Sh. R. Ikramov, R. N. Abdullaev maxsus texnologiya (Donali trikotaj qismi) “ t afakku r b o ‘sto n i”



Download 7,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/171
Sana11.07.2022
Hajmi7,73 Mb.
#777499
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   171
Bog'liq
Maxsus texnologiya. Ikromov.Sh.R, Abdullaev R.N

а
b
6.1-rasm. Paypoqning uch qismini burab yoki iplar bilan o ‘rab hosil qilish
usuli sxemasi.
(ignalar igna oralab uch qismini to'qishda qatnashmaydi). Mahsulot 
chetini ishlay boshlashda birinchi halqa qatori ipi 
1
(6.1c-rasm) har 
to'rtinchi ignaga qo‘yiladi.
Ikkinchi halqa qatorini hosil qilishda har ikkinchi inga ishga tushi­
rilib, ularga yangi ip joylashtiriladi. Shunday qilib, m a’lum usul b o '­
yicha mahsulotni boshlang‘ich qatorlari ishlay boshlanadi, biroq uch 
qismini to'qish uchun ignadondagi ignalaming yarmisi ishga tushiriladi 
(igna oralab). Bu esa mashina sinfxni ikki marotabaga qisqartiradi. 
Uchinchi halqa qatorini to'qishda ip ignadon ignalariga igna oralab 
va disk bort ilgaklariga qo'yiladi. Ilgaklardagi ip uch qismini to'qib 
bo'lgunga qadar tutib turiladi (2, 3, 4-qismlar). U ch qismining o'rta 
bo'lagida (3-qism) asosiy ip ingichkaroq ipga almashtiriladi, masalan. 
3,3 teksli ip o'rniga 1,67 teksli ip kiritiladi. Bu ipdan 60-80 ta halqa 
qatori hosil qilinadi, so'ng yana asosiy ipga almashtiriladi. Ushbu 
almashtirishning asosiy maqsadi uch qismining buralish qismining 
qalinlashishini qisqartirishdir. Ignadonning 4 marotaba aylanishida 
uchinchi qator halqalarini diskning bort ilgaklaridan (4-qism) ignalariga 
ko'chirishdan aw al avtomatning barcha ignalari (400) ishga tushiriladi.
196


Natijada aylana shaklidagi mustahkamlash hoshiyasi hosil qilinadi. 
Bunda teksturlangan kapron ipidan foydalaniladi. Halqalarni disk 
ilgaklaridan ignaga ko'chirishdan aw al disk ilgaklari aylanishdan 
to'xtaydi, ignadon esa bir aylanishda davom etadi. Bunda halqalar 
«а», 
«Ь»
va «v» lar (6.16-rasm) ignadon ignalarida hamda disk ilgak- 
larida osilib turgan «о1», 
«Ь]».
«v1» halqalarga nisbatan 360°burchakka 
buralib siljiydilar (6.1 A-rasm). Ayrim avtomatlarda bu siljish 240° 
burchakni tashkil etadi. Halqalarni ilgaklardan ignalarga ko'chirishda, 
paypoqning uch qismi yuqorisida buralib qoladi. Keyinchalik chiziq
5 (6.1a-rasm) so‘tilib ketishi oldi olinib, bir nechta halqa qatorlari 
(mustahkamlovchi qator) elastik ipdan to ‘qiladi. Natijada paypoqning 
uch qismi yopiq shaklda hosil bo'ladi. Shundan so‘ng avtomatda 
keyingi paypoq mahsulotining bort qismini to'qish boshlanadi.
Bu usulda yopilgan paypoqning uch qismi ikki qatlamda shakl­
lanadi. Ushbu usul mahsulotni avtomat tezligini pasaytirmasdan to'qish 
imkonini beradi. Bu esa avtomatning mahsulot ishlab chiqarish sama- 
radorligining ortishini ta ’minlaydi. Uch qismini iplar bilan burab 
yopish usuli ham keng tarqalgan usullardan hisoblanadi (6.1v-rasm). 
Bu usul ayollaming yupqa paypoq va kolgotkalarini to'qishda qo'l- 
laniladi. Mahsulotning uch qismini to'qish, odatdagidek avtomat 
ignalarning umumiy soni yarmisida to'qila boshlanadi. Toq ignalar 
ignadon zulfi ostidan o'tadi va ip olmaydi (yarim ignalar sonida), 
juft ignalarda naysimon (trubka) o'rilish hosii qilinadi. Ushbu naysimon 
trubkaning o'rilish uzunligi ignadon diametri uzunligiga teng kelma- 
gunga qadar to'qiladi. Naysimon o'rilishning o'rta qismini iloji boricha 
ingichka ipdan to'qilgani m a’qul. Uch qismini to'qish tugallangunga 
qadar, 20-30 halqa qatorlaridan so'ng paypoqning uch qismi ip bilan 
burab o'raladi. Buning uchun barcha halqa hosil qilish tizimlari ishdan 
o'chirilib (igna zulflari), halqa hosil qilish jarayoni to'xtatiladi. Ilgak 
ostidagi ignalar halqalari tovonchalari bilan, igna zulflarining ishchi 
yo'laklariga kirmaydi. Ip uzatgichlar barcha halqa hosil qilish tizim- 
larida ishdan o'chiriladi, biroq diametr bo'yicha qarama-qarshi joylash­
gan ip uzatgichlar ishchi holatda bo'ladi, lekin ular ignadon ignalarga
197


ip qo‘ymaydi, chunki ignalar ularni pastlab o ‘tadi. Doira ilgaklari 
uchinchi qator halqalari bilan biroz ko‘tariladi, ignadon esa ushbu 
vaqt ichida to ‘rtinchi aylanishida davom etadi. Ikkita ip uzatgichdan 
yo‘naltirilayotgan iplar 6.1 v-rasmda ko'rsatilgandek, uch qismini o ‘rab 
oladi. Bunda ipning uchi doira ignadon ilgaklari bilan tutib turiladi, 
ikkinchi qismi esa mashina ignalarida joylashgan bo'ladi. Paypoqning 
naysimon qismi ipni tarang qilib tortishi natijasida paypoq ipi nay 
markaziga tortilib, uning sakkiz marotaba burilishi bilan tugallanadi. 
Doira o ‘zining ilgarigi holatini egallagandan so‘ng (pastga tushganda) 
barcha halqa hosil qilish tizimlari ishga tushirilib, ignalarda to'qish 
jarayoni boshlanadi. Natijada ignadonning yarim ignalarida paypoq 
uchining ikkinchi yarimini 20-30 halqa qatorini to'qish bilan davom 
ettiriladi. So‘ng ignadondagi barcha ignalar ishga tushirilib, doira 
ilgaklaridan halqalami ignalarga ko'chirish jarayoni bajariladi. So‘ng 
so‘tilmaydigan halqa qatorlarini to'qish bilan paypoqning uch qismini 
yopiq shaklda hosil qilish jarayoni tugatiladi. Bu jarayonda elastik ip 
qo‘llanib, halqalami so‘tilib ketmasligi ta ’minlanadi. Paypoqning uch 
qismini yopiq qilib, iplar bilan burab, to'qish usuliga qo'shimcha 5 
soniya sarflanadi. Bu usulda paypoqning uch qismini burab hosil 
qilish jarayonidagi qalinlashish unchalik katta bo'lmaydi, shu bilan 
birga avtomatning ish unumdorligi qisqarmaydi.
Paypoqning uch qismini ignalarni birin-ketin ishga tushirish yo‘li 
bilan ham yopish mumkin (6.2-rasm). Paypoqni to'qish jarayoni 
ignadonning bir tomonlama aylanishida uch qismini to ‘qish bilan 
boshlanadi. Uch qismini konus shaklida ishlab chiqarish uchun, awal 
bir nechta ignalar soni ishga tushiraladi, keyinchalik halqa qatorlari 
navbatma-navbat boshqa ignalarni ishga tushirish bilan ortib boradi. 
Paypoqning konussimon uch qismini to'qish jarayoni ignadondagi 
aw al o‘chirilgan barcha ignalaming ishga tushirilishi bilan yakunlanadi. 
Ushbu usulda ishlaydigan paypoq to'quv avtomatlari ignalarini yakka 
tartibda tanlab oladigan (jakkard mexanizmi), maxsus birinchi halqa 
qatori ipini ilib (ushlab), ip tortkich yordamida ushbu ipni tortib 
olib, uch qismining cho‘qqisidagi teshikni yopa oladigan mexanizmlar
198


6.2-rasm. Ignalar sonini o‘zgartirib to ‘qiladigan yopiq uch qismining
tuzilishi.
bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Uch qismini yopib to'qish usuh 
quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
Uch qismini to'qishdan aw al ipni ilib oluvchi ilgak 

Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish