BZ bilan zaharlanishning klinik manzarasi. BZ bilan yengil
darajada zaharlanganda zaharlanish belgilari 1–5 soatdan so‘ng
yuzaga chiqadi. Bunda umumiy karaxtlik holati kuzatiladi. Bunday
holat harakatlarning sustlashishi, lanjlik, atrofda bo‘layotgan
voqealarni tezda anglab ola olmaslik, uyquchanlik, kamgaplik bilan,
umumiy tarzda aytganda, faoliyatning susayishi bilan xarakterlanadi.
Biroq shunga qaramay jabrlanuvchi vaqtni va makonni (o‘zining
qayerda ekanligini) yaxshi anglaydi. Boshda savollarga aniq javob
beradi. Biroq uzoq muddat davomida suhbat olib borilganda
gaplarining bir-biriga qovushmayotganligini aniqlash mumkin.
Ruhiy holatda befarqlik, ba’zida eyforiya – kayfiyatning ko‘tarilishi
kuzatiladi. Jismoniy holatda lanjlik bilan birga tez charchash
kuzatiladi. Harakatlardagi ravonlik yo‘qoladi. Berilgan topshiriqni
bajarishga qiynaladi. Tezda charchab qoladi.
Jabrlanuvchida qator patologik belgilar aniqlanadi. Bular:
yaqindan yaxshi ko‘ra olmaslik, jismlarning ko‘zga ikkita bo‘lib
ko‘rinishi, mushaklarning sezgirligi, chaynash mushaklarining
beixtiyor qisqarishi. Teri va shilliq qavatlar odatdagi rangda bo‘lgani
holda quruqlashadi. Kam hollarda terining oqarishi va yuzning
qizarishi kuzatilishi mumkin. Yurak urishi tezlashadi (daqiqasiga
100 marta). Ovqat iste’mol qilingandan so‘ng ko‘ngil aynishi va
qusish kuzatilishi mumkin.
O‘rta darajada zaharlanishda zaharlanishning ilk belgilari
1–2 soatdan so‘ng paydo bo‘lib, karaxtlik bilan xarakterlanadi.
Karaxtlik darajasi har xil bo‘lib, jabrlanuvchi ba’zida qayerda
ekanligini anglay olmay qoladi. Karaxtlik holati qo‘zg‘alishlar
bilan almashinib turadi. Bunday holat gaplarning bir-biriga
qovushmasligi, ko‘zga har xil narsalar ko‘rinishi bilan
xarakterlanadi. Jabrlanuvchiga mayda jonivorlar – qurt-
qumursqalar, kichkina odamchalar, ba’zida uyidagi yoki ish
joyidagi jihozlar, hamkasblari, o‘rtoqlari ko‘rinadi. Bu paytda
46
jabrlanuvchi bilan muloqotga kirishish qiyin kechadi. Uning
gaplaridan biron ma’no uqib bo‘lmaydi, sustkash va befarq
bo‘lib qoladi. Savollarga sekin va ma’nosiz javob beradi.
O‘rta darajadagi zaharlanishda shilliq qavatlar qurib, ko‘pincha
teri qizarib ketadi. Yurganda muvozanat buziladi. Yaqindan ko‘rish
keskin buziladi. Tomir urishi daqiqasiga 110–130 martaga yetadi.
Tana harorati ham biroz ko‘tarilishi mumkin.
Og‘ir darajada zaharlanishda belgilar 20 daqiqadan 1,5 soatgacha
bo‘lgan muddatda yuzaga chiqadi. Bunda ruhiy o‘zgarishlar kuchli
bo‘lib, jabrlanuvchi qayerda ekanligini ham, o‘zining holatini ham
baholay olmaydi. Ko‘ziga har xil narsalar ko‘rinib, ularni devordan,
havodan tutib olishga harakat qiladi. Qochishga harakat qilishi,
o‘ziga zarar yetkazishi va hatto o‘zini o‘ldirishga harakat qilishi
ham mumkin.
Ko‘zga har xil narsalar ko‘rinishidan tashqari har xil narsalarni
eshitish, begona ta’mni sezish hollari ham kuzatilishi mumkin.
Bularga bezovtalik, qo‘rquv, atrofdagilarga nisbatan tajovuzkorliklar
qo‘shiladi. Yordam ko‘rsatmoqchi bo‘lganlarga nisbatan maqsadsiz
qarshi harakatlar qiladi. Gaplari tushunarsiz, bir-biriga bog‘lanmagan
bo‘ladi. Bo‘lib o‘tgan voqealar esida qolmaydi.
Jabrlanuvchining shilliq qavatlari qurib, terisi qizaradi, tili
jigarrang qoplama bilan qoplanadi. Ko‘rish keskin yomonlashadi.
Buning hisobiga qoqilib yiqilib tushaveradi. Tovush bo‘g‘ilib,
so‘zlari tushunarsiz bo‘lib qoladi. Tomir urishi daqiqasiga 150
martagacha tezlashadi. Nafas olish tezlashadi. Tana harorati 1,5–
2
o
C ga oshadi. Siydik tutilib, ich qotadi.
BZning 10–50 mg miqdori psixozga, 50–100 mg miqdori koma
va o‘limga sabab bo‘ladi.
BZ bilan o‘rtacha darajada zaharlanganda asab tizimi bilan
bog‘liq asoratlar 3–8 oy davomida, og‘ir darajada zaharlanganda
1 yil davomida saqlanib qolishi mumkin. Asoratlarning oldini olish
uchun jabrlanuvchi uzoq muddat davomida rejimga amal qilishi,
psixonevrologik kuzatuv ostida bo‘lishi lozim.
47
Do'stlaringiz bilan baham: |