Audit
dasturi
– muayyan vaqt davriga rejalashtirilgan va
muayyan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan bir yoki bir nechta
auditlar majmuyi.
Kompetentlik (vakolatlilik)
– o‘z bilim va ko‘nikmalarini
qo‘llay olish qobiliyati.
4.2. S
ertifikatlashtirishning tashkiliy asoslari
O‘zbekistonda sertifikatlashtirishni joriy etish bo‘yicha faol
ishlar 1992-yilda, ya’ni chet ellardagiga nisbatan ancha kech
boshlandi. 1992-yil 2-martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
69
Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish
bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish to‘g‘risida»gi qarori qabul
qilindi. Shu yilning o‘zida davlat ilmiy-texnik dasturi asosida
«O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimini
tatbiq etish va yaratish» mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlari
boshlandi. Sertifikatlashtirish tashkiliy, me’yorlash, metodik va
tuzilish sohalarida shakllana boshlandi.
1998-yilda standartlashtirishning huquqiy asoslari aniqlandi –
O‘zbekiston Respublikasining «Mahsulot va xizmatlarni sertifi
katlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi.
Qonunga muvofiq standartlashtirish, metrologiya va sertifi
katlashtirish O‘zbekiston agentligi – «O‘zstandart» agentligi
sertifikatlashtirish bo‘yicha Milliy idora va
akkreditlash
idorasi tashkil qilindi. Qonunga muvofiq, sertifikatlashtirish
bo‘yicha ishlarni tash killashtirish «O‘zstandart» agentligiga
yuklatilgan. Bir turli mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha
idoralar sertifikatlashtirish ishlarini bajaradi, bu idoralar
majburiy ravishda akkreditlanadi. Majburiy sertifikatlashtirish
subyektlariga «O‘zstandart» agentligi, sertifikatlashtirish
bo‘yicha idoralar, sinash laborat oriyalari (markazlari), nazorat
idoralari, mahsulotni tayyorlovchilar kiradi. Sertifikatlashtirish
bo‘yicha idoralar bir turli mahsulotni sertifikatlashtirish
tizimlarimiyaratish,sertifikatlashtirishtarzinivaso‘rovchilarga
sertifikatlashtirilgan mahsulotga muvofiqlik belgisini qo‘lla
nishga ruxsat berish huquqiga ega.
Qonunda import bo‘yicha keltirilgan va eksportga chiqarila-
diganmahsulotnisertifikatlashtirishshartlaribelgilangan.Sertifi
kat lashtirish shart bo‘lgan mahsulot uning o‘rnatilgan talablarga
muvofiqligini tasdiqlovchi sertifikatga va muvofiqlik belgisiga
ega bo‘lishi lozim. Muvofiqlik sertifikati yo‘q bo‘lganda bojxona
tekshiruvidoralarikeltirilganmahsulotnisertifikatlashtirishMil
70
liy tizimi qoidalari bo‘yicha sertifikatlashtirishni o‘tkazish ma
salasini hal etishgacha to‘xtatib qo‘yadi.
Qonun yuridik va jismoniy shaxslarning tashabbusi bilan
sertifikatlashtirishni ko‘zda tutadi. Tashabbus bo‘yicha ixtiyoriy
sertifikatlashtirish mahsulotning me’yoriy hujjatlar talab
lariga muvofiqligini tasdiqlash uchun o‘tkazilishi mumkin.
Qonun tekshirish va nazorat masalalarini tartibga soladi.
Tayyorlovchilarning majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga
amal qilayotganligi ustidan davlat nazoratini davlat inspektorlari
amalga oshiradi. Sertifikatlashtirilgan mahsulotni, sifat tizim
larini, ishlab chiqarishlarning inspeksion tekshiruvini sertifikat
lashtirish bo‘yicha idoralar, akkreditlangan sinash laboratoriya-
lari (markazlari), sertifikatlashtirish bo‘yicha idoralar va serti
fikatlashtirish sohasidagi tekshiruv idoralarining faoliyati akkre
ditlovchi idora sifatida «O‘zstandart» agentligi tomonidan tekshi-
riladi.
Qonunda sertifikatlashtirishni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan
kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish bo‘yicha masalalar ham aks
ettirilgan.Manfaatdortomonsertifikatlashtirishnatijasiganorozi
bo‘lganda «O‘zstandart» agentligining Apellatsiya kengashiga
murojaat qilish huquqiga ega. «O‘zstandart» agentligining
Apellatsiya kengashi sertifikatlashtirish bo‘yicha idoralarning va
sinash laboratoriyalari (markazlari)ning qarorlariga shikoyatlarni
ham ko‘rib chiqadi.
Qonunda tayyorlovchilarning majburiy sertifikatlashtirish
qoidalarini buzganligi uchun javobgarlik, shuningdek, ser ti-
fikatlashtirish bo‘yicha idoralarning sertifikati asossiz beril
ganligi va so‘rovchining tijorat sirini oshkora qilganligi uchun
mas’ulligi ko‘zda tutilgan. Majburiy sertifikatlashtirilishi
lozimbo‘lgan,sertifikatlashtirilmaganmahsulotnixaridgachi
qarganligi uchun aybdorlar o‘rnatilgan tartibda javobga rlikka
tortiladi.
71
Do'stlaringiz bilan baham: |