ilgari suradilar.
Ikkinchi turkum tadqiqotchilar esa, uslubdagi yagonalikni sezgan
holda, muallif kiborlarjamiyatidan bo'lgan, degan mulohazani o ‘rtaga
tashlaganlar. XVI asr sharoitida shunday bo‘lishi ham mumkin edi,
chunki kiborlarning sahna uchun asar yozishlari juda past ketish,
ulaming sha’nlariga noloyiq hisoblanardi. Shu sababli Shekspir nomi
ostiga biror obroMi kibor yashirmgan bo‘lishi ehtimol.
Shu tariqa Shekspir pyesalari goh ingliz faylasufi Frensis Bekon,
goh graflar Retlend, Derbi, Osfordlar ijodi, deb taxmin qilingan.
Amerikalik Deliya Bekon 1857- yilda «Shekspir falsafasiga izoh»
asarida Shekspir va faylasuf Bekon qarashlaridagi yaqinlikni isbotlagan.
Biroq xulosa munozarali edi, olima fikricha, go‘yo Shekspir asarlarini
Do'stlaringiz bilan baham: |