Sh. Madayev., M. Kasimova


Jamiyat va inson hayotida qadriyatlarning roli



Download 7,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/427
Sana25.03.2022
Hajmi7,34 Mb.
#509872
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   427
Bog'liq
Falsafa 2019

Jamiyat va inson hayotida qadriyatlarning roli. 
Ularni quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:
1.
Inson va jamiyat uchun ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlar. Bu shunday 
qadriyatlarki, ularsiz jamiyat va insonning normal faoliyati izdan chiqmaydi.
2.
Kundalik hayot va ehtiyojlar bilan bog‘liq bo‘lgan qadriyatlar. Bu guruhga aksariyat 
moddiy va ma’naviy qadriyatlar kiradi. Bular insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini 
qondirish, jamiyatning normal faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan 
qadriyatlardir.
3.
Oliy qadriyatlar – bu o‘z ahamiyatiga ko‘ra eng yuksak darajada turuvchi, odamlarning 
fundamental munosabatlari va ehtiyojlarini aks ettiruvchi qadriyatlardir. Oliy qadriyatlarsiz 
nafaqat inson shaxs sifatida kamol topa olmaydi, balki jamiyat ham normal hayot kechira olmaydi. 
Oliy qadriyatlarning mavjudligi doimo individning shaxsiy hayoti chegarasidan chetga chiqish 
bilan bog‘liq. Ular individni uning o‘zidan yuksak bo‘lgan, uning hayotini belgilaydigan, uning 
taqdiri uzviy bog‘liq bo‘lgan narsalar bilan oshno etadi. Ayni shu sababli oliy qadriyatlar odatda 
umuminsoniy xususiyat kasb etadi.
Insonning o‘zi qadriyat hisoblanadimi, degan savolning ikki tomoni bor 1) inson uchun boshqa 
odamning va umuman insonning qimmati nimada? 2) uning o‘z hayotining qimmati nima bilan 
o‘lchanadi? Tafsilotlarga berilmay shuni qayd etamizki, bu savollarga javoblar aniq va uzil-kesil 
bo‘lishi mumkin emas. Gap shundaki, individning boshqa odamlarga qiziqishi odamlar 
qandayligigagina emas, balki uning o‘zi qandayligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Bunga yana shuni 
qo‘shimcha qilish joizki, inson hayotining va insonning qimmati to‘g‘risidagi masalaning 
qo‘yilishi tarixiy sharoitlar bilan bevosita bog‘liq. Masalan, O‘rta asrlarda feodal o‘z krepostnoyini 
o‘ldirishi jinoyat hisoblanmagan va jazoga tortilmagan. Hozirgi vaqtda har bir kishining yashash 
huquqi tan olingan va odam o‘ldirish u yoki bu tarzda jazolanmaydigan mamlakat mavjud emas. 
Xullas,inson – alohida, mutlaq qadriyat. Qolgan barcha qadriyatlar inson manfaatlari nuqtai 
nazaridan baholanadi. Har bir shaxs hayotda ma’lum bir maqsadni ko‘zlab harakat qiladi. Biroq 
uning maqsadi ma’no va mazmuni jihatdan har xil bo‘lishi mumkin.

Download 7,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish