209
bo’lgani yaxshi. Bu o’z navbatida mashina va mexanizmlarni uzellarini birin ketin
almashtirishni taqozo etadi.
8.7-rasm. Markazlovchi muljalovchi mexanizm sxemasi.
Yig’ish jarayonlarini aniq qiyinchiliksiz bajarish uchun bazalashtirish
hususiyati muhim ro’l o’ynaydi.
Masalani konstruktiv yechimini qo’pincha egiluvchanlik kuchi, ishqalanish
va gidravlik bosimlarga tayangan holda tanladi.
Bu yerda shu narsaga e’tibor berish kerakki yig’ish jarayonida hosil
bo’ladigan kuch birikma detallarining deformatsiyalanishiga ham sabab bo’lishi
mumkin.
Umuman, hosil bo’ladigan deformatsiyalar
shartli ravishda foydali, sun’iy
(misol uchun teshik og’zini yumaloqlash, rezbali birikmalarni tortish va boshqalar)
va zararli (bosim ostida o’rnatishda detal formalarini shakli bo’zi lishi, noto’g’ri
bazalashtirish natijasida to’g’ri chiziqdan chiqib ketishi va boshqalar) bo’lishi
mumkin.
Mashina va mexanizmlarning bikirlik darajasi katta ahamiyatga ega.
Masalan, metall qirqish dastgohlarining bikrligi asosiy faktorlardan hisoblanib
ishlov beriladigan detalning aniqligiga, tozaligiga hamda uning unumdorligiga
ta’sir qiladi.
Mashinalarning bikrligi asosan undagi detallarning aniq yig’ilishiga
bog’liq.
210
8.10-rasm. Kiruvchi faskalarning har-xil turdagi ko’rinishlari.
Mashina elementlarini chiziqli (kgs/mm)
va buralma
j
(kgs.m/grad)
bikrligi quyidagicha aniqlanadi:
M
j
p
j
;
(8.26)
Bu erda:
R
-bikrlikni aniqlash yo’nalishidagi eng katta yuklama;
Δ -mashina elementlarini keltirilgan egiluvchanlik harakati, mm;
M- mashina elementlariga ta’sir etuvchi eng katta buralish momenti, kgs.m;
φ -burilish momenti yo’nalishi bo’yicha mashina elementlarini burchakli
egiluvchanlik harakati.
Mashinalarni bikrlik darajasini saqlab turadigan faktorlardan biri yig’ma
birikmalarni mustaxkam qilib tortishdir, ya’ni yaxshi qotirishdan iborat.
Masalan, jadvalda shpindelni bikrligiga podshipniki qanday o’rnatib
qatirilgani keltirilgan.
8.2-jadval
SHpindel
podshipniklarini
tortib o’rnatish
SHpindelni ko’ndalang
birligi, kgs/mm.
Ishqalanish momenti.
+
j
-
j
harakatda
Tinch
turganda
Bo’sh bo’lganda
O’rtacha bo’lganda
21,800
22,700
5,4
6
27,800
25,900
8
13
Mashina detallarni yig’ishda ularni elastiklik darajasi hisobga olinmaydi.
Lekin, biz yuqorida ta’kidlaganimizdek mashinani ishlash davrida uning detallari
deformatsiyalanadi.
211
Konstruksiyada bu holat oldindan hisobga olingan holda mashinani o’z
hizmat vazifasini bajarishiga to’sqinlik qilmasligi darkor. Ammo, ayrim
parametrlarni loyihalash davrida aniq bilmay qolishimiz mumkin. Bu o’z navbatida
mashinaning o’z hizmat doirasidagi xaqiqiy aniqligini aniqlashni taqozo etadi.
Aylanma (quvurli) oqim yig’ish uchun barcha sharoitni yaratadi – izlanish
harakati (D-d=∆ zazor (tirqish) hisobiga va aylantirish momenti) ga bog’liq. Vint
trubka yo’naltirish yo’li bo’yicha tepadan beriladi, trubka profili vint boshiga mos
keladi (olti burchak va boshqalar).
Bundan ko’rinib turibdiki u 1 soat davomida stabil ta’minlanadi. Ish
siklining davomiyligi T o’z ichiga gayka va vintni uzatish vaqti hamda yig’ilgan
birlikni chiqarib yuborish vaqtlarini oladi. Ushbu qiymatlar ham eksperiment yo’li
bilan aniqlanadi. Loyiha oldi bosqichdayoq
T kutilgan qiymatni, ruxsat etilgan
qiymat T
max
taqqoslash yo’li bilan avtomatlashtirishni maqsadga muvofiqligini
aniqlash mumkin. SHunga o’xshash ishlarni maketli jarayonda ham bajarish
mumkin, faqat ish siklini davomiyligi xaqiqiy kattaligi bo’ladi, uni esa turli aniqlik
darajasi bilan o’lchanadi va shunisi bilan farqlanadi.
Parchinni baza detaliga yig’ish jarayon ancha murakkab hisoblanadi.
Ayniqsa samoliyotsozlikdagi birikmalarni 50% dan ortig’ini
parchinlash
texnologiyasi egallaydi. Ko’p xollarda bu texnologik jarayon qo’l kuchi yordami
bilan bajarilib kelinmoqda, ya’ni parchin qo’lda baza detaliga o’rnatilib keyin
mexanizm yordamida maxkamlanadi.
Parchinni baza detaliga nisbatan uzatib berish, orientasiya qilish, o’rnatish
masalalarini avtomatlashtirish darajasi ancha past.
Ayniqsa bu muammo texnologik jarayon gorizontal
holatda bajarilishi
lozim bo’lgan holatda o’zi yaqqol namoyon bo’ladi. Birinchidan, parchinni to’g’ri
orientasiya qilib uzatish lozim. Ikkinchidan, puanson yordamida uni baza detaliga
maxkamlash kerak. Bu jarayonni bajarishni murakkabligi shundan iboratki,
parchinni o’z og’irligini ham hisobga olishga to’g’ri keladi. Vertikal holatda
bo’lganda parchin og’irligi yig’ish jarayoniga yordam berar edi. Lekin bizni
holatda buni aksi.
212
Parchinni oldindan biror-bir mexanizm yordamida
ushlab baza detaliga
o’rnatish mumkin.
Lekin bu usul o’zining unumdorligi va ishonchlilik darajasi pastligi bilan
yaxshi natija bermadi. Bundan tashqari parchinni texnologik jarayonni bajarishga
mo’ljallangan uskuna ichida tiqilib qolish ehtimoli ancha yuqori.
SHuning uchun biz misol tariqasida yangi bir usul asosida yaratilgan
parchinlash texnologiyasini bajaradigan qurilmani ko’rib chiqamiz.
Bu qurilma
aylana xavo hosil qiladigan pnevmokallakdan iborat bo’lib u truba 2 orqali
patrubka 3 bilan bog’langan. Baza detali 4 moslama 5 ga o’rnatilgan bo’ladi.
Bir kanal (trubka 3) parchinni uzatish uchun, ikkinchi kanal (vtulka 8) esa
puanson sterjenini o’tishi uchun hizmat qiladi. Baza detali bilan patrubka
o’rtasidagi oraliq masofa kerakligiga o’zgartirib turish mumkin.
8.11-rasm. Parchinni baza detaliga yig’ish sxemasi.
O’rnatiluvchi patrubka 3 da 2 ta kanal mavjud bo’lib chiqishda ular o’zaro
birlashadilar.
Uskunani ishlash prinspi quyidagicha:
213
Orientasiya qilingan parchin pitateldan kamera ichida aylanma xavo ta’sirida hosil
bo’ladigan ejeksiya hisobga pnevmokallakgni teshiklari tomon surilib harakat
qiladi. Tashqaridan chiqayotgan aylanma xavo ta’sirida
parchin aylanma
ilgarlanma harakatlanadi. Bu harakatlar yig’indisi asosida parchin baza detali
tomon axtaruvchi harakat sodir qilib baza detaliga o’rnatiladi.
8.12-rasm. Avtomatlashtirilgan uskunani prinspial sxemasi.
Do'stlaringiz bilan baham: