123
Elektron darsliklardan oʻquv jarayonida keng foydalanishning asosiy
muammosi - bu kompyuter ekranidan katta xajmdagi axborotlarni oʻqishdir.
Ushbu muammoni hal qilish uchun elektron darsliklarni matn va ovozli shaklda
taqdim etish mumkin. Bu ikki usul bitta oʻquv materialini turli shaklda taqdim
etishi bilan farqlanadi, xolos. Elektron darslikning matn uslubida oʻquv materiali
gipermatn koʻrinishida taqdim etilib, unda grafik, chizma, diagramma,
fotografiya, animatsiya va video qoʻllaniladi.Elektron darslik materiali talabaga
diktor ovozi bilan yetkazilib, slayd-shou koʻrinishdagi material bilan birga
beriladi. Audio va video axborotlarning oʻzaro birgalikda qoʻllanishi oʻqitish
samaradorligini keskin yuksaltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: