8.2 Detal birikmalari klassifikatsiyasi.
Mashinasozlik detallarining bir necha xil birikmalari mavjud. Mashinalarda
35-40% birikmalarni val vtulka, 15-20% ni tekis, 15-25% ni rezbali, 6-7% ni
konusli, 2-3% ni sferik yuzalar tashkil qiladi. Bu birikmalar har xil konstruktiv,
texnologik va iqtisodiy faktorlarga bog’liq bo’lib nisbiy harakatlanish darajasi,
qismlarga ajratish mumkinligi, yig’ish texnologikligi, detallarni tutashuv yuzalari
aloqalari, yig’ish sarf harajatlari va boshqalar asosida harakterlanadi.
Detallar konstruksiyaga va ularni ishlash sharoitiga qarab ayrim
traektoriyalar bo’yicha harakatlanishi mumkin. Qo’zg’almas birikma detallari
ishchi holatda harakatlana olmaydi.
Qo’zg’aluvchan va qo’zg’almas birikmalar o’zlarining qismlarga ajratish
mumkinligi bilan erkin ajraluvchan va ajralmas bo’ladi.
Mashina va mexanizm birikmalarining 65–85% erkin ajraluvchan birikmalar
tashkil qiladi. Lekin bir narsaga e’tiborni qaratish kerakki bunga butunlay o’z
holatini o’zgartirmay ajraladigan birikmalar kiradi. Qolganlari ajralmas birikmalar
turkumiga kiradi. Bu birikmalarni ham qismlarga ajratish mumkin. Lekin ajralish
196
davrida birikma detallarining biri o’z hususiyatini yo’qotadi yoki qo’shimcha
jarayon bajarishga to’g’ri keladi.
Bundan tashqari birikmalarni qo’zg’almas qismlarga ajratish mumkin
(misol, rezbali, ariqchali va konusli); qismlarga ajralmaydigan qo’zg’almas (misol,
parchinli, bosib o’rnatilgan birikma yoki yumaloqlab), qismlarga ajraluvchi
qo’zg’aluvchan (misol, val sirpanish podshipniki, plunjer vtulka, g’ildirak tishi,
karetka stanina) qismlarga ajralmaydigan qo’zg’aluvchan (ayrim g’ildirash
podshipniklari, berkitish klapanlari).
Bu detal birikmalari klassifikatsiyasi o’zining oddiyligi bilan ajralib turadi.
Lekin uni ham o’ziga yarasha kamchiligi mavjud. Misol uchun har bir guruhga
texnologik harakteristikasi va yig’ish usuli har xil bo’lgan ko’p birikmalar kiradi.
Klassifikatsiya bo’yicha olib borilgan ayrim izlanishlarda detallarning
deformatsiya holatlarini (elastik va plastik deformatsiya) molekula kuchlari
(ilashish, adgeziya) yig’ilayotgan detallar formasi, birikma yig’ilayotganda hosil
bo’ladigan kuchlarni hisobga olish tavsiya etadilar.
Boshqa guruh olimlar mashina detallarini yig’ish jarayonini besh sinfga
bo’lish kerakligini aytib o’tadilar. Bu sinflar: mexaniq yig’ish, payvandlash va
kavsharlash, kleylash, magnitli va kombinatsiyalashgan yoki biriktirish asosida
rezbali, kavsharli, payvandli, armaturali va bosim ostida olish.
Boshqa turdagi klassifikatsiyaga asosan birikmalar detal yuzalarining
tutashuv nuqtasi asosida, ya’ni yig’ish jarayonidagi birikmalar sifati, uzoq ishlash
muddati, yeyilishga chidamliligi detallarning to’g’ri va aniq tushuviga bog’liq. Bu
tutashuvlar podshipnikli birikmalarda, tishli uzatma, rezbali birikma va x.k.
bo’lishi mumkin.
Mahsulotlarni avtomatlashtirilgan holda yig’ish uskunalari:
Biriktirilayotgan detallar holatini nazorat qurilmalarisiz moslovchi mexanizmlar;
O’qlardagi tafovutlardan foydalangan holdagi mexanizmlar;
Kiruvchi charxlangan qirralardan foydalangan holdagi mexanizmlar;
Qarshi harakatlanuvchi ishqalanish kuchining kamayish ta’siridan foydalangan
holdagi mexanizmlar;
197
Yo’naltiruvchi elementlardan foydalangan holdagi mexanizmlar;
Mashina detallarining yig’ish turlari
Texnologiya asosida yig’ish turlari.
Tutashuv nuqtasi asosida yig’ish turlari
198
8.1-rasm. Markazlab mo’ljallovchi mexanizm sxemasi.
Tiqin va valning o’z o’qlari nomutanosibliklarida nisbiy joylashishi:
Do'stlaringiz bilan baham: |