
bir igna qadamiga siljitish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda har 
bir halqalarni ko‘chirishda trikotaj eni ikkala tomondan ikki halqa 
ustunchasiga qisqaradi.
4.6-rasmda ko‘rsatilganidek, halqalarni ko‘chirish hisobiga ikki qavat 
halqalar chapdan o‘nga tomon 7- va 8-halqa ustunchalarida hosil 
qilinadi. Ushbu halqalar qo'shni halqalardan osongina farqlanib, mah­
sulot chokining bo‘ylamasiga qisqartiruvchi belgilarni hosil qiladi.
M ahsulotda halqalarni ko‘chirib joylashishi bo‘yicha uch xil 
qisqartiruvchi belgilarni ajratish mumkin: hoshiya parallel joylashgan 
(4.7a-rasm), hoshiya parallel bo‘lmagan (4.76-rasm) va murakkab 
hoshiya gardishini hosil qilish (4.7v-rasm).
Mahsulot hoshiyasiga parallel bo‘lmagan qisqartirish (4.7Z»-rasm) 
belgilarni hosil qilishda qisqartirilayotgan halqalar har bir qisqartirishda 
bittaga kamayib boradi. Masalan, halqa qatori chetidan hisoblab 30 
halqadan tashkil topgan guruhdan boshlansa va qisqartirish ikki halqa 
qadamiga teng bo‘lsa, unda keyingi qisqarishda faqatgina 29 halqa 
qatnashadi, ular ham ikki halqa qadamiga ko‘chiriladi. Bunda har 
bir halqalarni ko‘chirishda qisqartirish taroqchalari bitta halqa qada­
miga qaytadi. Buning misolida 20 qisqarishdan so‘ng qisqartirilgan 
halqalar guruhi o ‘nta halqadan tashkil topadi va qisqartirish belgilari 
mahsulot hoshiyasi chizig'iga burchak ostida joylashadi. Murakkab 
qisqartirish belgalari (4.7v-rasm) ilgarigilardan shu bilan farqlanadiki, 
ikki biri-biriga parallel bo‘lgan, biroq mahsulot chetiga parallel bo‘l-
106


а
b
V'
4.7-rasm. Mahsulotda qisqartirish belgilarining joylashish sxemasi.
magan holda joylashadi. Ularni hosil qilishda qisqartirish taroqchalari 
ikki tashqi va ichki qismga bo‘linadi. Halqa ko‘chirish taroqchalarni 
tashqi va ichki qismlari bir-biridan igna qadamiga ajralgan holda 
halqa ko'chirish jarayonida bir vaqtda ishtirok etadi. Biroq halqa 
ko'chirish taroqchalarining tashqi qismi halqa ko'chirishda ikki igna 
qadamiga siljiydi, ichki qismi esa faqatgina bitta igna qadamiga siljiydi. 
Halqa ko'chirishdan so'ng taroqchaning tashqi qismi orqaga qaytadi, 
ya’ni mahsulot cheti tom on bir igna qadamiga suriladi. Shunda 
taroqchaning tashqi va ichki qismi orasida bir igna qadamiga teng 
oraliq hosil bo'ladi. Shunday qilib murakkab shakldagi qisqarishlar 
taroqchaning tashqi qismi ishlashida qisqarishning mahsulot chetini 
qaytish bilan hosil qilinadi, ichki qismi esa orqaga qaytmasdan 
bajaradi. Murakkab qisqarish belgilarida mahsulot yuzasining yassi 
yuzadan hajmli yuzaga bir maromda (tekis) o'tishga erishiladi. Ular 
paypoq uchini yopiq shaklda hosil qilishda ishlatiladi.

Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish