dM
moddiy boyliklar va boshqa oborot vositalarini bepul olish hisobiga
ko'payadi, o'tganyilgi xarajatlami hisobdan chiqarish, tovar moddiy
boyliklarni arzonlashtirish va b. hisobiga kamayishi mumkin.
USTAV KAPITALI - huquqlar va imtiyozlar olish uchun korxona muassislari
tomonidan ta’sis hujjatlariga muvofiq qo'shilgan (to'langan) hamda
korxonaningxo'jalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan
moddiy boyliklar, pul mablag'lari va xarajatlar majmuyidir.
USTAMA - l ) pul hisobida maosh ustiga qo'shib beriladigan qo'shimcha; 2)
qo'shimcha ravishda, takroran, yana; 3) mahsulotning ishlab
chiqarilishi bilan bog'liq bo' lmagan, faqat uni tarqatish bilan bog' liq
bo'lgan, qo'shimcha ravishda sarflanadigan (mehnat, xarajat va shu
kabilar).
USUL - (metod yunoncha “metodos”) tushunchasi ikki ma’noni bildiradi: ayrim
voqealarni bilish, o'rganish usuli va alohida usul, harakat usuli yoki
ko'rinishi.
UYJOY FONDI - l) uy-joy qurilishi va boshqa qurilishlardan iborat va ularga
tegishli binolar yig'indisi. Uyjoy fondi hisoblashbirligibo'lib, uy-joy
qurilishi, uy-joy binolari, umumiy va uy-joy maydoni hisoblanadi;
2. budjetdan uy-joylarni qurish uchun ajratiladigan fond.
UY XO'JALIGI - muayyan bir turar joyda istiqomat qiluvchi, jami yoki bir qism
daromadlari yoki boyliklarini umumlashtirib, muayyan turdagi
mahsulot va xizmatlarni, asosan uy-joy xizmati va oziq-ovqat
mahsulotlarini birgalikda iste’mol qiluvchi uncha ko'p bo'lmagan
odamlar guruhi.
UY XO'JALIGI IHTIYORIDAGI MOL-MULK - birgalikda va individual
ishlatiladigan mol-mulkdan iborat bo'ladi, ular asosan iste’mol
buyumlari hisoblanadi.
UY XO'JALIGI MOLIYA RESURSLARINING YANGI MANBALARI -
mulkdan kelgan daromaddir, lekin uning ahamiyatini mulkning
miqdori va uni samarali ishlatilishi belgilaydi.
UY XO'JALIGI
SEKTORINING YAKUNIY ISTE’MOLI
-
aholi
tomonidan o'z mablag'lari evaziga sotib olingan, davlat budjeti
hisobidan yoki notijorat tashkilotlari tomonidan bepul berilgan
tovarlar va xizmatlar yig'indisidan iborat.
UY
X O 'JALI GIGA
XIZMAT
KO'RSATUVCHI
NOTIJORAT
TASHKILOTLAR - yakuniy iste’moli bo'lmaydi. Ularning aholi
iste’moli uchun qilgan sarf-xarajatlari uy xo'jaligining yakuniy
iste’moli hisoblanadi.
433
UY
XOJALIGIGA
XIZMAT
KO'RSATUVCHI
NOTIJORAT
TASHKILOTLAR SEKTORI - uy xo'jaligiga xizmat ko'rsatuvchi
notijorat tashkilotlar sektori rezidentli barcha notijorat tashkilotlar
yig'indisidan iborat bo'ladi, ammo bundan bozor uchun ishlab
chiqaruvchi notijorat tashkilotlar hamda davlat birliklari tomonidan
nazorat qilinuvchi va asosan moliya bilan ta’minlanuvchi bozor
munosabatlariga aloqador bo'lmagan notijorat tashkilotlar istisno.
Uning resurslari, asosan, ko'ngilli badallar, uy xo'jaligi xayr-ehsonlari
va mulkdan olingan daromaddan iborat bo'ladi.
UY XOJALIGIGA XIZMAT
KO'RSATUVCHI
TIJORAT
TASH
KILOTLAR - uy xo'jaligiga bepul yoki katta iqtisodiy ahamiyatga
ega bo'lmagan narxlarda mahsulot yetkazib beradigan va xizmat
ko'rsatadigan tashkilotlar.
UY XO'JALIK LARI DAROMADLARI - ma’lum bir davrda uy xo'jalik-
larining ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag'lari summalari.
UY XO'JALIKLARI MOLIYASINING IJTIMOIY FUNKSIYASI - uy
xo'jaliklarining daromadlari, xarajatlari va jamg'armalari aholi va
uning alohida guruhlari ijtimoiy-iqtisodiy holatini bevosita aks
ettiradi, shaxsning shakllanishi va demografik jarayonlarga o'z
tasirini ko'rsatadi.
UY
XO'JALIKLARI
MOLIYASINI
RAG'BATLANTIRUVCHI
FUNKSIYA - aholi real daromadlarining o'sishiga yo'naltirilgan
ishlab chiqarish jarayonining rivojlanishiga va samarali budjet
siyosatiga asoslangan rag'batlantiruvchi moliya mexanizmini
(moliyaviy mexanizmni) yaratish orqali amalga oshiriladi.
UY XO'JALIKLARI SEKTORI - sektor rezidentli barcha uy xo'jaliklaridan
tarkib topadi. Institutsion birlik deb tan olingan ayrim uy xo'jaliklari
o'z tarkibiga uy xo'jaliklarining va ularning mulki ajralmas qismi
bo'lgan korporatsiyalashmagan korxonalarni ham kiritadi. Faqat
kvazikorporatsiyalarni tashkil etuvchi uy xo'jaligi korxonalarigina
alohida institutsion birlik hisoblanadi.
UY XO'JALIKLARI XARAJATLARI - uy xo'jaliklari tomonidan iste’molga,
majburiy
to'lovlarni
amalga
oshirishga
va
jamg'arishga
yo'naltiriladigan pul mablag'lari.
UY XO'JALIKLARINING HAQIQIY PIROVARD ISTE’MOLI - uy
xo'jaliklarining haqiqiy pirovard iste’moli individual uy xo'jaliklari
o'z xarajatlari hisobiga yoki ijtimoiy transfertlar orqali umumdavlat
boshqaruv birliklari va notijorat tashkilotlardan natura shaklida
oladigan iste’mol mollari va xizmatlar uy xo'jaliklarining haqiqiy
pirovard iste’moli sanaladi.
434
UY XO‘JALIKLARINING ISTE’MOLCHILIK SARFLARI - kundalik
tovarlarga foydalaniladigan iste’mol buyumlariga va boshqalarga
qilinadigan sarflardir.
UY XO ‘JALIKLARINING NATURAL SHAKLDAGI DAROMADLARI -
tovar shakliga ega emas va ular o‘z-o‘zini ta’minlashga mo'ljallangan
uy xo'jaligi azolari mehnatining natijasidan iborat bo'ladi.
UYALI ALOQA - uyali tarmoqqa asoslangan mobil radioaloqaning bir turi.
UY-JOY SOLIG'I - ko'chmas mulk solig'ining ko'rinishlaridan biri bo'lib,
bu soliqqa uy-joyga ega bo'lganlar tortiladi.
UZLUKSIZ OQIM - kirish materiallarini bitta uzluksiz jarayon davomida
tugallangan mahsulotga aylantirishga mo'ljallangan (ko'p hollarda
avtomatlashgan) oqim tizimi.
UZLUKSIZ TASODIFIY M IQD O R - qabul qiladigan cheksiz ko'p
qiymatli sonlar o'qidagi biror chekli yoki cheksiz oraliqni tashkil
qiluvchi miqdor.
U Z O Q FOYDALANILADIGAN ISTE’M OL MOLLARI - iste’mol ehtiyoji
(maqsadi)ni bir yil yoki undan uzoqroq muddatga ko'p marta yoki
doimo qondirish uchun mo'ljallangan tovarlar.
U Z O Q MUDDAT DAVOMIDA ISHLATILUVCHI TOVARLAR -
iste’molchilarga uzoq vaqt xizmat qiladigan (1 yildan kam) tovarlar.
Bunday tovarlarga avtomobil, xolodilniklar va boshqa turdagi
maishiy xizmat vositalari kiradi.
U Z O Q MUDDAT FOYDALANILADIGAN TOVAR - bir yil yoki undan
ko'proq muddat davomida fizik jihatdan normal yoki o'rtacha
darajada foydalanilganda doim yoxud ko'p marta ishlatiladigan
tovar.
U Z O Q MUDDATLI DEPOZITLAR - jismoniy va yuridik shaxslarning
tijorat banklariga bir yildan ortiq muddatga qo'yilgan pul
ko'rinishidagi jamg'arma va omonatlar.
U Z O Q MUDDATLI IJARA BERUVCHI - ijarachiga haq evaziga
mol-mulkni 12 oydan ko'p muddatga egalik qilish va foydalanish
yoki foydalanish huquqini beradigan kelishuv.
U Z O Q MUDDATLI ZAYOMLAR - davlat tomonidan olinadigan kredit.
Zayom obligatsiyalari bank yoki omonat kassalari orqali aholiga
sotiladi. Ma’lum muddatdan so'ng (5 yil) aholiga zayom
obligatsiyalari summasi qaytariladi.
435
VAKF - mulkdorlar tomonidan diniy muassasaa ixtiyoriga daromadidan
foydalanib turish uchun o'tkazilgan yoki vasiyat qilib qoldirilgan
mulk (yer, suv, bino va shu kabilar).
VAKOLAT - vakillik huquqi bo'lsa, mas’uliyat biror ish, xatti-harakat oqibati,
natijasi uchun bo'lgan javobgarlikdir.
VALRAS LEON - (1834-1910) shveytsariyalik iqtisodchi, xalq xo'jaligining
iqtisodiy-matematik modelini va umumiy muvozanat nazariyasini
yaratgan. Unga binoan qiymat, ma’ lum miqdordagi tovarni me’yoriy
ijtimoiy nafliligi va uni ishlab chiqarishga sarf qilingan me’yoriy
ijtimoiy xarajatlar o'rtasidagi muvozanat nuqtasida aniqlanadi. Bir
vaqtning o'zida talab va taklif o'zaro qoplanadigan muvozanatli
iqtisodiy tizimni topishga imkon beruvchi tenglamalar tizimini
ishlab chiqqan. U o'z navbatida ishlab chiqarishning optimal
strukturasini topish, iqtisodiyotda tarmoqlararo balanslarni ishlab
chiqishga asos bo'lib xizmat qilgan.
VALYUTA - (ital. “valyuta”, lot. ‘valere’ - qadrlanmoq, qiymat). 1. Muayyan
mamlakatda qabul qilingan pul tizimi va shu mamlakatning pul
birligi (dollar, so'm, rubl, manat, marka, iyen va boshqalar); 2. Chet
el kredit biletlari, moneta va boshqalar; 3. Veksel muomalasida -
vekselda ko'rsatilgan to'lov miqdori. Valyutaning ikki turi mavjud
bo'lib, birinchisi har bir mamlakatning valyutasi bo'lmish milliy
valyutadir; ikkinchisi erkin almashtiriladigan valyutadir. Milliy
valyuta qaysi mamlakatniki bolsa, o'sha mamlakatda tovar bilan
qoplangandagina haqiqiy kuchga va qadrga ega bo'ladi. Milliy
valyuta faqatgina oltin zaxirasi bilangina emas, balki barqaror, erkin
almashtiriladigan valyuta bilan ham yetarlicha mustahkamlangan
bo'lishi kerak. Buning uchun esa mamlakat o'z mahsulotini eksport
qila olishi kerak. Erkin almashtiriladigan valyuta Xalqaro valyuta
fond tomonidan belgilanadi. AQSH dollar, Germaniya markasi,
Fransiya franki, Angliya funt sterlingi va Yaponiya iyeni shunday
valyutalardan hisoblanadi.
VALYUTA ARBITRAJI - foyda olish maqsadida valyutani sotib olish - sotish
bo'yicha operatsiyalardir. Valyuta arbitraji - bu valyuta kurslari
farqidan foyda olish maqsadida valyutani sotib olish va bir vaqtning
o'zida sotishdir.
VALYUTA AUKSIONI - erkin almashtiriladigan valutalarni milliy valyutaga
436
sotish uchun tashkil etilgan kimoshdi savdolari. Unda chet el
valyutasiga ega bo'Igan banklar qatnashadi. Valyuta bozori -
milliy va xalqaro banklar, shuningdek, birjalar tomonidan chet el
valyutasini, chek, veksel, o'tkazma veksel, akkreditiv va shu kabi
qimmatbaho qog'ozlarni sotish, sotib olish va almashtirishdir.
Jahon valyuta bozori mamlakatlarning banklari o'rtasidagi aloqalari
natijasida vujudga kelgan bo'lib, tashqi savdo, sarmoya qo'yish,
sayyohlik va boshqa munosabatlarga doir hisob-kitoblami amalga
oshirishga xizmat qiladi. Davlatlarning milliy pullari valyuta
bozorida qatnashishi uchun ular erkin almashtiriladigan valyuta,
deb tan olingan bo'lishi kerak.
VALYUTA AYIRBOSHLASH - xorijiy valyutalarni xarid qilish va sotish
operatsiyalari.
VALYUTA BILAN TARTIBGA SOLISH - davlatning xalqaro hisob-kitoblari
va valyuta boyliklari bilan bitimni bajarish tartibini qat’iy belgilashga
qaratilgan faoliyat. Davlat valyuta bilan tartibga solish yordamida
valyuta operatsiyalarini xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga
kreditlar va qarzlar berish, valyutani olib kirish, olib chiqib ketish
hamda chet elga o'tkazishni nazorat ostiga olish va shu tariqa milliy
valyuta to'lov balansining muvozanati va barqarorligini saqlashga
harakat qiladi. Ko'p mamlakatlarda valyutani chet elga olib chiqib
ketishning limiti belgilangan, xorijiy yuridik shaxslarga kreditlar
berishga ruxsatlarning maxsus tizimi joriy etilgan va hokazo.
Valyuta bilan tartibga solish asosan normativ, ya’ni xalqaro valyuta
bitimlarini tuzish va normativ hujjatlarni nashr ettirish orqali amalga
oshiriladigan faoliyatdir.
VALYUTA BIRJASI - xorijiy valyuta oldi-sotdisini bozor narxlari bo'yicha
muntazam va tartibli ravishdaboshqarish asosida amalga oshiradigan
birja.
VALYUTA BOZORI - chet el valyutasi oldi-sotdisini va chet el valyutasidagi
qimmatbaho qog'ozlarni hamda valyutaviy kapitalni investitsiya
qilish munosabatlarini, shuningdek, iqtisodiy munosabatlarni
amalga oshiruvchi markaz hisoblanadi.
VALYUTA BOZORI - valyutalar va oltin bilan savdo operatsiyalarini amalga
oshiradigan markaz. Valyuta bozori banklar hisoblanadi.
Har xil davlatlarning valyuta bozorlari o'zaro bir-biri bilan
telekommunikatsiyalar yordamida bog'lanadi.
VALYUTA BOZORLARIDAGI OPERATSIYALAR - tashqi savdo bo'yicha
xalqaro hisob-kitoblar, xalqaro turizm, kapitallar va kreditlarning
437
davlatlararo harakati va chet el valyutasini oldi-sotdi qilish bilan
bog'liq boshqa hisob-kitob operatsiyalari hisoblanadi.
VALYUTA CHEGARALARI - bir mamlakatda valyuta operatsiyalari bo'yicha
belgilangan cheklash tadbirlari; ma’muriy va qonuniy tartibda
belgilangan xorij valyutasi va boshqa valyutaga tegishli qimmatli
narsalar bo'yicha operatsiyalarni cheklash uchun yo'naltirilgan
normativ qoidalar tizimi.
VALYUTA DEKLARATSIYASI - valyuta miqdori ko'rsatilgan hujjat;
b о jxonaga chegaradan valyuta olib о' tkazilayo tgan da ко 'rsatilayotgan
hujjat ariza.
VALYUTA DEMPINGI - valyuta kursini tushirish natijasida uning xarid qilish
qobiliyatining pasayishidan foydalangan holda tashqi bozordagi
raqobatchilarni siqib chiqish maqsadi bilan bog'liq holda tovarlarni
jahon o'rtacha narxlaridan past darajada keng ko'lamda eksport
qilishdir.
VALYUTA FONDI - eksportni rag'batlantirish maqsadida korxonalarda
tashkil etiladi. Valyuta fondi o'zgarmaydigan normativlar asosida
uzoq muddatga belgilanadi. Uning miqdori eksportga mo'ljallangan
tovarlar va xizmatlarning hajmiga bog'liq.
VALYUTA INTERVENSIYASI - milliy yoki chet el valyutalari kursini
oshirish yoki tushirishni ko'zlab valyuta bozoridagi muomalalarga
yirik davlatlaming aralashuvidir. Uni Markaziy banklar amalga
oshiradi. Har bir mamlakat uchun milliy valyuta kursini oshirish
foydali bo'lsa, u o'zining banklari va hazinasidagi chet el valyutasini
sotib, o'z milliy valyutasini esa sotib oladi.
VALYUTA INTERVENSIYASI - davlatlaming valyuta bozoridagi muomalaga
milliyyoki chet-el valyutasi kursini oshirish yoki tushirish maqsadida
chet el valyutasining yirik summasini yoki oltinni sotib olish yo'li
bilan aralashuvi.
VALYUTA KLIRINGI - ikki yoki bir necha mamlakat o'rtasida tashqi
savdo bo'yicha hisob-kitoblar va boshqa shakllardagi iqtisodiy
munosabatlar usuli. Kliring qatnashchilari bo'lgan davlatlar
o'rtasida tuziladigan xalqaro to'lovlar bitimlari asosida belgilanadi.
Xalqaro to'lov bitimlarida quyidagilar nazarda tutiladi: l ) Kliring
hisob-kitoblari tizimi va ularni yuritishga vakolat bergan banklar; 2)
Kliring hajmi, ya’ni yetkazib berilishi kliring bo'yicha to'lanadigan
tovarlar yoki xizmatlar guruhlari; 3) Kliring valyutasi, ya’ni o'zaro
talablarni hisobga olish o'tkaziladigan va qarzdorlik saldosi
belgilanadigan valyuta; 4) Texnik kredit hajmi, qarzdor mamlakat
438
Hiring saldosi bo'yicha shu chegarada boshqa mamlakatga foizlarni
to'lamaydi; 5) To'lovlami baravarlashtirish va saldoni uzil-kesil
qoplash tizimi. Saldoni qoplash usuli bo'yicha kliringlar quyidagicha
bo'lishi mumkin: boshqa (konvertatsiyalanadigan) valyutaga erkin
konversiyalanadigan; cheklangan miqdorda konversiyalanadigan;
konversiyalash huquqiga
ega bo'lmagan. Valyuta kliringi
mamlakatlar yoki ulardan biri o'zaro hisob-kitoblarni ta’minlash
uchun konvertatsiyalangan valyutaga ega bo'lmagan sharoitlarda
qo'llaniladi. Ikki yoki ko'p tomonlama asosda rivojlanayotgan
mamlakatlar tomonidan keng qo'llanadi. Hozirgi sharoitlarda
o'tkaziladigan rubllarda ko'p tomonlama hisob-kitoblar tizimi
tugatilishi va awal SSSR subyektlari bo'lgan bir qancha mustaqil
davlatlar tashkil etilishi va ularda konvertatsiyalanadigan valyuta
yo'qligi munosabati bilan bu mamlakatlarning o'zaro, awalgi
sotsialistik lager mamlakatlari va jahonning boshqa mamlakatlari
bilan hisob-kitoblari uchun valyuta kliringidan keng foydalanish
zarurati vujudga keladi.
VALYUTA KONVERTIRLASHUVI - uning boshqa xorijiy valyutalarga
almashish qobiliyati tushuniladi.
VALYUTA KORIDORI - chet davlatlarda moliyaviy-iqtisodiy ahvolni, ularda
krizisning oldini olishni, moliyaviy holiga tasir etadigan omillarni
bartaraf etish maqsadida oldindan valyuta kursini belgilash tizimi.
VALYUTA KURSI - bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul
birliklarida yoki xalqaro valyuta birliklarida ifodalangan bahosi.
Eng awalo, mamlakat iqtisodiyotining ahvoli bilan belgilanadi,
shuningdek, turli mamlakatlardagi inflyatsiyaning nisbiy sur’atlari,
mehnat unumdorligining o'sish sur atlari va uning mamlakatlar
o'rtasidagi nisbati, YaMMning o'sish sur atlari (pulning tovar bilan
to'ldirilish asoslariga), xalqaro savdodagi mamlakatning o'rni va
roliga, kapitalning mamlakatdan chiqarilishiga bog'liq. Mamlakat
to'lov balansining ahvoli, turli mamlakatlar pul bozorlaridagi foiz
stavkalarining mamlakatlar o'rtasidagi farqlari, shu mamlakat
valyutasining yevrobozorlarda va xalqaro
hisob-kitoblarda
foydalanish darajasi, mamlakat valyutasiga bo'lgan ishonch va
boshqa omillar valyuta kursiga bevosita ta sir ko'rsatadi.
VALYUTA KURSI - muayyan mamlakat pul birligining boshqa bir mamlakat pul
birligida ifodalangan bahosidir. Valyuta kursining ikki turi mavjud:
1. Qat’iy qayd etilgan. 2. O'zgarib turadigan. Qat’iy qayd etilgan
valyuta kursi - valyuta bozorlari va valyuta kursini aniqlash ishida
davlatning aralashuviga asoslanadi. O'zgarib turadigan valyuta kursi
439
esa, butunlay valyuta bozoridagi u yoki bu valyutaga bo'Igan erkin
talab va taklifga asoslanadi.
VALYUTA KURSLARI FARQLARIDAN OLINGAN DAROMADLAR -
korxonaning valyuta schyotida saqlanayotgan chet el valyutasi va
chet el valyutasidagi debitorlik qarzlar bo'yicha hisoblangan ijobiy
kurs farqlari tushuniladi.
VALYUTA MUNOSABATLARI - davlat muassasalari, firmalar, korxonalar va
xususiy tashkilotlar o'rtasida, sarmoya bozorlarida xalqaro hisob-
kitoblarda valyutaga doir, kredit va valyuta harakatlarini amalga
oshirish yo'lidagi joriy aloqalar; davlatlar o'rtasida bo'ladigan
xo'jalik aloqalariga xizmat qiladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Valyuta iqtisodiy munosabatlarning obyekti bo'lib, ilmiy-texnikaviy
ayirboshlash, foydani sarmoyalash, tashqi savdo, qarz va subsidiyalar
berish, davlat va xususiy shaxslaming o'tkazmalari, sayyohlik va
boshqalar hisoblanadi.
VALYUTA MUNOSABATLARI - valyutaning jahon oborotidagi harakati
natijasida vujudga keladigan pul munosabatidir.
VALYUTA OPERATSIYALARI - chet el banknoti va tangalari, chet el
valyutasidagi to'lov hujjatlarini (cheklar, veksellar, akkreditiv, oltin
bilan bo'ladigan oldi-sotdilar) xarid etish va sotish jarayoni.
VALYUTA OPSIONI - kontraktda belgilangan muqobil valyuta shartlarini
tanlash huquqi.
VALYUTA PARITETI - ikkita valyuta o'rtasida qonunga binoan belgilanib,
valyuta kursining asosi hisoblanadigan nisbat.
VALYUTA QAMALI - xalqaro tashkilotlar yoki ayrim mamlakatlar guruhi
tomonidan ba’zi bir mamlakatlarga nisbatan valyuta tushumlarining
kelish jarayonida to'sqinlik qilish tushuniladi.
VALYUTA QARZI - bir mamlakatning boshqa mamlakatlardan qarzga olgan
valyuta manbalari, valyuta qarzi davlat yoki tijorat korxonasiniki
bo'lishi mumkin.
VALYUTA REZERVI - biror mamlakatning valyuta mablag'lari va oltin
jamg'armalar.
VALYUTA REZERVLARI - xalqaro hisob-kitob va to'lovlar uchun
foydalanish maqsadida Markaziy banklar va moliya muassasalarida
to'plangan chet el valyutasi va oltin jamg'armalaridir. Chetga mol
chiqarish va chetdan tovar olishni moliyalashga mo'ljallangan va
korxonalar ixtiyorida bo'Igan chet el valyutasi va so'mning chet
el valyutasi hisobidagi pul vositalari hamda fuqarolarning valyuta
jamg'armalari mamlakatning valyuta fond-rezerviga kiradi.
440
VALYUTA REZERVLARINI DIVERSIFIKATSIYA QILISH - bir vaqtning
o'zida 1 necha yetakchi erkin almashinadigan valyutalarda chet el
valyuta rezervlarini tashkil qilish valyuta rezervlarini diversifikatsiya
qilish deyiladi.
VALYUTA RISKI - valyuta kurslarining o'zgarishi natijasida yuzaga keladigan
zarar ko'rish xavfi tushuniladi.
VALYUTA SAVATI - chet el valyutalarini milliy valyutaga kotirovka qilishda
ishlatiladigan valyutalar yig'indisi.
VALYUTA SIYOSATI - valyuta munosabatlarida iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy
tadbirlar va shakllar yigindisi. Bu vositalar yordamida xalqaro
moliya-kredit tashkilotlari, davlatning markaziy moliya va bank
muassasalari valyuta munosabatlarini tartibga soladi.
VALYUTA TANGLIGI - mamlakat pul-kredit tizimining izdan chiqishi. Valyuta
tangligining ikkita shakli mavjud a) umumiy; b) xususiy. Umumiy
valyuta tangligi - uzoq vaqt davom etlb, iqtisodiyotdagi umumiy
tanglikning tarkibiy qismi hisoblanadi. Xususiy valyuta tangligi
esa bir davlat doirasida vaqtinchalik omillar ta’sirida vujudga
keladigan valyuta tangligidir. Bundan qutilish uchun samarali
iqtisodiy islohotlar o'tkazish, pul muomalasini sog'lomlashtirish va
raqobatbardosh mollar ishlab chiqarish orqali amalga oshiriladi.
VALYUTA TIZIM I - valyutalar ularni o'zaro ayriboshlash va qo'llash qoidalari
va normalar, tolov vositasi sifatida qo'llanilishi bilan bog'liq pul
kredit munosabatlarining yig'indisi.
VALYUTA TIZIM I - valyutaning amal qillshiga xizmat qiladigan iqtisodiy,
huquqiy munosabatlarning yig'indisi.
VALYUTA TUSHUMI - yil davomida tashqi iqtisidiy faoliyat Milliy Bank
schyotlariga kelib tushadigan pul mablag'lari. Bir valyuta kursini
boshqa valyutalar guruhiga nisbatan o'lchash metodi.
VALYUTALASHTIRISH - qarzga olingan (debitorlik) yoki qarzga berilgan
(kreditorlik) pul miqdori uchun foizlarning hisoblanish vaqtini
belgilash. Masalan, bir yil muddat ichida olingan qarzni ma’lum
foiz to'lab qaytarish kerak bo'lsa-yu, lekin uni bir yil ichida qaytara
olmasa, foiz ustiga yana ustama foiz qo'yiladi.
VALYUTANING KURS REJIMI - birinchidan, agar milliy valyutaning
kursi erkin tarzda valyuta bozorida talab va taklif asosida aniqlansa,
bu erkin suzib yuruvchi kurs rejimi deb ataladi.
VALYUTAVIY CHEKLANMALAR - valyuta, oltin va boshqa valyutaviy
boyliklar bilan operatsiyalarning cheklanishiga yo'naltirilgan,
Do'stlaringiz bilan baham: |