4.3. Sertifikatlashtirish obyektlari va subyektlari
Sertifikatlashtirishni o‘tkazish uchun umumiy qoidalar o‘r
natiladi. Bunday qoidalar majburiy va ixtiyoriy sertifikat
lashtirishni tashkillashtirish va o‘tkazishda qo‘llaniladi. Bu
qoidalar mamlakatimizda va xorijda tayyorlangan barcha
sertifikatlashtirishobyektlariganisbatantatbiqetiladi.
O‘zSMTda mamlakatimiz va xorijiy mahsulotni sertifi
katlashtirishni bir turli mahsulotni sertifikatlashtirish bo‘yicha
akkreditlangan idoralar, bular yo‘q bo‘lganda esa – sertifikat
lashtirish bo‘yicha Milliy idora o‘tkazadi.
Sertifikatlarni berish, shu jumladan, ishlab chiqarishni tek
shirish, sinashlar va inspeksiya tekshiruvi bo‘yicha so‘rov larni
ko‘rib chiqish, hujjatlarni ro‘yxatga olish va zarur materiallarni
tarjima qilish xarajatlarini so‘rovchi o‘rnatilgan tartibda
to‘laydi.
77
Sertifikatlashtirishni o‘tkazish tartibida sertifikatlashtirish
amallarining majmuyini tashkil etuvchi harakatlarning navbati
o‘rnatiladi. Bu tartib va bir turli mahsulotni sertifikatlashtirish
tarzi sertifikatlashtirish bo‘yicha idoraning hujjatlarida uni
akkreditlashda o‘rnatiladi. Orada sertifikatlashtiriladigan
mahsulotga me’yoriy hujjatlar va sinash metodlari, shuningdek,
sinashlarni o‘tkazish uchun laboratoriyalar mavjud bo‘ladi.
Gigiyenik va veterinariya ekspertizasi, karantin tekshiruvi
yoki ekologik sertifikatlashtirish zarur bo‘lganda, agar bular
so‘ralgan mahsulotning me’yoriy hujjatida o‘rnatilgan bo‘lsa,
o‘tkaziladi. Bunday tekshiruvlarni o‘tkazish zaruriyatini
sertifikatlashtirish bo‘yicha idora so‘ralgan mahsulotga MHda
gigiyenik, veterinariya, fitosanitariya yoki ekologik talablarning
mavjudligiga qarab aniqlaydi. Bu tekshiruvlar muvofiqlikni
sertifikatlashtirish bilan barobar o‘tkazilishi mumkin va
tekshiruvchi idoralar tekshiruvlar tugagach, so‘rovchiga mos
hujjatlarni taqdim etadi, sertifikat berish to‘g‘risida qaror qabul
qilishgachabuhujjatlarningnusxalarisertifikatlashtirishbo‘yicha
idoraga beriladi.
So‘rovchi gigiyenik sertifikatni olish uchun sanitariya
epidemiologik stansiyasi (SES)ga so‘rovnoma berganda, bu SES
veterinariya xulosasini olishni, agar MH talablariga ko‘ra zarur
bo‘lsa, fitosanitariya yoki ekologik sertifikatlarni olish ishlarini
ham tashkillashtirishi lozim.
Sertifikatlashtirish bo‘yicha idora gigiyenik sertifikatni,
veterinariyaxulosasini,fitosanitariyayokiekologiksertifikatlarini
olish uchun mos tashkilotlar bilan hamkorlik xizmatlarini
ko‘rsatishga huquqlidir. Bunda sertifikatlashtirish bo‘yicha
idora namunalarni tanlab olish va ularni mos davlat idoralariga
taqsimlash va so‘rovchilarga bunday xizmatlar uchun ta’riflar
to‘g‘risida xabar berish mas’ulligini o‘ziga oladi.
78
Do'stlaringiz bilan baham: |