12-MAVZU. ARGUMENTLASH VA BILIMLAR TARAQQIYOTINING MANTIQIY SHAKLLARI
174
mumkinmi?”
41
Darhaqiqat, Soxibqiron Amir Temur xomiyligida, uning ko‘rsatmasiga binoan
yaratilgan bog‘lar, qurilgan imoratlar uning bunyodkor shaxs ekanligini yaqqol isbotlaydi.
II
Argumentlarni rad etish.
Tezisni isbotlash uchun opponent tomonidan keltirilgan argumentlar tanqid kilinib, ularning
xatoligi yoki tezisni isbotlash uchun etarli emasligi aniqlanadi. Argumentlarning xatoligi tezisning
xam xato ekanligini isbotlamaydi, bunda tezis chin bulishi xam mumkin: R -> Q, P
III
Isbotlash usulini tanqid qilish orqali rad etish.
Rad etishning bu usulida isbotlashda yul qo‘yilgan xatolar aniqlanadi. Bunda rad etilayotgan tezis
chinligining uning asoslash uchun keltirilgan argumentlardan bevosita kelib chikmasligi asoslab
beriladi. Isbotlash usulida yo’l qo‘yilgan xato aniqlanganda tezis rad etilmaydi, uni qayta isbotlash
talab kilinadi. Rad etishning yuqorida ko‘rsatilgan usullari ko‘pincha birgalikda, birbirini
to‘ldirgan holda qo‘llaniladi.
Fikrni asoslashda uchraydigan xatolar.
Tezisga aloqador qoidalar:
1.Tezis mantiqan aniq, va ravshan bo‘lishi kerak. Bu qoida buzilsa, isbotlash yoki rad etish
o‘zining aniq predmetiga ega bo‘lmay qoladi, uni amalga oshirishga urinish bexuda ish
xisoblanadi.
2.Tezis isbotlash yoki rad etishning boshidan oxirigacha o‘zgartirilmasligi kerak. Bu qoida buzilsa,
“tezisni almashtirish”degan xato kelib chikadi.
Argumentlarga nisbatan koidalar:
1.Tezisni asoslash uchun keltirilgan argumentlar chin Xukmlar bulishi va bir-biriga zid bulmasligi
lozim.
2.Argumentlar tezisni asoslash uchun etarli bulishi kerak.
3.Argumentlar tezisdan mustaqil holda chinligi isbotlangan xukmlar bulishi lozim.
Isbotlash usulining qoidasi:
1.Tezis argumentlardan mantiqiy tarzda kelib chikadigan xulosa bo‘lishi lozim. Buning uchun
isbotlash yoki rad etishda xulosa chikarish koidalariga rioya kilish zarur.
Isbotlash va rad etish koidalarining buzilishi mantikiy xatolarsh olib keladi. Bu xatoliklar uch turga
bo‘linadi:
1. Isbotlanayotgan tezisga aloqador xatoliklar:
1.
Tezisni almashtirish. Tezis isbotlash yoki rad etish davomida o‘zgarmasligi shart, degan
qoidaning buzilishi tezisning almashtirilishiga sabab buladi. Tezis ataylab yoki bilmasdan boshka
tezis bilan almashtiriladi va bunda yangi tezis isbotlanadi yoki rad etiladi. Tezis mazmunining
toraytirilishi yoki kengaytirilishi xam baxs jarayonida tezisning o‘zgarishiga olib keladi. Masalan,
respublikamiz taraqqiyoti uchun milliy mafkura, milliy g‘oyaning ahamiyati tug‘risidagi tezisni
isbotlash davomida umuman jamiyatga mafkura kerakmi yoki yo‘qmi, degan masalani isbot
etishga harakat kilinsa, unda tezisning mazmuni kengayib ketadi va tezis almashinadi.
2.
Insonning shaxsiy sifatini bahona kilib tezisni almashtirish. Baxs jarayonida mavzudan
chetga chikib, opponentning shaxsiy, ijtimoiy xayoti, yaxshi fazilatlari yoki kamchiliklari
xususida fikr yuritib, shu asosda tezisni isbotlangan yoki rad etilgan, deb ta’kidlash tezisning
almashinishiga sabab buladi. Bunday xatoga ataylab yul qo‘yiladi. Tinglovchilarning xis-
tuyg‘ulariga ta’sir qilish orqali isbotlanmagan tezisning chin deb kabul kilinishiga urinish xam
tezisni almashtirish xisoblanadi.
3.
Ortiqcha yoki kam isbotlashga urinish natijasida tezisning almashinishi. Fikr ortiqcha
isbotlansa, berilgan tezis o‘rniga undan kuchlirok tezisni isbotlashga xarakat kilinadi. Agar A
xodisadan V kelib chiksa, lekin V xodisadan A kelib chikmasa, unda A xodisani ifodalovchi tezis
V xodisani ifodalovchi tezisdan kuchlirok, buladi. Masalan, “A shaxs birinchi bo‘lib janjalni
41
И.А. Каримов. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. “Мулоқот”, 1998, №5, 8-6.
Do'stlaringiz bilan baham: |