Davlat boshqaruv idorasining metrologik xizmati – mazkur
vazirlik (mahkama) doirasida o‘lchashlar birliligini ta’minlash
ishlarini bajaruvchi va metrologik nazorat hamda tekshiruvini
amalga oshiruvchi metrologik xizmat.
Yuridik shaxs metrologik xizmati – mazkur muassasa
(tashkilot)da o‘lchashlar birliligini ta’minlash ishlarini bajaruvchi
va metrologik tekshiruv hamda nazoratini amalga oshiruvchi
metrologik xizmat.
Metrologiya bo‘yicha milliy idora – davlatda o‘lchashlar
birliligini ta’minlash ishlariga rahbarlikni bajarishga vakolatli
davlat boshqaruv idorasi.
Metrologik tekshiruv – o‘lchash jarayoni elementlarining
me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash va tasdiq
lashni o‘z ichiga olgan vakolatli idoralar va shaxslar faoliyati.