Biroq barcha qadimiy adabiyotlarga antik atamasi qo'llanilmaydi. Bu
nom ostida faqat qadim Yunoniston va Rim adabiyoti tushuniladi.
Buning sababi shundaki, Yunoniston va Rim madaniyat, san’at hamda
adabiyotning qadim beshigi hisoblanadi. Antik adabiyotning tug'ilish
joyi Yunoniston bo‘lsa-da (miloddan oldingi VII—VI asrlar), III asrda
Rim madaniyatming barpo etilishiga ham katta ta’sir ko'rsatgan. Bu
madaniyat milodiy V—VI asrlarga qadar davom etgan. Antik davr
madaniyatning chinakam gullab-yashnagan pallasi bo'ldi. Qadimgi
Yunoniston va Rimda yaratilgan me’morchilik, san’at va adabiyot
namunalari o ‘zining mukammalligi, yuksak darajada mahorat bilan
yaratilganligi, inson tafakkuri tomonidan qilingan ulkan kashfiyotlari
Do'stlaringiz bilan baham: |