obraziga murojaat etiladi, ayni paytda avantyuristik o'rinlar, jinoyat,
sirlilik kabi unsurlarning qo‘llanishi romantik metodda yaratilgan
asarlami yodga soladi.
XIX asrda realizm yangi bosqichini boshladi. Flober, Mopassan,
rus adabiyotida Lev Tolstoy, A.P.Chexov kabi yozuvchilar ijodda
renessans va m a’rifatchilik realizmidan farqlanuvchi xususiyatlarini
namoyon qildilar. Fransuz adibi Flobeming «Bovari xonim» romanida
realizm an’analaridan keskin uzilish seziladi, bu asar realizmga xos
hayot haqiqatiga sodiqlikni yaqqol namoyon qiladi. Endi insonning
ijtimoiy hayot bilan munosabati, uning taqdiriga ijtimoiy muhit,
tartibotlar ta’siri diqqat markaziga ko‘chadi. Ayni paytda inson ruhiyati,
qalbi tahliliga alohida e ’tibor beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |