ruhidagi she’rlar tushunilgan, bu janr Rim adabiyotida Yuvenal ijodida
yuksaklikka ko‘tarilgan. Idilliya sevishgan cho'pon yigit va cho'pon
qiz hayotidan lavha aks ettiruvchi asar bo'lib, uni ilk marotaba yunon
shoiri Feokrit boshlab bergan, Vergiliy ushbu janrda yozilgan
«Bukoliklar» («Chpon qo'shiqlari») asari bilan shuhrat qozongan.
Antik adabiyotda nasriy asarlar ham mavjud bo‘lgan, biroq
hozirgisidan farqli o ‘laroq uncha mashhur bo'lmagan, ular oddiy
kitobxon uchun vaqt o'tkazish vositasi sanalgan. Antik nasrning
bizgacha yetib kelgan eng yaxshi namunalari Longning nasrdagi
idilliyalarni yodga soluvchi «Dafnis va Xloya» romani, shuningdek,
Rim nosirlari Petroniyning «Satirikon» va Apuleyning «Metamar-
Do'stlaringiz bilan baham: |