?
NA
ZORAT SAVOLLARI
1. Sifatsertifikatinima?
2.Muvofiqliknima?
3. Sinash deb nimaga aytiladi?
4. Qiyoslash deb nimaga aytiladi?
5. Akkreditlash nima?
6.Sertifikatlashtirishorganidegandanimanitushunasiz?
83
V bob.
SERTIFIKATLASHTIRISHNING
TASHKILIY ASOSLARI
5.1. Sifat tizimini sirtdan baholash
Sifat tizimini sirtdan baholash – ekspert talabgor korxonada
sertifikatlashtirishning potensial imkoniyatining mavjudligini
yuzaga chiqarishi va keyingi ishlarini olib borish maqsadga
muvofiqligini tasdiqlashi mumkin bo‘ladigan dastlabki baho
lashdir. Bu talabgor sifat tizimini sertifikatlashtirish bo‘yicha
idoraga quyidagilarni taqdim etadi:
– Talabnoma;
– Sifat tizimi bo‘yicha hujjat;
– Sifat bo‘yicha qo‘llanma;
– Savollar anketasi javoblari bilan.
Agar bu materiallar tahlili ijobiy natijalarga ega bo‘lsa,
sertifikatlashtirish bo‘yicha idora, talabgor bilan yakuniy
tekshiruvini o‘tkazish uchun shartnoma tuzadi: shunga asosan
sifatni boshqarish bo‘yicha korxona faoliyati turi va holati;
ishlab chiqarish tizimi holati; ishlab chiqarilayotgan mahsulot
sifati bo‘yicha tekshiruv o‘tkaziladi. Sifat boshqaruvi bo‘yicha
faoliyat, korxonada mavjud bo‘lgan talab qilingan xalqaro ISO
9000 seriyali standartlar talablariga yoki o‘xshash Rossiya davlat
standartiga mosligi tekshiriladi.
Tekshiruv natijasiga ko‘ra quyidagi yakunlar chiqarish
mumkin:
– tizim qo‘yilgan talablarga to‘liqligicha javob beradi;
– tizim umumiy holda talablarga mos keladi, ammo stan-
dartdan og‘ib chetlashishlar mavjud;
84
– tizim qo‘yilgan talablarga mos kelmaydi.
Birinchi holda sertifikatlashtirish bo‘yicha idora korxonaga
davlat registrida ro‘yxatga olingan, so‘ng sifat tizimiga
sertifikat topshiriladi. Ikkinchi holda korxonaga aniqlangan
chetlashishlarni yo‘qotish uchun vaqt beriladi, undan keyin uning
talabnomasi asosida sertifikatlashtirish davom ettiriladi, ammo
soddalashtirilgan sxema bo‘yicha. Ijobiy natijalarda korxona sifat
tizimiga sertifikat oladi. Agar tekshiruv natijasi salbiy bo‘lsa,
korxona butun dastur bo‘yicha qaytadan sertifikatlashtirishni
o‘tkazishga imkoniyati bor.
Sertifikatlashtirilgan sifat tizimi ustidan inspeksion nazorat
ikki shaklda olib boriladi: reja bo‘yicha (yiliga bir martadan)
va rejadan tashqari. Rejadan tashqari nazoratga asoslar:
ma’lumotlarni sertifikatlashtirish idorasiga korxona mahsuloti
ning sifatiga e’tirozli ma’lumotlar kelib tushishi; texnologik
jarayoni yoki mahsuloti konstruksiyasiga katta o‘zgarishlar
kiritish; korxonaning tashkiliy strukturasining o‘zgarishi.
Rossiya korxonalarida sifat tizimlarini sertifikatlashtirish sekin
asta rivojlanmoqda, mahalliy sertifikatlarni tan olish muammosi
ham ahamiyatli bo‘lib bormoqda. Shu bilan birga, Rossiya
sertifikatlarni chet eldan olishi uchun tuzilgan GOST R. tizimi
strukturasi sifat tizimi registridan tashqari, boshqa imkoniyatlar
hamqo‘llanmoqda.Ulardanbiriqo‘shmasertifikatlashtirishdir.
Shu maqsadda VNIIS Londonda shtab-kvartirasiga ega
bo‘lgan sertifikatlashtirish idorasi sifatidan dunyoning 30 mam
lakatlarida akkreditlangan va u yerda o‘z bo‘limlariga ega
bo‘lgan Det Norske Veritas (DNV) firmasi bilan qo‘shma
sertifikatlashtirish haqida shartnoma tuzdi. Sertifikatlashtirish
bo‘yicha Rossiya idorasi VNIIS, Italiyada akkreditlangan DNV
idorasi bilan hamkorlikda ishlamoqda. Bu shartnoma maqsadi
Rossiya firmalarini va ularning mahsulotlarining chet elda
85
raqobatbardoshligini oshirish uchun erkin qo‘shma sertifikat
lashtirishni amalga oshirishdir.
Shartnoma doirasiga sertifikatlashtirish qo‘shma VNIIS/
DNV sxemasi bo‘yicha va shuningdek, bu tashkilotlardan biri
tomonidan o‘z sxemasi bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin. Shunday
qilib, 1996-yilda Belgorodda joylashgan «Belenergomash» AJ
korxonasida qo‘shma sertifikatlashtirish o‘tkazildi: issiqlik va
atom elektrostansiyalari uchun truboprovodlar ishlab chiqarish
sifatini ta’minlash tizimi sertifikatlashtirildi. Sertifikatlashtirish
yakuni bo‘yicha korxona bir vaqtning o‘zida ikki muvofiqlik
sertifikatinioldi–GOSTR.vaDNVtizimida.
Bundan tashqari, ba’zi Rossiya korxonalari boshqa imko-
niyatlardan ham foydalanishadi: bevosita talabnomalar bilan
butun dunyoda tan olingan Tyuf-Sert, Lloyd Registri kabi
sertifikatlashtirishbo‘yichafirmalargamurojaatetadilar.
1995yil «RWTUV» «Intersertifika» Rossiya–Germaniya
qo‘shma korxonasi tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlardan foyda-
langan korxonalar uchun yaxshi natijalar olib keldi. Sifat
tizimlarini sertifikatlashtirish bu korxonalar uchun firmasining
bo‘limlari jahonning 40 dan ortiq davlatlarida faoliyat
ko‘rsatayotganligi sababli, butun dunyoda tan olingan TUV-
CERT (TyufSert) sertifikatini olish huquqini beradi. Bunday
korxonalar qatoriga Kaluga Turbin zavodi, Irkutsk kabel,
Elektrostal mashina zavodi va boshqalar kiradi. Hammasi bo‘lib
Rossiya va Ukrainaga 1995-yilda TUV-CERT tomonidan 25 dan
ortiqsertifikatberildi.
Bu qo‘shma korxonaning maqsadi faoliyat ko‘rsatuvchi
tizimni baholash va sertifikatlashtirishgina emas, balki Ros
siya korxonalarida sifatni ta’minlash tizimlarini o‘rnatishga
ko‘mak lashish hamdir. Buning uchun qo‘shma korxona tomo-
nidan tuzilgan 15 o‘quv-konsultativ markazlari faoliyat ko‘r-
satmoqda.
86
Do'stlaringiz bilan baham: |