12-MAVZU. ARGUMENTLASH VA BILIMLAR TARAQQIYOTINING MANTIQIY SHAKLLARI
173
ma’lumki, moddiy predmetlar tarkibsiz (uni tashkil qiluvchi elementlar va ularning o‘zaro
aloqasisiz) mavjud emas. Demak, “Materiya xarakatsiz mavjud”, degan fikr xato, shu tarika
“Materiya xara-katsiz mavjud emas”, degan fikrning chinlish asoslanadi. Ayiruvchi isbotlashda
tezis sof ayiruvchi xukmning (kuchli diz’yunksiyaning) bir a’zosi bulib, uning chinligi boshka
a’zolarining (antitezisning) xatoligini ko‘rsatish orkali asoslanadi. Masalan, “Jinoyatni yo A, yo
V, yo S shaxslar sodir etgan”, degan fikr tekshirilib, “Jinoyatni V shaxs xam, S shaxsxam sodir
etmagan”ligi aniqlanadi va shu tarika “Jinoyatni A shaxs sodir kilgan”, degan xukmning chinligi
asoslanadi. Bu misolda ayiruvchi isbotlash ayiruvchi - qatiy sillogizmning inkor etib, tasdiklovchi
modusi buyicha qurilgan:
Raddiya - isbotni buzishga qaratilgan mantikly amaldir. Birorta fikrning chinligini rad etish ayni
paytda unga zid bulgan fikrning xatoligi ko‘rsatishdan iborat bo‘lganligi uchun raddiyani
isbotlashning xususiy
ko‘rinishi,
deb hisoblash mumkin. Raddiya ham isbotlash kabi tezis (rad
qilinishi lozim bulgan hukm), argumentlar (tezisni rad qiluvchi xukmlar) va demonstratsiyadan
(rad etish usuli) dan tashkil topgan bo‘ladi. Raddiya birorta masalani muhokama qilish, ya’ni baxs,
munozara jarayonida uchraydi. Bahs qatnashchilaridan biri malum bir tezisni ilgari surib, uni
ximoya kilsa (proponent), boshqasi unga qarshi chikadi (opponent). Hal qilinmagan, munozarali
masalalar buyicha olib boriladigan bahslar polemika hisoblanib, unda qarama-karshi tezislar
asoslanibgina qolmay, balki tanqidiy analiz ham qilinadi.
Raddiya uch xil usul bilan amalga oshiriladi:
1) tezisni rad etish; 2)
argumentlarni rad etish; 3)
demonstratsiyani rad etish.
I.
Tezisni rad etish.
Tezisni rad etishning kuyidagi usullari mavjud:
1.
Faktlar orkali rad etish. Bu eng ishonchli va samarali usuldir. Bunda bulib o‘tgan
voqealarga, statistik ma’lumotlarga asoslanib tezis rad etiladi. Masalan, “Sovet davrida
O‘zbekiston to‘laqonli mustaqil respublika bo‘lgan”, degan tezisni rad etish, ya’ni uning noto‘g‘ri
ekanligini isbotlash uchun tarixiy faktlarga asoslanamiz. O‘sha davrda respublika rahbariyati
birorta muhim masalan Moskvaning ruxsatisiz hal qila olmaganligiga dalillar keltirib, tezisni rad
etamiz.
2.
Tezisdan kelib chikadigan natijalarning xatoligini (yoki ziddiyatli ekanligini) ko‘rsatish
orkali rad etish. Bunda tezisdan kelib chikadigan natijalarning chin emasligi asoslab beriladi. Bu
usul
“bema’nilikka olib kelish”, deb ataladi. Rad etilayotgan tezis vaqtincha chin deb tan olinadi, undan
kelib chiqadigan natijalar aniqlanib
,
bu natijalarning xaqiqatga zid, noto‘g‘ri ekanligi isbotlanadi.
Chin asosdan xato natija kelib
chiqmaydi, aks xolda bu bema’nilik buladi. “Bema’nilikka olib kelish” usulining formulasi
kuyidagicha:
(a —> ) —> ((a
—\
) —> a)
3.
Tezisni antitezisni isbotlash orkali rad etish. Rad etilayotgan tezisga zid bulgan yangi tezis
(antitezis) olinadi va isbotlanadi. Uchinchisi istisno konuniga muvofik, antitezisning chinligidan
tezisning xatoligi keltirib chikariladi. Masalan, I.A.Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”
nomli maqolasida “Amir Temur buyuk sarkarda bo‘lgan va yovuzliklar kilgan”, degan tezisni
shunday rad etadi: “Inson bir paytning o‘zida ham bunyodkor, ham yovuz bo‘lishi mumkin emas.
Ne-ne madrasayu masjidlar, oily koshonalarni qurgan, ne-ne olimu fuzalolarning boshini silagan,
Qur’oni karimni yod bilgan inson yovuz bo’lmaydi. Qonxo‘r odam “Kuch – adolatda”, deyishi
Do'stlaringiz bilan baham: |