esa jonli va hayotiy obrazdir.
Tadqiqotchilar Shekspiming pyesalari sonini 37 ta deb ko'rsatadilar
va uch davrga bo‘lib o ‘rganishni ma’qul ko‘radilar.
1 5 9 0 -1 6 0 0 - yillar. Bu davr yosh dramaturgning hayotga va
kelajakka ishonchi barq urib turgan davri. Ko‘plab komediyalari va
«Romeo va Juletta» tragediyasi aynan ana shu davrda yozilgan.
1601-1608- yillar. Bu bosqichda, asosan, uning tragediyalari
yaratilgan. Shekspir oilasida ro‘y bergan fojialar hamda ingliz xalqining
qashshoqlashuvi dramaturg ijodida iz qoldirmay ketmagan. «Gamlet»,
«Otello», «Qirol Lir», «Makbet» tragediyalari uning qalbidagi ruhiy
jarayonlar silsilasi mahsulidir. Hatto shu davrda yozilgan komediyala-
rida ham dramatik ruh ustuvorlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |