1822- yilda «Boqchasaroy fontani» nomli uchinchi doston e ’lon
qilinadi. Xarakterlarning o ‘ta favquloddaligi, qahramonlar xatti-
harakatlaridagi sirlilik, sujetning kutilmaganligi dostondagi romantik
nihni kuchaytiradi. Kavkaz, Qrim taassurotlari ostida yozilgan bu asar
kitobxon tomonidan katta quvonch bilan qarshi olinadi. Shundan
so'ng Pushkin ma’lum muddat Odessada xizmat qiladi va 1823- yili
«Lo'lilar» asari ustida ish boshlaydi Besarabiyada bo'lganida yaqindan
tanishgan lo'lilar hayotidan olib yozilgan bu asarini 1824- yili
Mixaylovskoye qishlog'ida tugatadi. Doston qahramoni Aleko kiborlar
jamiyatidan, shaharning bo'g'iq muhitidan bezgan, uni lo'lilarning
erkin hayot taizi maftun qiladi. Biroq ana shu jamiyat tarbiyalagan
Do'stlaringiz bilan baham: |