Sh. Madayev., M. Kasimova


-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA



Download 7,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/427
Sana25.03.2022
Hajmi7,34 Mb.
#509872
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   427
Bog'liq
Falsafa 2019

5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA 
KATEGORIYALARI 
63
 
5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA 
RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA KATEGORIYALARI 
REJA: 
 
1.
Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi.
2.
Umumiy o‘zaro aloqa va rivojlanishning dialektik tamoyillari.
3.
Qonun va uning tasnifi.
4.
Falsafaning asosiy qonunlari.
5.
Kategoriya tushunchasi va ularning turlari.
Tayanch tushunchalar: 
Rivojlanish, dialektika, ob’ektiv dialektika, sub’ektiv dialektika, stixiyali 
dialektika, materialistik dialektika, idealistik dialektika, ziddiyat, sakrash, ayniyat, tafovut, inkor, 
vorisiylik, miqdor, sifat, me’yor, xossa, qonun, voqelik qonunlari, fan qonunlari, falsafa qonunlari.
 
Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi.
Harakat, taraqqiyot
umumiy bog‘lanish va aloqadorlik to‘g‘risidagi falsafiy ta’limotlar ham falsafa fani bilan birga 
paydo bo‘lgan. Bu muammolar tahlili falsafada «dialektika» tushunchasi orqali ifodalangan. Bu 
tushuncha falsafa tarixida turli davrlarda turli ma’nolarni ifodalab kelgan. Dialektika dastlabki 
davrlarda o‘zaro bahs, munozara olib boruvchi mutafakkirlarning muhokamalaridagi 
qaramaqarshi, zid fikrlarning to‘qnashuvi va shular asosida haqiqatni aniqlash ma’nosini 
ifodalagan. Antik davr mutafakkirlarining ma’lumotiga ko‘ra, munozarada ishtirok etuvchilar, o‘z 
muhokamalarida bir-birlariga muqobil savollarni berib, bu savollarga har tomonlama yondoshib, 
ulardagi bir tomonlamaliklarni bartaraf qilishga uringanlar. Bunda, ular, o‘z muhokamalarida har 
xil nuqtai nazarlarni hisobga olgan holda, ilmiy, nazariy, ahloqiy, siyosiy, huquqiy va shu kabi 
voqea-hodisalar to‘g‘risida o‘z qarashlarini ishlab chiqqanlar. Ular shundan kelib chiqib
dialektika deganda o‘zaro bahslashuv san’atini, munozara asosida haqiqatga erishish usulini 
tushunganlar. Masalan, antik davr mutafakkiri Suqrot dialektikani bahslarda yo‘l qo‘yiladigan 
qarama-qarshi fikrlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni ochish orqali haqiqatga erishish san’ati, deb 
tushungan. Dialektikani bahs san’ati sifatida tushunish hatto o‘rta asrlarda ham davom etgan. Buni 
o‘rta asrlar mutafakkiri Per Abelyarning «Ha va yo‘q» nomli asari yaqqol tasdiqlaydi.
Dialektikaga munozara san’ati sifatida qarash o‘rta asrlarda yashagan O‘rta Osiyo 
mutafakkirlariga ham xos bo‘lib, hatto bu narsa Uyg‘onish davrlarida ham davom etgan. Bu davr 
mutafakkirlarida ham dialektika savol-javob san’ati sifatida o‘zgacha fikrlarni rad qilish usuli 
bo‘lib xizmat qiladi. Bunga misol qilib G.Galileyning «Dunyoning ikki sistemasi to‘g‘risidagi 
bahs» asarini ko‘rsatish mumkin. Umuman, dialektika tushunchasining paydo bo‘lishi, u o‘zining 
dastlabki davrlardagi tor ma’noni ifodalashiga qaramasdan, o‘sha davrlardan to bizning 
kunlarimizgacha qo‘llanib kelingan sermazmun falsafiy suhbat usulining paydo bo‘lishida muhim 
rol o‘ynadi va insoniyat madaniyatining rivojlanishiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi.
Asrlar davomida to‘planib borgan dialektik munozara madaniyati murakkab muammolarni 
muhokama qilish, ulardagi turli qarama-qarshi nuqtai nazarlarni ochish, aniqlash va tushunish 
mahoratining qaror topishi inkor qilib bo‘lmas ahamiyat kasb etdi. Bora-bora dialektika qarama-
qarshi nuqtai nazarlar, ular o‘rtasidagi ziddiyatlarni ochish usuli sifatida qaraladigan bo‘ldi.
Shunday qilib, sekin-asta inson ijodiy tafakkuri o‘z tabiati bilan dialektik ekanligi haqidagi 
tasavvur paydo bo‘ldi. Lekin ma’lum vaqt o‘tishi bilan dialektika faqat kishilarning o‘zaro 
munozaralarigagina xos emasligi ma’lum bo‘la bordi. Oqibatda, dialektika faqat inson fikrlash 
jarayonigagina xos bo‘lmasdan, balki u tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarga ham xos, deb 
qarala boshlandi. Ayniqsa, bu qarash borliq shakllari va turlari o‘rtasidagi bog‘lanish va 



Download 7,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish