Sh.mirziyoyevning 2021 yilda BMT Bosh Assambleyasi soʻzlagan nutqi
Reja:
Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi 76-sessiyasida nutq so‘zladi
Davlat rahbari xalqaro hamjamiyatga mintaqa va global kun tartibidagi dolzarb masalalar
Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 sentabrda BMT Bosh Assambleyasi 76-sessiyasi umumiy munozaralarining birinchi kunida videomurojaat bilan so‘zga chiqdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi 76-sessiyasida nutq so‘zladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi 76-sessiyasi umumiy munozaralarining birinchi kunida videomurojaat bilan so‘zga chiqdi. Davlat rahbari xalqaro hamjamiyatga mintaqa va global kun tartibidagi dolzarb masalalar, BMTning zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi birgalikda chora ko‘rishdagi roli yuzasidan o‘z nuqtai nazarini taqdim etdi hamda qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.
Кириллчада22 sentabr 2021, 08:24 Iqtisodiyot Jamiyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 sentabrda BMT Bosh Assambleyasi 76-sessiyasi umumiy munozaralarining birinchi kunida videomurojaat bilan so‘zga chiqdi.
Davlat rahbari xalqaro hamjamiyatga mintaqa va global kun tartibidagi dolzarb masalalar, BMTning zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi birgalikda chora ko‘rishdagi roli yuzasidan o‘z nuqtai nazarini taqdim etdi hamda qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.
Davlat rahbari so‘zi avvalida COVID-19 pandemiyasiga to‘xtalib, pandemiya va uning ijtimoiy-iqtisodiy hamda ma’naviy-siyosiy oqibatlari O‘zbekiston hukumatining diqqat markazida ekanligini ma’lum qildi.
"Gazeta.uz"da reklama
O‘zbekiston BMTning «hech kimni e’tiborsiz qoldirmaslik, hamma uchun va barcha joyda» tamoyili asosida vaksinalardan teng va adolatli foydalanish imkoniyatini yaratishga doir yondashuvini to‘liq ma’qullashini qayd etdi. Shuningdek, COVAX global platformasi doirasida ko‘rsatilayotgan amaliy yordam uchun minnatdorchilik izhor etdi.
«Pandemiyalarga qarshi samarali kurashda, vaksinatsiya natijalarini xalqaro miqyosda tan olish jarayonlarida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining muvofiqlashtiruvchi rolini yanada kuchaytirish tarafdorimiz, — dedi Shavkat Mirziyoyev. — O‘zbekiston Respublikasining tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va Bosh Assambleyaning rasmiy hujjati sifatida tarqatilgan Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi Kodeks bizning bu boradagi amaliy hissamizdir».
Prezident, o‘z navbatida, Yangi O‘zbekiston strategiyasiga ham to‘xtalib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, strategiyaning bosh g‘oyasi fuqarolik jamiyati institutlari rolini kuchaytirish, inson huquqlarini himoya qilish, kambag‘allikni kamaytirish, har bir kishini kafolatli daromad manbai bilan ta’minlash hamda barqaror ekologik rivojlanishga erishishdan iborat.
«Asosiy maqsadimiz — 2030 yilga borib, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar miqdori bo‘yicha „daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar“ qatoriga kirishdir», — deya ta’kidladi davlat rahbari.
Shu o‘rinda, Shavkat Mirziyoyev pandemiyadan keyingi davrda jahon iqtisodiyotini qayta tiklash muammolarini o‘rganish, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni hayotga tadbiq etishga bag‘ishlangan Xalqaro konferensiyani Toshkentda o‘tkazishni taklif qildi.
Bundan tashqari, global harakatlarga yoshlarni jalb etish maqsadida Samarqandda muntazam o‘tkazilayotgan Inson huquqlari muloqotlari doirasida Global ta’lim forumi tashkil etilishini ma’lum qildi.
Davlat rahbari qo‘shni va yondosh mintaqalar bilan o‘zaro aloqalarni kuchaytirish masalasida Afg‘onistondagi vaziyatga alohida e’tibor qaratdi.
«Bu davlatda tinchlik va osoyishtalik o‘rnatilishidan nafaqat biz — qo‘shni mamlakatlar, balki butun dunyo manfaatdordir», — deya ta’kidladi prezident.
«Hozirgi qiyin davrda Afg‘onistonni yakkalab, uni muammolar girdobiga tashlab qo‘yish mumkin emas. Afg‘on masalasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’siri va ovozi har qachongidan ham kuchliroq yangrashi lozim», — deya qo‘shimcha qildi.
Qayd etilishicha, noyabr oyida Toshkentda BMTning Global aksilterror strategiyasi Markaziy Osiyo uchun rejasining o‘n yillik natijalari va istiqbollariga bag‘ishlangan Xalqaro konferensiya o‘tkazilishi kutilmoqda.
Mazkur tadbir doirasida BMTning giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi bilan 2022−2025 yillarga mo‘ljallangan Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun mintaqaviy dastur imzolanishi ko‘zda tutilgan.
«Biz bu boradagi sa’y-harakatlarimizni davom ettirgan holda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining mazkur Boshqarmasi ishtirokida Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarini qamrab oladigan, Giyohvandlikka qarshi umumiy Harakatlar rejasini ishlab chiqish niyatidamiz», — ma’lum qildi davlat rahbari.
Iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash, atrof-muhit va bio xilma-xillikni muhofaza qilish masalalariga to‘xtalar ekan, Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Parij bitimining maqsadlariga erishishga qat’iy qaror qilganligini bildirdi.
«2030 yilga qadar iqtisodiyotimizning energiya samaradorligini 2 barobarga oshirish, qayta tiklanadigan energiya ulushini 25 foizga yetkazish, ekologik toza transportni rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda, — dedi davlat rahbari. — 2025 yilga qadar umumiy quvvati 2900 mega-vattga teng bo‘lgan yangi quyosh va shamol elektrostansiyalarini foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda».
Prezidentning ma’lum qilishicha, 2022 yili Orolbo‘yi hududida «yashil» energetika bo‘yicha BMT bilan hamkorlikda xalqaro Forum o‘tkazishni rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston hukumati bio xilma-xillik bo‘yicha Global hadli dasturning yaqin istiqbolda qabul qilinishini qo‘llab-quvvatlaydi va kelgusida Bio xilma-xillik Konvensiyasi ishtirokchilarining yig‘ilishlaridan birini mamlakatda o‘tkazishga tayyor ekanligini aytib o‘tdi.
«BMT шаф́елигида global ekologik siyosatning ustuvor yo‘nalishlarini batafsil muhokama qilish maqsadida, 2023 yili O‘zbekistonda Atrof-muhit bo‘yicha BMTning Oltinchi Assambleyasini o‘tkazishni taklif qilamiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Qayd etilishicha, assambleya ishtirokchilari Orol dengizining qurishi natijasida yuzaga kelgan, ekologik ofat markazi bo‘lgan, Orolbo‘yi mintaqasidagi og‘ir vaziyat bilan bevosita tanishish va zarur xulosalar chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Bundan tashqari, davlat rahbari mazkur Assambleyada BMTning yangi ekologik siyosati asoslarini tashkil etishga qaratilgan Butunjahon ekologiya Xartiyasini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |