13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI
177
13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT
HAYOTIDAGI AHAMIYATI REJA:
1.
“Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi. Gedonizm va evdemonizm
ta’limotining axloqiy ahamiyati.
2.
Axloqning paydo bo‘lishiga oid diniy, ilmiy qarashlar tasnifi.
3.
XXI asrda global etosfera (axloqiy muhit)ni yaratishning zaruriyati.
4.
Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me’yorlarining shaxs va jamiyat munosabatlarida
namoyon bo‘lishi. 5.
Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov
Tayanch tushunchalar:
Axloqshunoslik, Etika, Axloq, Xulq, Odob, Falsafa, Milliy g‘oya,
Noosfera, Etosfera, Biosfera. Muhabbat va nafrat, Ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik,
Adolat, Vijdon, Burch, Nomus, Ideal, Insonparvarlik, Erkparvarlik, Vatanparvarlik,
Millatparvarlik, Tinchlikparvarlik, Jo‘mardlik, Xalollik, Rostgo‘ylik, xushmuomalalik, Kamtarlik.
1. “Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi.
Qadimgi yunon faylasufi Aristotel
o‘z davrida mavjud fanlarni ta’riflarkan, ularni uchta guruhga ajratadi: nazariy fanlarga falsafa,
matematika, fizikani; ijodiy fanlarga san’at, badiiy hunarmandchilikni; amaliy fanlarga esa etika
va siyosatni kiritadi. SHu tariqa Etika falsafa doirasidan ajralib chiqadi va mustaqil fan sifatida
shakllana boshlaydi. Hozirgi vaqtda «Etika» ijtimoiy-falsafiy fanlar tizimida o‘ziga xos o‘ringa
ega bo‘lgan fandir. «Etika» (axloqshunoslik)–axloqning kelib chiqishi, mohiyati, xususiyatlari,
jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqidagi fandir. U boshqa ijtimoiy fanlar singari o‘z qonunlari va
kategoriyalariga ega bo‘lib, ular orqali o‘z xulosalarini bayon qiladi. «Axloq» so‘zi aslida arabcha
so‘z bo‘lib, xulq-atvor, yurish-turish, tarbiya degan ma’nolarni anglatadi. Hozirgi vaqtda bu
tushuncha jamiyatning axloqiy hayotida yuz beradigan barcha jarayonlarning majmuini aks
ettiradi. Jamiyatning axloqiy hayoti deb kishilarning ijtimoiy, siyosiy va xuquqiy faoliyatida,
oilasida va kundalik turmushida yuzaga keladigan o‘ziga xos munosabatlari shakliga aytiladi.
Axloq tushunchasini ikki xil ma’noda ko‘rish mumkin: axloq umumiy tushuncha sifatida etikaning
tadqiqot ob’ektini anglatsa, yakka tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xattiharakatining o‘ziga
xos ko‘rinishini anglatadi.
Xususan «odob», «xulq-atvor» ma’nolarida ham ishlatiladi. Aslida «axloq» va «odob»
tushunchalari bir-biridan mazmun jihatidan farq qiladi.
A. Sher «Axloqshunoslik» kitobida ko‘rsatishicha, «Odob-inson haqida yoqimli taassurot
uyg‘otadigan, lekin jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan,
milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi.
Axloq esa–jamiyat, zamon insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiy
xattiharakatlar yig‘indisidir».
42
Axloq inson va jamiyat o‘rtasidagi ob’ektiv aloqadorlik tufayli kelib chiqadigan, har bir
shaxsning hayoti va faoliyatini boshqaradigan, tartibga soladigan prinsip va normalar majmuidir.
Axloq ijtimoiy xodisa sifatida insoniyat jamiyati vujudga kelishi bilan bir vaqtda jamoalar
bilan shaxslar o‘rtasidagi ehtiyoj va manfaatlarga xizmat qiluvchi aloqa tarzida vujudga kelib,
o‘zining tarixiy taraqqiyotida:
-
insonning tabiiy xislatlarini o‘zgartiruvchi, yaratuvchi faoliyati shaklida
umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi;
-
jamiyatda yashovchi har bir shaxsni har tomonlama kamol toptiruvchi
ma’naviyijtimoiy omil asoslaridan biri;
42
A. Sher. «Axloqshunoslik». Т., 2010 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |