13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI
182
mas’uliyat sezib yashashiga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va
an’analarimizga munosib bo‘lishiga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash,
ularni yaratuvchilik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni hayot mezoniga
aylantirish - milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir», - deganida mutlaqo haqdir.
4
Bundan tashqari axloqshunoslikning sof «ichki» vazifalari ham mavjudki, ular haqida
to‘xtalib o‘tmaslik mumkin emas. Eng avvalo milliy-mintaqaviy axloqiy tafakkurning tizimli,
ilmiy xolislik bilan yo‘g‘irilgan tarixini yaratish va sho‘rolar tuzumi ta’qiqlagan yoki unitilgan
axloqiy qadriyatlarni tiklash muhim. Ayni paytda axloq nazariyasining dolzarb masalalarini hal
etish, chunonchi, axloqiy tushunchalarni tasniflashtirish, turkumlashtirish, axloqiy madaniyatning
nazariy jihatlarini ishlab chiqish, kasbiy odobning zamonaviy nazariy asoslarini yaratish kabi
murakkab vazifalar ham echimini kutmoqda.
Axloqqa gap borganda, albatta uning muayyan tuzilmasi,
unga asos bo‘lgan omillar,
unsurlar to‘g‘risida to‘xtalmaslik mumkin emas. Axloq tuzilmasini, odatda, uch omil-asosdan
iborat deb hisoblaydilar. Bular - axloqiy anglash (axloqiy ong), axloqiy his etish (axloqiy hissiyot)
va axloqiy munosabatlar (axloqiy hatti-xarakatlar). Bazi mutaxassislar (chunonchi, mashhur rus
axloqshunosi A I. Titarenko) axloqshunoslik mezoniy tushunchalarini (katetoriyalarini), axloqiy
meyorlar va tamoyillarni axloq tuzilmasi tarzida taqdim etadilar. Bizning nuqtai nazarimizdan bu
fikr unchalik to‘g‘ri emas. CHunki mazkur tushunchalar, tamoyilar va meyorlar ko‘proq axloqqa
emas, balki uni o‘rganadigan fanga – axloqshunoslikka taalluqlidir. Umuman, shuni aytish
kerakki, axloqshunoslik fanida ancha-muncha chalkashliklar mavjudki, ularning sababini mazkur
fanning boshqa fanlarga nisbatan axloqqa xususiyatlarga egaligidan, yani unda ko‘p hollarda
ilmiy-nazariy jihatlarning ilmiy-amaliy tomonlar bilan omuxtalashib ketganidan qidirmoq lozim.
SHunday qilib, axloq tuzilmasi uch asosiy omilni axloqiy anglash, axloqiy aks etish va axloqiy
munosabatlarni uz ichiga oladi. Ayni paytda ana shu omillarning tuzilmadagi o‘rni, to‘g‘rirog‘i,
mavqei masalasida ham turli xil qarashlar mavjud. Ba’zi axloqshunoslar axloqiy anglashni, boshqa
birovlar axloqiy hissiyotning o‘zini asosiy unsur deb talqin etadilar. YAna ba’zi birovlar axloqiy
anglash - axloqiy ongga etakchilik mavqeini beradilar. Xo‘sh, aslida qanday qarash haqiqatga
yaqinroq?
Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, juda ko‘p hollarda axloq tuzilmasidagi mazkur uch
omilunsurning birortasisiz axloq tumunchacini tasavvur qilib bulmaydi. Boshqacha aytganda,
axloqni inson ko‘zi oldida gavdalamiruvchi axloqiy munosabatlarning aks etish va axloqiy
anglashsiz yuzaga chiqishi yani mavjud bo‘lishi mumkin emas. Bunday holat axloqiy his etishga
ham, axloqiy anglashga ham taaluqli. Zero tuzilmadagi bu uchunsur-omil bir-birisiz kamdan-kam
mavjud bo‘ladi, doimo bir-birini taqozo qiladi.Endi axloqiy anglashning tuzilmadagi etakchilik
mavqeiga, to‘g‘rig‘i, asosiy unsur sifatidagi o‘rniga kelsak, uni bu tarzda talqin etish, bizningcha,
to‘g‘ri emas. Vaholanki, sho‘rolar davrida va hozirdagi rus olimlari orasida ba’zi g‘arbdagi
zamonaviy axloqshunoslik yo‘nalishlarida ana shunday qarash xukumron ekanini ko‘rzmie. Aslida
esa, tuzilmada poydevor unsur sifatida axloqiy hissiyot yoki axlokiy xis etishi namoyon buladi.
to‘gri, juda kup hollarda biror bir axloqiy qarorning amalga oshuvi uzok yoki qisqa vaqt
mobaynida usha qaror oqibatlari to‘g‘risida ongli ravishda xulosa chiqarishga, ularni avval;dan
anglab etishga urinish bilan bog‘lik bo‘ladi, ya’ni biz o‘z xatti xarakatlarimizni axloqiy anglash
elagidan o‘tkazib, faoliyat ko‘rsatamiz. Lekin o‘sha anglab amalga oshirilgan axloqiy qaror tubida,
so‘zsiz, axloqiy hissiyot yotadi. Demak, axloqiy his etish axloqiy anglash uchun material vazifasini
o‘taydi. Ba’zan esa o‘sha “material” - hissiyotning o‘zi axloqiy anglashni chetlab o‘tib, -
munosabat tarzida namoyon buladi. Bunga insoning favqulotda holatlardagi hatti-harakati misol
bula oladi. Deylik, yuqori tezlikda ketayotgan avtomobil oldidan yo‘l o‘rtasida, koptokni quvib,
go‘dak chiqib qoldi, haydovchi tormozni bosish barobarida, shu zahoti mashinasini keskin chetga
buradi. Bola omon qoladi, x,aydovchi jarohatlanadi, mashina pachoq buladi. Bu holatda
haydovchining go‘dakka nisbatan, mehf-shafqati, achinish hissi, inson bolasini oliy qadriyat
Do'stlaringiz bilan baham: |