Sh. E. Umidov, Z. A. Djabborov nazorat va standartlashtirishning huquqiy asoslari


Ekspert-auditor quyidagi talablarga javob berishi lozim



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/65
Sana14.09.2021
Hajmi0,94 Mb.
#173913
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   65
Bog'liq
nazorat va standartlashtirishning huquqiy asoslari

Ekspert-auditor quyidagi talablarga javob berishi lozim:
–­ to‘liq­oliy­ma’lumotli­va­sertifikatlashtirish­sohasida­yetarli­
bilimga­ ega­ bo‘lib,­ faoliyati­ sertifikatlashtirishning­ ma’lum­ turi­
bo‘yicha attestatlangan bo‘lishi kerak;
–  oliy  o‘quv  yurtini  tamomlagandan  so‘ng  kamida  5  yillik 
amaliy  stajga  ega  bo‘lishi,  shundan  kamida  3  yil  standart-
lashtirish, metrologiya, sinovlar, sifatni boshqarish va ta’minlash 
sohalarida ishlagan bo‘lishi kerak.
Ekspert-auditor  chuqur  bilimli,  tadbirkor  bo‘lmog‘i  lozim. 
U  quyidagi  sohalar  bo‘yicha  bilimlarni  mukammal  egallagan 
bo‘lishi shart:
–­ respublika­ sertifikatlashtirish­ milliy­ tizimining­ qoida­ va­
tartiblari;


47
–­ sertifikatlashtirish­ o‘tkazish­ bo‘yicha­ bilimlar­ va­ me’yoriy­
hujjatlarni tushunish;
–­ sertifikatlashtirish­ va­ akkreditlash­ bo‘yicha­ asosiy­ ishlar­
mazmuni;
–­ sertifikatlashtirish­ va­ akkreditlash­ bo‘yicha­ iqtisodiy­ va­
huquqiy asoslar;
–­ mamlakat­ ichidagi­ va­ chet­ ellardagi­ sertifikatlashtirish­ va­
akkreditlash tajribasi;
–  standartlashtirish,  metrologiya  va  sifat  tizimlarining 
asoslari;
–  tekshiruv  o‘tkazish  va  sifatni  boshqarishning  statistik 
usullari.
Ekspert-auditor  tahlil  qilish,  mantiqiy  asoslash,  o‘zining 
fikrini­ qattiq­ va­ asoslangan­ holda­ himoya­ qilish;­ ijodiy­
qobiliyatga  va  murakkab  vaziyatda  to‘g‘ri  qaror  qabul  qilish 
xususiyatlariga  ega  bo‘lishi;  haqqoniy,  mas’uliyatli,  prinsipial 
ravishda  xayrixoh,  xushmuomala,  odobli  va  o‘zini  tuta  bilish 
kabi  shaxsiy  sifatlarga  ega  bo‘lishi  kerak.  Ekspert-auditor 
tekshirilayotgan  obyektning  xodimlari  bilan  aloqada  bo‘lish 
va  kerakli  hujjatlar  bilan  tanishish;  ma’lumot  uchun  har 
qanday­ qo‘shimcha­ ma’lumotlar­ talab­ qilish­ (sertifikatlashtirish­
maqsadlari  uchun);  tizimda  amaldagi  me’yoriy-uslubiy  huj-
jat­larni­ takomillashtirish­ bo‘yicha­ o‘z­ taklifini­ berish;­ sertifi­
katlashtiriluvchi  mahsulot,  jarayon,  xizmatlar,  sifat  tizimi 
va  ishlab  chiqarish  bo‘yicha  rejalarni  tuzatish  yuzasidan  o‘z 
mulohazalarini kiritish huquqiga egadir.
Korxonalarda­ sertifikatlashtirish­ sohasidagi­ ishlarni­ inobatga­
olib,­ sertifikatlashtirish­ milliy­ idorasi­ «O‘zstandart»­ tomonidan­
ekspert-auditorlar  tayyorlash  maxsus  kurslari  tashkil  etilib, 
bu  sohadagi  o‘qishning  tashkiliy  tomonlari  O‘zSMSITIning 
asosiy  faoliyatlaridan  biri  deb  qaralmoqda.  Ekspert-auditorlarni 
tayyorlash,  odatda,  ikki  bosqichda  olib  boriladi:  nazariy  bilim-


48
larni  olish  va  attestatlash  natijasida  ularga  tegishli  rasmiy 
hujjatlar topshirish.
Maxsus kurs tinglovchilarining nazariy bilimlarini «O‘zstandart» 
agentligi  tomonidan  tuzilgan  maxsus  komissiya  baho laydi.  Baho-
lanish­ natijalari­ yetarli­ darajada­bo‘lsa,­ ularga­sertifikatlashtirish­
milliy  tizimining  ekspert-auditori  degan  guvohnomasi  beriladi 
(agar attestatlashdan o‘tmasa rad etiladi).
Ekspert-auditorlar  ularga  yuklatilgan  vazifalari  bo‘yicha 
muayyan burch va mas’uliyatlarga egadirlar.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish