Boqchasaroyda bo'ladi, undan Kishinyovga o'tadi, keyin Kiyevda
yashaydi, u yerdan yana Kishinyovga qaytgach bir necha yil oldin
boshlagan «Kavkaz asiri» dostonini yozib tugatadi. D oston rus
adabiyotidagi ushbu janrda yaratilgan birinchi romantik yo'nalishga
mansub asar edi. Unda ingliz shoiri Bayronning ta’siri seziladi. Shoir
o ‘z oldiga «XIX asr yoshlari uchun xos bo'lgan hayot va uning
lazzatlariga nisbatan befarqlik, inson qalbining bevaqt qarishi»ni
ko'rsatishni maqsad qilib qo'yadi. Doston Pushkinga katta shuhrat
keltiradi, ayni paytda bu asar badiiy jihatdan ham yangi xususiyatlarini
namoyon qiladi, rus adabiyotiga inson ruhiyatini murakkabliklari va
ziddiyatlari bilan ko'rsatish tamoyilini olib kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |